KIRISH
Ushbu dastur tirik organizmlarni mexanik harakatlari tasnifi, harakatning
kinematik asoslari, vaqt va masofani hisoblash, tezlik va tezlanish, harakatlar ritmi va
tempi, fazoviy tavsiflar, dinamik tavsiflar, kuch tavsiflari va energetik tavsiflar,
biomexanikani ilm-fan sifatida shakllanishi va rivojlanish tarixi, biomexanik
kattaliklar, o‘lchov birliksiz parametrlar, o‘xshashliklar tahlili, biomexanika
uslubiyoti, biomexanik nazorat asoslari, odamning harakat sifatlari biodinamikasi,
differensial biomexanika, inson harakatlarini boshqarishning biomexanik aspektlari,
harakatlantiruvchi faoliyatning nerval mexanizmlari(boshqarishning ichki tizimi),
harakatlarni matematik modellashtirish, inson tanasining muvozanati(gavda holatini
saqlash va turgan joyida harakatlar), odam lokomotsiyalari (harakatlari), siljituvchi
harakatlar, berilgan natijaviylik uchun harakatlarni shakllantirish va
takomillashtirishning biomexanik texnologiyalari masalalarini o‘z ichiga oladi.
Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalar sport amaliyotida keng qo‘llaniladigan
harakatlarning mexanik qonuniyatlarning namoyon bo‘lishini o‘rganish, sportchilar
texnik mahoratini oshirish usullarini, harakatlarni unumli va tejamli bajarilishi uchun
biomexanik asoslari bo‘yicha yo’nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakani
shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalar sport pedagogik amaliyotda sportchilarning harakat
sifatlarini takomillashtirish uchun mashg‘ulotlarni tinglash va sport
mashg‘ulotlari texnikasini egallash; ularning bajarilishini baholashda
biomexanik asoslash va holatlarni tahlil qilishda tanlab hisoblashga o‘rgatishdan
iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakaslariga qo‘yiladigan
talablar
“Biomexanika” fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr:
- tana biokinematikasi;
11
- richak va muvozanatlarning turli-tumanligi harakatlar va ularni tuzilmasining
biomexanik asoslari haqida tasavvurga ega bo`lishi;
- sport faoliyatida qo‘llaniladigan harakat tavsiflari va o‘lchov birliklari
tizimlaridan foydalanish; haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi;
- tana biozvenolarining harakatlari ritmi va tempi, fazoviy va dinamik
tavsiflarini hisoblash;
- tana biozvenolari harakat tavsiflarini hisoblash va grafik ifodalash
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- harakatlarning biomexanik tavsiflari va ularni tahlil qilish;
- harakatning kinematik, dinamik va energetik tavsiflarini aniqlashga doir
masalalar echish;
- sportchining qomatini buzilish sabablarini tahlil qilish;
- funktsional va hisoblash topshirig‘ini echish;
- tajriba materiallarini umumlashtirish va qayta ishlash malakalariga ega
bo‘lishi kerak.
Fаnning o’quv rеjаdаgin bоshqа fаnlаr bilаn o’zаrо bоg’liqligi vа uslubiy
jihаtdаn uzviyligi
Mazkur fan o‘quv rejasidagi “Bioximiya”, “Informatika va axborot
texnologiyalari” kabi fanlar bilan uzviy bog‘liq. Fanni o‘rganishda akademik litsey va
kasb-hunar kollejlari fizika, matematika fanlari bo‘yicha olingan nazariy va amaliy
bilimlar zarur bo‘lsa, o‘z navbatida bu fandan olingan bilimlar talabalarning bitiruv
malakaviy ishlari hamda dissertatsiyalarini bajarish, ularda olingan natijalarni
biomexanik tahlil qilishda bazaviy bilimlar vazifasini o‘taydi.
Fanning ilm-fan sport hamda ishlab chiqarishdagi o‘rni
Mazkur fan jismoniy tarbiya va sport faoliyati mashg‘ulotlarini to‘g‘ri
taqsimlashda va tashkil qilishda zarur bo‘ladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarni
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Jumladan, bo‘lajak o‘qituvchi va
murabbiylar sportchilarning jismoniy tayyorgarlik va natijalarning murakkab
tomonlarini aniqlash yo‘llarini, ularga tasir ko‘rsatadigan turli omillnrni baholash,
12
o‘qitish va mashq bajarish jarayonlarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlash
malakasi va ko‘knikmalarini egallashlari talab qilinadi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
O‘quv jarayoni bilan bog‘liq talim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar:
yuqori ilmiy pedagogik darajada ta’lim berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish,
darslarni savol javob tarzida qiziqarli tashkil etish, ilg‘or pedagogik
texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni
undaydigan,o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, tinglovchilar bilan
talabchanlik holatida individual ishlash, erkin muloqat yuritishga, ilmiy izlanishga
jalb qilish.
ASOSIY QISM
Fanning nazariy mashg’ulotlar mazmuni
Kirish, biomexanika fanining ob’ekti, predmeti, maqsadi va vazifalar
Biomexanika ilm –fani. Tirik tizimlardagi mexanik jarayonlar. Biomexanika
fanining maqsadi, vazifalari, ob’ekti, predmeti. Biomexanik harakat shakllari haqida
tushunchalar, inson mexanik harakatlarini xususiyatlari, sport biomexanikasi fanini
mazmuni.
Biomexanikani ilm-fan sifatida shakllanishi va rivojlanish tarixi
Biomexanikani fan sifatida shakllanish va o‘qitilish tarixi. Biomexanikani
hozirgi holati, rivojlanish yo‘nalishlari va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Fizik kattaliklar, o‘lchov birliksiz parametrlar, o‘xshashliklar tahlili
Fizik kattaliklar o‘lchov birliklariga oid asosiy ma’lumotlar. Geometrik va fizik
o‘xshashliklar. Biomexanik tizimlardagi o‘xshashliklarni tahlili.
13
Biomexanika uslubiyoti. Biomexanik nazorat asoslari
Inson harakatlanish faoliyatini o‘rganishning uslubiy asoslari. Ularni
o‘rganishda biomexanikaning roli va o‘rni. Harakatlantiruvchi harakatning tuzilishi.
Harakatlar tizimi, uning tarkibi va tuzilmasi. Harakat asoslari: mexanik harakat -
determinizm, noaniqlik, mavhumlik; biologik harakat - xilma-xillik, maqsadga
yo‘naluvchanlik, variativlik, adaptatsiya va psixologik harakat - motivatsiya,
mazmuniy tarkibi, o‘z-o‘zini nazorat qilish. Harakatlantiruvchi harakatning tizimli
xossalari. Biomexanikada o‘lchashlar. Laboratoriya sharoitida va natural o‘lchashlar.
O‘lchashning texnik vositalari va uslublari. Harakatlarni tadqiq qilishning
instrumental usullari. Mexano-elektrik (goniometriya, spidometriya, akselerometriya,
dinamometriya, stabilometriya va b.) usullar. Optik va optik-elektron tizimlar
(biomexanik foto, kinotasvirga va videotasvirga olish, televizion tizimlar, optik-
elektron juftliklar, lazer qurilmalar va b.). Elektrofiziologik (elektromiografiya) usul.
Odam harakatlari kinematikasi
Kinematikani asosiy tushunchalari va kinematik tavsiflar. Murakkab
harakatlar. Vaqt va fazoda odam harakatlari. Inson tanasi va harakatlarining
kinematik tavsiflari. Inson tanasi kinematik tavsiflari. Vaqt va masofani o‘lchash,
sanoq nuqtasi va tizimlari. Fazoviy tavsiflar: nuqta, jism va jismlar tizimi
koordinatalari. Harakat traektoriyasi. To‘g‘ri va egri (aylanma) chiziqli harakat, tekis
hamda tekis tezlanuvchan harakatlar. Vaqt tavsiflari: vaqt momenti, harakatning
davomiyligi, harakat tempi, harakat ritmi. Vaqt-fazoviy tavsiflar: nuqta va jismning
oniy, o‘rtacha tezligi, tezlanish.
Odam harakatlari dinainikasi
Dinamikaning asosiy tushunchalari va qonunlari. Inersiya tushunchasi, jism
massasi. Odam harakatlarida kuchlar. Inson tanasi va harakatlarining dinamik
tavsiflari. Odam massasi geometriyasi va uni aniqlash usullari. Tanani og‘irlik kuchi.
Kuch tavsiflari.
14
Tashqi kuchlar, tashqi jismlar, muhit va tayanchni odam gavdasiga ta’sir
me’yori sifatida. Tashqi jismlarning inersiya kuchlari, elastik deformatsiya kuchlari,
og‘irlik va vazn kuchlari, tayanch reaksiyasi kuchlari. Inson harakatlarida kuchning
roli. Ichki kuchlar insonning gavda qismlari va to‘qimalari o‘zaro ta’sirining me’yori
sifatida. Kuchlar inson harakatlantiruvchi apparatining passiv elementlarida. Qorin
bo‘shlig‘i ichidagi bosim kuchlari. Sport amaliyotida dinamik ko‘rsatkichlar.
Inson tanasi aylanma harakati dinamikasining asoslari. O‘q atrofida
harakatlar
Aylanma harakat to‘g‘risida tushuncha. Bo‘g‘inlarda zvenolar harakati
(bo‘g‘inlarda aylanish o‘qi, dumalanish, sirpanish va buralish haqida tushuncha).
Zvenoning burchak tezlanishini uning uchun tashqi hisoblangan kuch momentlariga
va uninng hususiy inersiya momentiga bog‘likligi. Biokinematik juftlikda elastik va
inersion kuchlarning roli. Bo‘g‘in kuchining ta’siri ostida zvenoni aylanishi.
Kinematik zanjir zvenolarining o‘q atrofida harakati - aylanma va radial harakatlar
yig‘indisi natijasi sifatida. Aylanish juftligi kinematikasi. Radial harakatda inersiya
momentining o‘zgarishi. Tayanchli va tayanchsiz biomexanik tizimning harakatlari.
Kinetik momentni saqlanish qonuni. Yopiq lizimda uni nomoyon bo‘lishining
xususiyatlari. Inson gavdasini tayanch bilan o‘zaro ta’siri o‘q atrofida harakatlarning
o‘zgarish sababi sifatida. Kinetik momenti o‘zgargan va saqlangan holda o‘q atrofida
harakatlarni boshqarishning asosiy usullari: tashqi kuchning qo‘yilishi, inersiya
radiusini o‘zgarishi, tashqi kuch momentini faol hosil qilish, gavdani guruhlash va
uni yoyish, qo‘l va oyoqlarni qarama- qarshi aylanma harakatlari va gavdani
egilishlari. Aylanma va ilgarilanma harakatlarni qo‘shish. Aylanishning oniy o‘qi.
Inson harakatida mexanik ish va energiya
“Mexanik ish” tushunchasi. Tashqi va ichki ish. Vertikal va bo‘ylama ish.
Mexanik harakat quvvati. Mexanik ish samaradorligini miqdoriy baholash. To‘liq
mexanik energiyaning tashkil etuvchilari. Kenig teoremasi. Ko‘chishda bajariladigan
ish: ichki va tashqi ish, vertikal va bo‘ylama ish. Mexanik energiyani tejash: energiya
15
almashuvi, energiyani bir zvenodan boshqa zvenoga o‘tishi, mushaklar va paylarni
elastik deformatsiyasi, potentsial energiyasidan foydalanish. Inson harakatlarida ish
va energiyani o‘lchash usullari.
Odam tayanch-harakat apparati biomexanikasi
Odam tayanch- harakat apparatining tuzilishi, tana bo‘hinlari, bog‘lamlari.
Biomexanik zanjirlar. Biozvenolarni harakat erkinligi darajasini soni va o‘zaro
bog‘liqlik. Tana biozvenolari (bo‘laklari) biokinematik zanjirlarda richaglar va
mayatniklar sifatida. Suyak richaglarini tezlanishi va muvozanati shartlari.
Biokinematik mayatniklar. Mushaklar biodinamikasi. Mushakning mexanik xossalari.
Mushakni qisqarish mexanikasi. Mushak quvvati, ishi va energiyasi. Mushakni
mexanik harakati. Mushak ishining turlari.
Odamning harakat sifatlari biodinamiksi. Insonning harakatlantiruvchi
sifatlari biomexanikasi
Harakat sifatlari haqida tushuncha. Harakatlantiruvchi sifatlar biomexanikasi.
Inson motorikasi to‘g‘risida tushuncha, uning harakatlantiruvchi imkoniyatlar
to‘plami sifatida. Harakatlantiruvchi sifatlar - motorikaning sifat jihatidan turli
tomonlari. YAqqol, ko‘rinuvchi, bevosita o‘lchash imkoniyati bo‘lgan va latent
(yashirin), bevosita o‘lchash imkoni bo‘lmagan harakatlantiruvchi sifat
ko‘rsatkichlari. Kuch, tezkorlik va tezkor-kuchlilik sifatlari. Chidamlilikning
biomexanik asoslari. Egiluvchanlik biomexanikasi. Odamni harakat imkoniyatlari va
tana tuzilishi. Harakat imkoniyatlarini o‘zgarishi. Kuch sifatlarini biomexanik
tavsiflari. Inson harakati kuchi va mushak kuchi. Tezlik sifatlarini biomexanik
tavsiflari. Tezlik sifatlari tushunchasi. Tezlik dinamikasi. Kuchning o‘zgarishi va
ta’sir tezligi. Kuch va tezlik sifatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar.
Kuch, tezlik va harakatlantiruvchi topshiriqlar davomiyligi o‘rtasida parametrik
va noparametrik bog‘lanishlar. Kuch sifatlarining biomexanik xarakteristikasi. Inson
harakati kuchi. Kuch sifatlari to‘g‘risida tushuncha. Inson harakati kuchini
harakatlantiruvchi topshiriqlar parametrlariga (ko‘chayotgan massaga, tezlikka,
harakat yo‘nalishiga, qarshilik kuchi tabiatiga) bog‘liqligi. Gavda holati va inson
16
harakati kuchi. Kuch mashqlarini bajarishda gavda vaziyatini tanlash. Kuch
topografiyasi. Alohida muskul guruhlari kuchini mashqlantirishning biomexanik
xususiyatlari. Maxsus kuch mashqlariga biomexanik talablar. Qo‘shma ta’sir usuli.
Harakatlantiruvchi reaksiyalarning biomexanik aspektlari. Ergometriya asoslari.
Harakatlantiruvchi topshiriqlami qaytuvchanlik qoidasi. Charchash va uning
biomexanik namoyon bo‘lishi. Chidamlilikni biomexanik tavsiflari va uni o‘lchash
usullari. Chidamlilikni talab qiluvchi sport texnikasi va mashqlarini xususiyatlari.
Sport texnikasini tejamliligi muammosi; tejamkorlikning brutto-,netto-va delьta-
koeffitsientlari. Sport texnikasini iqtisodlashtirishning biomexanik asoslari. Katta
chidamlilikni talab qiladigan mashqlarda sport texnikasi xususiyatlari.
Egiluvchanlikning biomexanik xarakteristikalari. Egiluvchanlik to‘g‘risida
tushuncha. Uni o‘lchash usullari. Faol va passiv egiluvchanlik. Egiluvchanlikni sport
texnikasiga ta’siri. Harakatlantiruvchi sifatlarni tarbiyalash uchun trenajerlarning
tuzilishi va ulardan foydalanishga qo‘yiladigan biomexanik talablar.
Differentsial biomexanika
Inson harakatlarining individual va guruhlarga xos xususiyatlari hamda ularni
biomexanikasi. Inson motorikasining individual va guruhlarga xos xususiyatlari.
Insonni gavda tuzilishi va motorikasi. Motorika ontogenezi. Ontogenezda tabiiy
lokomotsiya biomexanik parametrlarini o‘zgarishi. Harakatlantiruvchi asimmetriya
va harakatlantiruvchi ustunlik. Insonlar gavdasi umumiy o‘lchamlarini, ularning
harakatlantiruvchi imkoniyatlariga ta’siri. Gavda proporsiyalari va tabiiy
xususiyatlarini ta’siri. Motorika ontogenezida balog‘atga etish va o‘rganishni roli.
Harakatlantiruvchi yosh, akseleratlar va retardantlar. Motorika gomeorezi hodisasi.
Harakatlantiruvchi ko‘rsatkichlar stabilligi va irsiy ta’sirlar asosida motorikani
rivojlanishini bashorat qilish. Inson hayotining turli davrlarida harakatlarni
rivojlanishi: tug‘ilgan paytidan bir yoshgacha bolalik davrida; maktabgacha tarbiya
davrida uch yoshgacha va 3-7 yosh oralig‘ida; maktab yoshi 7-17 yosh davrida; 18-
30 yosh davri; 30 yoshdan katta bo‘lgan davr. O‘rganish va trenirovka samarasiga
17
yoshning ta’siri. Ayollar motorikasi xsusiyatlari. Ayollarning harakatlantiruvchi,
xususan, sport, imkoniyatlari.
Inson harakatlarini boshqarishning biomexanik aspektlar
Harakatlantiruvchi faoliyatning nerval mexanizmlari (boshqarishning
ichki tizimi)
Harakatlarni boshqarish darajalari (sathlari). Harakatlantiruvchi (motorli)
dasturlar. Harakatni shakllantirishda dasturlashni roli. Harakatlarni boshqarishda
teskari aloqani roli. Harakat strategiyasi. Boshqarish nazariyasining asosiy
tushunchalari. Boshqarish apparati va ijro apparati. Ijro apparati holatlari -
boshlang‘ich, oraliq va yakuniy. Boshqarish maqsadlari, o‘zini tutish (yurish-turish)
dasturi, yakuniy natija. Boshqaruvchi va chalg‘ituvchi ta’sirlar. O‘z-o‘zini boshqarish
tizimlarida boshqaruvni tashkil etish usullari. Boshqaruvning dasturiy usuli. To‘g‘ri
va teskari aloqa kanallari. Boshqaruvning ochiq va yopiq konturlari. O‘zaro ta’sir
shakillari - markazlashtirilgan va periferik. Aloqa kanallari bo‘yicha ma’lumotlarni
harakati. Mushak faolligini boshqarishning biomexanik aspektlari. Mushak faolligini
boshqarishda to‘yinganlik muammolari. Asab impulsi, mushak kuchi va berilgan
harakatning ko‘p xilligi tamoyili. Kelajakda talab qilinadigan model. Boshqarish va
rostlash. Ixtiyoriy nazorat va sensor tahrirlari. Harakatlantiruvchi harakatning
funksional tizimlari - energiya bilan ta’minlovchi va shakllantiruvchi tizimlar.
Harakatlarni matematik modellashtirish
Modellashtirishga asosiy yondashuvlar. Inson harakatlarini modellashtirishda
mexanikaning to‘g‘ri va teskari masalalari. Inson harakatini mexanik-matematik
modellashtirish usullari.
Inson tanasining muvozanati (Gavda holaini saqlash va bir turgan joyida
harakatlar)
Tana va tana tizimlarini muvozanat shartlari. Tana muvozanatini saqlashda
turg‘unlikni ta’minlovchi kuchlar. Muvozanatni saqlashni boshqarish. Tana
tuzilishining statik va dinamik biodinamikasi. Tashqi reaktiv kuchlar ta’siri. Yuqori
va pastki tayanchlarga tortilish va undan itarilish mexanizmlari. Inson gavdasi holati
18
(joy, orientatsiya va holat). Qo‘zg‘atuvchi va muvozanatlovchi kuchlar (ularning
manbai va ta’siri). Inson gavdasi (jismlar tizimini) muvozanat shartlari va turg‘unlik
ko‘rsatkichlari. Qo‘zg‘atuvchi tashqi ta’sirlar (antagonist mushaklarni retsiprok
xarakterdagi o‘zaro ta’siri, bo‘g‘in mushaklari birikmalarini bikrligini o‘zgarishi,
kompensatsiyalovchi va amortizatsiyalovchi harakatlar, balanslash va b.) mavjud
bo‘lganda va bo‘lmaganda inson gavdasi holatini saqlanishi. Qomatni statik va
dinamik biodinamikasi. Qomat to‘g‘riligini buzilishi va uni tiklash.
Tayanchda gavda holatini o‘zgarishi - joyida harakatlanishlar sifatida. Joyida
turib harakatianish shartlari, muvozanatni tayanch joyini saqlash. Tizim massa
markazini saqlash va harakatini o‘zgartirish. Tayanch, tayanchlar va qo‘zg‘aluvchi
zvenolarining o‘zaro ta’siri. Reaktiv tashqi kuchlarmng roli. Tizim harakat miqdorini
saqlanishi va o‘zgarishi. Tayanch holatidagi engib o‘tuvchi va yon beruvchi
harakatlar. Tortilish va itarilish mexanizmlari. YUqori va pastki tayanchga nisbatan
faol va passiv yaqinlashish va uzoqlashish shartlari.
Odam lokomotsiyalari (harakatlari) biomexanikasi
Odam lokomotsiyalari turlari. Tana biozvenolari harakatini tashkil etish,
nazorati va boshqarish mexanizmi. Lokomotsiyalarni bosh miya tomomdan
rostlanishi. Harakat reaksiyalarini nazorati. Harakatlantiruvchi harakatlar, mashqlar
va trenirovkalar biomexanikasi. Sport o‘yinlan lokomotsiyalari. Yurish va yugurish
jarayonidagi harakatlar va uni elementlari. Qadam tezligi, uzunligi, chastotasi va
ritmi. Sakrash biodinamikasi. Tezlik olish. Depsinish
uchish va yugurish biodinamikasi. Turli masofalarga yugurish. Yurish
biodinamikasi. Suv sporti. Velosipedda harakatlanish. Harakat muhitni qarshiligi.
Yadro uloqtirish. Og‘ir atletika. Lokomotsiyalar energetikasi.Tayanch (er) va muhit
(suv) bilan o‘zaro ta’sirda lokomotsiyalar. Erdagi va suvdagi lokomotsiyalarda
tayanchdan depsinishda harakatlantiruvchi kuchlarni vujudga kelishining mexanik
sharoitlari. Inson tanasi ichki kuchlari ishi va kinetik energiyasining o‘zgarishi.
Depsinishda tayanchni reaksiya kuchi va uning tashkil etuvchilari. Harakatlantiruvchi
va tormozlovchi kuchlar nisbati. Qadam tezligi, uzunligi, chastotasi va ritmi.
19
Dastlabki harakatlari:dastlabki holati, harakatlari va tezlashish. Distansiya bo‘yicha
harakat va yakunlash (marraga kelish). Er usti lokomotor harakatlarida gavda
zvenolarmi o‘zaro ta’siri. Tayanchdan xususiy depsinish mexanizmi. Zvenolarni
siltanish harakatlari mexanizmi. To‘ntarilgan mayatnik mexanizmi. Er usti
lokomotsiyalari turlari. Yurish biomexanikasi: tayanchda va oyoqn, ko‘chirishda
qadam tashlash harakatlari elementlari; gavda va qo‘llarning bir-biriga mutanosib
harakatlari. Yugurish biomexanikasi: uchish davri - oyoqni oldinga irg‘itish,
tayanchga tushirish; tayanch davrlari - cho‘kish, depsinish. Sakrash biomexanikasi:
depsinishga tayyorgarlik, depsinish, uchish, amortizatsiya. Sirpanib ko‘chish;
chang‘ida sirpanib qadam tashlash, chang‘i va tayoqlar bilan depsinish. Suvda
tayanch bilan harakatlanish: suzuvchanlik, muhit qarshiligi, eshkak eshish
mexanizmi. Harakatlarni mexanik o‘zgartirishlar orqali ko‘chish. Velosiped pedalida
kuchlanishni uzatish. Akademik eshkak eshishda kuchlanishni uzatish.
Siljituvchi harakatlar
Siljituvchi harakatlar turlari va ularga qo‘yiladigan talablar. Snaryadlar uchishi
mexanikasining asoslari. Snaryadning uchish tezligi, balandligi va burchagi.
Snaryadning aylanishini va havo qarshiligini uning uchish traektoriyasiga ta’siri.
Giroskopik effekt va Magnus effekti. Uloqtirish va irg‘itishlar biomexanikasi.
Harakatlar fazasini tarkibi. Gavda zvenolarining va harakatlanish kuchining o‘zaro
ta’siri. “Xlest”- sermash mexanizmi va yaxlit kinematik zanjirning buriluvchi
harakatlari. Zarbali harakatlar biomexanikasi. Zarba nazariyasi asoslari (mexanik
zarba to‘g‘risida tushuncha, zarba turlari va zarbali impuls). Zarbali harakatlar
fazalari. Zarbali massa roli. Siljuvchi harakatlarda aniqlik. Maqsadli aniqlik
to‘g‘risida tushuncha va uni o‘lchash usullari. Harakatning biomexanik
xarakteristikalarini va ularni bajarish shartlarini maqsadli aniqlikka ta’siri.
20
Sport - texnik mahorat
Sport harakatlarini bajarishda muskullarning motorli va sensorli funksiyalari.
Qator sport turlarida sport natijalarini ortib borishi bilan sport texnikasi
parametrlarini o‘zgarib borish tendensiyasi. Harakatlar koordinatsiyasining
biomexanik asoslari. Murakkabligi o‘suvchi mashqlar biomexanikasi. Sport
mahoratining biomexanik qirralari. Sport taktikasining biomexanik aspektlari. Sport-
texnik mahorat. Sport texnikasi to‘g‘risida tushuncha. Texnik mahorat
ko‘rsatkichlari. Ko‘rsatkichlarning ikki guruhi: 1) sportchi nima qila oladi (texnika
hajmi, har tomonlamaligi, ratsionalligi); 2) buni u qanday bajara oladi (texnika
samaradorligi va o‘zlashtirganligi). Texnika samaradorligi turlari: (absolyut, qiyosiy
va amalga oshirish samaradorligi) va ularni baholash usullari. Texnikani
o‘zlashtirganlik ko‘rsatkichlari (stabillik, turg‘unlik, bajarishni avtomatlashganligi).
Sport texnikasining diskriminativ alomatlari.
Berilgan natijaviylik uchun harakatlarni shakllantirish va
takomillashtirishning biomexanik texnologiyalari
Inson va tashqi muhit. Sportchi harakatlarini boshqarishning tashqi tizimi.
Trenajerlar va trenirovka moslamalari. Jismoniy tarbiya-sport ishlari amaliyotida
biologik teskari aloqalar. Sport inventari va jihozlari xususiyatlarini
optimallashtirishning mexanik shartlari. Trenirovkaning biomexanik vositalardan
foydalanib texnik-jismoniy mutanosiblik tamoyilini amalga oshirish. Sportchilarni
rekord natijaviylikka olib chiqishning biomexanik usullari va vositalari.
Amaliy mashg‘ulotlarning taxminiyro’yxati
1. Inson gavdasi va harakatlarini biomexanik tavsiflash.
2. Biomexanik parametrlarni o‘lchash natijalarini qayta ishlash.
3. Sakrash kinotsiklogrammasini chizish.
4. Yugurish kinotsiklogrammasini chizish.
5. Yugurish va sakrash chiziqli xronogrammasi qurish.
6. To‘g‘ri chiziqli harakat tezligini aniqlashga doir masalalar echish.
7. To‘g‘ri chiziqli harakat tezlanishini aniqlash doir masalalar echish.
21
8. Sakrash kinotsiklogrammasi asosida tezlik grafigini chizish.
9. Yugurish kinotsiklogrammasi asosida tezlik grafigini chizish.
10. Fotokinomateriallar asosida mexanik harakatlar tavsiflarini aniqlash.
11. Sakrash kinotsiklogrammasi asosida tezlanish grafigini chizish.
12. Yugurish kinotsiklogrammasi asosida tezlanish grafigini chizish.
13. Aylanma harakat burchak va chiziqli tezliklarini aniqlashga doir masalalar
echish.
14. Aylanma harakat burchak tezlanishini aniqlashga doir masalalar echish.
15. Aylanma harakat burchak tezligini hisoblash va grafigini qurish.
16. Aylanma harakat burchak tezlanishini hisoblash va grafigini qurish.
17. Harakat dinamikasiga oid masalalar echish.
18. Odam bosh suyagini zarba kuchiga tolerantligi aniqlash.
19. Odam kinestetik sezgisini (harakat bo‘yicha) panja dinamometri yordamida
aniqlash.
20. Odam kinestetik sezgisini (kuch bo‘yicha) panja dinamometri yordamida
aniqlash.
21. Odam tanasi umumiy og‘irlik markazini analitik usul bilan aniqlash.
22. Sport faoliyatida ish va energiyani hisobiga doir masalalar echish
23. Sportchi gavdasi quvvatini aniqlash doir masalalar echish.
24. Sport biomexanikasida test o‘tkazish va pedagogik baholash.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar sportchi laming harakat sifatlarining
biomexanik asoslarini o‘rganadilar.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor- o‘qituvchilari
tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ularda talabalar asosiy ma’ruza
mavzulari bo‘yicha olgan nazariy bilimlari amaliy masalalar echish, grafik va
chizmalar chizish hamda qiyoslab o‘rganish asosida yanada boyitiladi. SHuningdek,
darslik va o‘quv qo‘llanmalardan samarali foydalangan holda ilmiy tadqiqotlar
o‘tkazish orqali talabalar bilimlarini mustahkamlash, malaka va ko‘nikmalarini
22
mustahkamlash, mavzular bo‘yicha taqdimotlar tayyorlash tavsiya etiladi va
o‘rgatiladi.
Chizma-hisoblash ishlari
Chizma-hisoblash ishlarining maqsadi talabalarga biomexanikaning
boshlang‘ich asoslarini hamda kineziologik tahlil asosida sport harakatlari
o‘rganiladi.
Chizma-hisoblash ishlari quyidagilardan iborat:
- tajribada olingan ma’lumotlarga dastlabki ishlov berish va zamonaviy
usullardan foydalanib tahlil qilish;
-biomexanik harakat tavsiflarini hisoblash va grafik ifodalash;
-harakatni biomexanik baholash.
Chizma-hisoblash ishlari bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib, ular
bosqichma-bosqich mustaqil yoki o‘qituvchi maslahatlari yordamida bajariladi.
Vaqtni tejash mqsadida hisoblash ishlarida kalkulyator yoki kompyuterdan
foydalangan holda bajarish mumkin. Olingan materiallarni talabalar jadval va grafik
ko‘rinishida ifodalashlari kerak. Bajarilgan amaliy ish yakunida u yoki bu sifatni
rivojlantirish yoki boshqa maqsadlar uchun xatolik va kamchilik bo‘yicha xulosalar
chiqariladi va muhokama qilinadi.
Labaratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Fan bo‘yicha labaratoriya ishlari o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan.
Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Fan bo‘yicha kurs ishi o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan.
Mustaqil ta’limning shakli va mazmuni
Talabalar darsdan tashqari paytlarda o‘tilgan mazularni mustaqil
o‘zlashtirishlari va egallagan bilimlarini mustahkamlashi, amaliy mashg‘ulotlarga
23
tayyorlanib kelishlari uchun tavsiya etilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlardan
foydalanishlari zarur bo‘ladi.
Mustaqil ish bajariladigan mavzular bo‘yicha savolnomalar va testlarni tuzish,
savollarga tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalangan holda yozma tarzda javob
berish, me’yoriy hujjatlardan foydalanish, har bir mavzu bo‘yicha muammoli
masalalarni hal qilish yo’llarini bayon qilish, tavsiyalar berish va boshqalar ko‘zda
tutilgan.
Mustaqil ish uchun 56 soat ajratilgan bo‘lib, ular quyidagicha taqsimlangan:
1) adabiyotlarni va ma’ruza matnlarini o‘qib o‘rganish - 10 soat;
2) tavsiya etilgan mavzulardan biri bo‘yicha referat tayyorlash va himoya qilish
- 22 soat;
3) chizmalar chizish va hisoblash ishlarini amalga oshirish - 24 soat.
Talabalar mustaqil ishlarini baholash joriy va oraliq nazorat paytidainobatga
olinadi.
Mustaqil ishlarni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari
mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari
bilan uzviy bog‘liqlikda bajariladi.
Talaba mustaqil ishni tashkil etishda quyidagilardan foydalanishi tavsiya
etiladi:
- darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalardan foydalanib o‘quv rejasi
mavzularini o‘rganish;
- maxsus va davriy-ilmiy uslubiy adabiyot manbalaridan foydalanib
bilimlarini mustahkamlash;
- yangi texnika, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari
1. Biomexanik parametrlarni o‘lchash natijalarini qayta ishlash.
2. To‘g‘ri chiziqli harakat tezligini aniqlashga doir masalalar echish.
3. To‘g‘ri chiziqli harakat tezlanishini aniqlash doir masalalar echish.
4. Yugurish kinotsiklogrammasi asosida tezlik grafigini chizish.
24
5. Yugurish kinotsiklogrammasi asosida tezlanish grafigini chizish.
6. Aylanma harakat burchak, chiziqli tezligini va tezlanishini aniqlashga doir
masalalar echish.
7. Harakat dinamikasiga oid masalalar echish.
8. Odam bosh suyagini zarba kuchiga tolerantligi aniqlash.
9. Odam kinestetik sezgisini (harakat bo‘yicha) panja dinamometri yordamida
aniqlash.
10. Odam kinestetik sezgisini (kuch bo‘yicha) panja dinamometri yordamida
aniqlash.
11. Sportchi gavdasi quvvatini aniqlash doir masalalar echish.
12. Sport biomexanikasida test o‘tkazish va pedagogik baholash.
Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik
va axborot-komnumikatsiya texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutilgan:
- O‘lchash nazariyasi asoslari. O‘lchash natijalariga statistik ishlov berishning
asosiy usullari. O‘lchash natijalarining bir o‘lchamli qatorlari. O‘lchash natijalari
qatorining asosiy statistik xarakteristikalarini o‘rganishga bag‘ishlangan mavzular
zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsiya va elektron-didaklik
texnologiyalardan foydalanilgan holda o‘tkaziladi;
- amaliy mashg‘ulotlarda guruhli fikrlash, aqliy hujum, “ish o‘yini” va boshqa
pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi;
- o‘z-o‘zini nazorat, kichik guruhlar musobaqalari, guruhli fikrlash pedagogik
texnologiyalaridan foydalaniladi;
- “Ish o‘yini”, guruhli fikrlash, muammoli vaziyat, qadamba-qadam metodi,
aqliy hujum va boshqa pedagogik texnologiyalaridan foydalaniladi.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar
1. Allamuratov SH.I., Nurmuxamedov A.M., “Sport biomexanikasi”, Toshkent,
“Lider Press”posiobiyi 2009 y., 222 b.
25
2. Дубровский.В.И., Федорова В.Н. Биомеханика: учебник для вузов - М.:
Издво Владос-Пресс, 2008. – 669 с.
3. Донской Д.Д., Зациорский В.М. Биомеханика: Учебник. - М.: ФиС,
1979. – 264 с.
200 b
b.
Qo‘shimcha adabiyotlar
4. Sulaymonov S.S. “Biomexanika” fani ma’ruzalar to‘plami 2014-2015 yy.
5. Axmedov B.A. “Biomexanikadan amaliy mashg‘ulot”. - Toshkent, 1993 190
6. Axmedov B.A. “Sport biomexanikasidan mashq va masalalar” (statistika va
kinematika) 1-qism. - Toshkent, 1995 y.
7. Axmedov B.A., Xasanova S.A. “Biomexanikadan praktikum”, T.“Med.”
1986. 190 b
8. Umarov D.X., Akbarov A., Tangabaev A.A., Biomexanika (masalalar
echishga oid qo‘llanma), O‘zDJTI, Toshkent, 2010, 58 b.
9. Utkin V. L.- “Biomexanika fizicheskix uprajneniy”.Ucheb. posobie.-M.:
Prosveiuenie, 1989.-210 s.
10. Бернштейн Н.А. Биомеханика и физиология движений: Избранние
психологические труди. - М.: 2008. – 688 с.
11. Аруин А.С., Затсиорский В.М. “Эргономическая
биомеханика”.uchibnik - М. 1989 г. 160 s
12. Донской Д.Д., Зайсев Л.З. “Биомеханика” методическое указание для
студентов института физкультуры. - M. 1993 г. 200 s
13. Hasanova S.A. Biomexanika. “O‘qituvchi” nashriyoti Toshkent: - 2004y
200 b. “Olimpiya zaxiralari kolleji uchun o‘quv qo‘llanmasi”.
14. Axmedov B.A. “Velotrenajerda ishlash”. - Toshkent,qo’llanma 1990 y. 150
b s
15. Донской Д.Д. Введение в биомеханику. uchibnik- М. 1981 г.200 s
16. Уткин В.Л. “Техника движений”.posobiyi - М. 1987 г.210 s
17. Уткин В.Л. Культура движений. -posobiyi М., - 1984. 200 s
1. http://www.accom.ru.
2. http://www.biomex.com.
Do'stlaringiz bilan baham: |