Yosh psixologiyasi - shaxsning psixik rivojlanish qonuniyatlarini inson
tug’ilishidan to umrining oxirigacha bo’lgan davrni, ya’ni ontogenezni
o’rganadigan psixologiya sohasi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi
sifatida XIX asrning oxirida vujudga kelgan Yosh psixologiyasi hozirgi
zamonda bolalar psixologiyasi, o’smirlik va o’spirinlik psixologiyasi, etuklik
psixologiyasi, gerontopsixologiyadan iboratdir. Yosh psixologiyasining asosiy
vazifalaridan biri bolani psixik rivojlanishining ijobiy shaklda tashkil etilishi,
yosh davrlari inqirozi bosqichlari, jarayonlari va paytlarida psixologik yordam
ko’rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |