Urushdan keyingi yillarda o'zbekiston xalq xo'jaligining tiklanishi


O'zbekiston qishloq xo'jaligining kollektivlashtirish siyosati



Download 126,5 Kb.
bet3/11
Sana24.07.2021
Hajmi126,5 Kb.
#127564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O'ZBEKISTONDA QISHLOQ XO'JALIGI TARKIBI XUSUSIYATLARI VA RIOVJLANISH DARAJASI

1.2.O'zbekiston qishloq xo'jaligining kollektivlashtirish siyosati
Ommaviy kollektivlashtirish jarayonida O'zbekiston bo'yicha 60 mingdan ortiqroq kishi "quloqlaf'ga mansublikda ayblanib qatog'on qilindi. Shunday qilib, 30— yillar davomida O'zbekistonda zo'rovonlik yo'li bilan "Qishloq xo'jaligini kollektivlashtirish", "quloqlarni sinf sifatida tugatish" siyosati uzil-kesil hal qilindi.

"SSSRning paxta mustaqilligini ta'minlash" asosan O'zbekiston xalqi zimmasiga yuklatilgan edi. 1935— yilda O'zbekistonda 1 mln. tonna paxta tayyorlangan bo'lsa, bu ko'rsatkich 1939— yilda 1,5 mln. tonnani, 1941- yilga kelib esa 1 mln. 656,2 ming tonnani tashkil etdi. Bu Butunittifoq bo'yicha tayyorlangan paxtaning 60 foizidan ziyodrog'ini tashkil qilardi. 30— yillar davomida respublika qishloq xo'jaligi tizimida paxta yakkahokimligi mustahkam o'rin egallab bordi. Jumladan, agar 1933— yilda paxta mahsuloti respublika yetishtirib tayyorlab beradigan qishloq xo'jalik mahsulotlari umumiy hajmining 81,5 foizini tashkil etgan bo'lsa, 1937— yilga kelib bu ko'rsatkich 93,4 foizga etdi.

Texnikaviy ta'minot. O'zbekistonda dehqon xo'jaliklarini ommaviy tarzda jamoalashtirish ishlari ayni chog'da yangi xo'jaliklarga moddiy-texnik baza bo'lib xizmat qiladigan mashina-traktor stansiyalari (MTS) ni tashkil etish bilan uzviy bog'liq holda olib borildi. O'zbekistonda dastlabki mashina-traktor stansiyasi 1929—yilda Andijon viloyatining Asaka tumanida tashkil etilib, u yangidan tuzilgan jamoa xo'jaliklariga texnik yordam ko'rsatgan edi. Asta-sekin ularning soni ortib bordi. 1931—yilga kelib MTSlar 48 ta qishloq tumanlarida tashkil etilib, qishloq ahlining dala yumushlariga xizmat ko'rsatdi. MTSlarning yirik dehqon xo'jaliklariga nafi katta bo'lganligidan, ularning safi respublikada to'xtovsiz ortib bordi. Jumladan, 1937—yilda ularning soni 163 taga, 1941—yilga kelganda esa 189 taga yetdi. Garchand yirik jamoa yerlarini ishlab berish, qo'l mehnatini yengil-lashtirish, qishloqqa texnika olib kirish, texnika ilmidan qishloq mehnatchilarini xabardor qilish, ma'lumotini oshirishda MTSlar muhim rol o'ynagan bo'lsa-da, biroq bu narsa jamoa xo'jaliklarining davlatga tobeligini yanada kuchaytirdi. Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, yirik ishlab chiqarish vositalari MTSlar orqali tobora davlat qo'lida to'plana bordi. MTSlar jamoa yerlarini natural haq evaziga ishlab berar, bu haqning miqdori esa yuqoridan, davlat organlari tomonidan belgilanardi.

Irrigatsiya va nielioratsiya ishlari O'zbekiston qishloq xo'jaligi, ayniqsa, uning yetakchi tarmog'i paxtachilik sohasining tezkor rivoj-lanishidan manfaatdor bo'lgan sovet hukumati avval boshdan rcspublikada irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash va takomil-lashtirishga jiddiy e'tibor berib bordi.

Shu maqsadda 1922—yildayoq respublikada irrigatsiya tizimini qayta tiklash va yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab berildi. Xususan, O'zbekiston hukumati tarkibida suv va qishloq xo'jaligi Xalq Komissarligi, uning huzurida esa suv xo'jaligi bosh boshqar-masi, joylarda viloyat, tuman, uchastka suv qo'mitalari tashkil etildi. Ularga davlat yordami ko'rsatib borildi. Jumiadan, 1922— yilda irrigatsiya ishlariga 6 mln. oltin rubl hisobida mablag' ajratildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad sug'oriladigan yerlarni 2 yil ichida 2 mln. desyatinaga yetkazish edi. Joylarda suv inshootlari qurilishi avj oldirib yuborildi. Yangi kanallar, ariqlar qurildi. Ko'plab yangi yerlar o'zlashtirildi. Natijada 1924— yilga kelib sug'oriladigan yerlar miqdori 2,4 mln. desyatinaga, shu jumiadan, paxta ekiladigan maydon esa 500 ming desyatinaga yetkazildi.

Bu ishlar O'zbekiston SSR tuzilgach, yanada avj oldi. Urushgacha bo'lgan davrda respublikada Darg'om, Norpoy, Sovoy, Dalvarzin, Log'an kanallari kabi ko'plab suv inshootlari qurildi. Dalvarzin, Sovoy, Uchqo'rg'on, Mirzacho'l, Chirchiq-Ohangaron vodiylarida, Zarafshon daryosi havzasida, shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryoda irrigatsiya tarmoqlari ancha yaxshilandi. 1929-1933— yillarda bu sohaga 234,9 mln. rubl sarflandi.

1939— yilda O'zbekiston KP(b) Markaziy Qo'mitasi va respublika hukumati xashar yo'li bilan Katta Farg'ona kanalini qurish to'g'risida qaror qabul qildi. O'sha yilning 1 avgustidan 160 ming kolxozchi kanal qurilishini boshlab yubordi. Uzunligi 270 kilometr bo'lgan bu kanal, asosan qo'l mehnati bilan, 45 kun ichida qurildi.

Katta Farg'ona kanali Farg'ona vodiysining asosiy qon tomiri bo'lib qoldi. Vodiyda 60 ming gektar cho'lli yerlar o'zlashtirilib, 500 ming gektar yerni suv bilan ta'minlash imkoniyati yaratildi. Shuningdek, ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda Shimoliy va Janubiy Farg'ona kanallari, Toshkent kanali, Kampirrovot suv to'g'oni, Qoraqalpog'istonda Qizketgan kanali, sig'imi 1 mln kub/ metr bo'lgan Kattaqo'rg'on suv ombori va ko'plab boshqa suv inshootlari barpo etildi. Buning natijasida, 1937-1940— yillarda respublikada sug'oriladigan yer maydonlari qo'shimcha 200 ming gektarga ko'paydi.

Shunday qilib, Sovet hokimiyati qishloqda kollektivlashtirish siyosatini olib borishda qishloq ahliga nisbatan nechog'lik zug'um o'tkazmasin hamda ne-ne og'ir sinovlarga duchor etmasin, biroq ular xalq irodasini, uning azmu qarorini so'ndira olmadi. O'zbek xalqi fidoyilik bilan mehnat qilishda davom etdi.

Xullas, fashistlar Germaniyasi ustidan erishilgan tarixiy g'alabaga respublikamiz sanoati qishloq xo'jaligi fan va madaniyat xodimlari o'zlarining salmoqli hissalarini qo'shdilar.



XX asrning so’nggi yillarida sobiq Ittifoqning parchalanishi, mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalarning sifat jihatdan yangi bosqichga chiqishi, milliy xo’jalik aloqalarining integratsiyalashuvi bilan, globalizatsiya jarayonlarining jadallashuvi yuz berdi. Globalizatsiya natijasida jahon xo’jaligining tarkibiy qismiga aylanib borayotgan mamlaqatlaming soni ortib bormoqda. Bu milliy darajadagi huquqiy, iqtisodiy hamda texnologik to’siqlar yo’qolishiga, uning o’rniga xalqaro iqtisodiy xo’jalikning umumiy iqtisodiy qonuniyatlari va xalqaro xo’jalikning funktsional aloqalarini tadbiq etilishiga olib kelmoqda.

Mamlakatlar hayotidagi globalizatsiya - iqtisodiy munosabatlardagi tovarlar, xizmatlar, kapital hamda fond bozorlaridagi savdo va siyosatga doir tartiblarning tobora erkinlashuvi orqali namoyon bo’lmoqda. Tashqi savdo aloqalari erkinlashtirilayotgan mamlakatlar soni yil sayin ortib bormoqda.

Jahon iqtisodiy va moliyaviy muhitining shakllanishiga ta'sir etgan sezilarli o’zgarishlar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  1. 1957 yili Londonda Britaniya hukumatining funt sterling ustidan nazorat o’rnatishiga javob tariqasida evrodollar bozorining yuzaga kelishi;

  2. 1958 yilda dastlab, "Umumiy bozor" deb atalgan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligi (EIH) - hozirgi Yevropa Ittifoqining (EI) tashkil topishi;

  3. Amerika korporatsiyalari xorijiy faoliyatlarini kengaytirishga intilishi (1950 yillardan boshlab). Jahon bozorida Yevropa va Yaponiya korporatsiyalari faoliyatining sezilarli o’sishi, shuningdek, xalqaro maydonda Amerika korporatsiyalari bilan ushbu mamlakatlar o’rtasida raqobatning kuchayishi;

  4. O’tgan asrning 60-yillarida Yaponiya iqtisodiyotini tez sur’atlar bilan o’sishi, Uzoq Sharq biznes faoliyatida yangi imkoniyatlarning ortishi;

  5. 1971-1973 yillarda Brettonvud tizimini qo’llashiga olib kelgan jahon moliya inqirozlari, valyutaning belgilangan kursi tizimidan, suzuvchi valyuta kurslariga o’tish;

  6. 1971-1979 yillardagi birinchi va ikkinchi neft inqirozlari jahon iqtisodiy tizimiga bosim o’tkazishi. Ushbu sanalarda neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) neft narxini sezilarli darajada oshirshi;

  7. Rivojlanayotgan mamlaqatlaming 1982 yilda tashqi qarzlarga xizmat ko’rsatishi bilan bog’liq jahon qarzdorlik inqirozining boshlanishi;

  1. 1980 yillarda Yaponiyaning xalqaro moliyaviy kuch va jahon kapitalining manbasi sifatida yetakchi mamlakatga aylanishi;

  2. 1987 yilda ettita mamlakatning ("Katta ettilik") Parijda Luvr bitimini imzolashi. Ular o’z valyuta kurslarining dollarga nisbatan tor tebranish doirasida sun'iy ravishda almashtirish orqali, kuchsizlanib borayotgan dollami qo’llab-quvvatlashni rejalashtirdilar. Shuningdek, ushbu mamlakatlar kelishilgan iqtisodiy siyosat yuritishni mo’ljalladilar;

  1. 1987 yilda EIH yagona Yevropa aktini qabul qilish orqali 1992 yilda yaxlit Yevropa bozorini tashkil qilishni rejalashtirilishi. Bunda, mazkur tashkilotning G’arbiy Yevropa moliyaviy va iqtisodiy holatiga sezilarli ta'sir etishi kutildi;

  2. 1989-1992 yillarda Sharqiy Yevropa mamlakatlari o’z siyosiy yo’nalishlarini o’zgartirishi. Ulaming kommunistik dunyoqarashdan ko’p partiyaviylikka, markazdan rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishi, jahondagi siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy holatga chuqur ta'sir etdi;

  3. 1992 yildan keyin yaxlit Yevropa bozorining yuzaga kelishi, 1993 yil noyabr oyidan erkin savdo bo’yicha Shimoliy Amerika bitimining kuchga kirishi, 1993 yilda Osiyo-tinch okeani iqtisodiy hamkorligi konferentsiyasi va boshqa jarayonlar, o’tgan asrning 90-yillarida hududiy rivojlanishni jadallashtirdi.

XXI asr bo’sag’asida jahon iqtisodiyotida to’rtta asosiy tarkibiy an'ana kuzatildi:


Download 126,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish