Urug’qabila dinlari.( Totemizm, Animizm, Fetishizm, shomonizm, Magiya) Milliy dinlar.



Download 85,07 Kb.
bet1/14
Sana21.06.2021
Hajmi85,07 Kb.
#72586
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-mavzu


2-MAVZU. URUG` QABILA DINLARI. MILLIY DINLAR.
REJA:

  1. Urug’qabila dinlari.( Totemizm , Animizm, Fetishizm, SHomonizm, Magiya)

  2. Milliy dinlar.( Yahudiylik, Braxmanlik, Hinduiylik, Konfutsiylik, Daosizm, Zardushtiylik)



Tayanch so’zlar: Yahudiylik,Buxoro Yahudiylari, Veda, Braxmanlik, Hinduiylik, Konfutsiylik, Daosizm, Zardushtiylik, Totemizm , Animizm, Fetishizm, SHomonizm, Magiya

Ibtidoiy odamlarning diniy e’tiqodlari totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, magiya (sehrgarlik) shakllarida tarqalgan. Ularning ba’zi bir elementlari hozirgi zamon dinlarida ham uchraydi.



Totemizm - hindlar tilidagi "O totem" (uning urug‘i) degan so‘zdan kelib chiqqan. Totemizm ibtidoiy g‘oyat sodda diniy e’tiqodning bir turi bo‘lib, qadimgi zamondagi urut-qabila a’zolarining muayyan bir hayvon, o‘simlik bilan g‘ayritabiiy aloqasi, yaqinligi, qon-qarindoshligi bo‘lgan deb, bu hayvon va o‘simliklarni muqaddaslashtirishdan iboratdir. Totemizmning muayyan kishilar guruhining tabiat, binobarin, tashqi muhit bilan bog‘liqligini ifodalovchi dastlabki shakllaridan edi. Har bir kabila yoki urug‘ o‘z sharoitini hamda imkoniyatlarini ko‘zda tutib, ba’zi hayvonlarni ovlar va ular haqida etarli ma’lumotlarga ega edi. Bunday hayvonlarni yaqindan bilish ularning urug‘ bilan yaqinligi yoki qon-qarindoshligi bo‘lsa kerak, degan tasavvurni keltirib chiqargan. Natijada ba’zi hayvonlar, ksyinchalik esa o‘simlikning ba’zi navlari ham muayyan urug‘ a’zolarining ajdodi-totemidir, degan tasavvur shakllanishiga olib kelgan. SHu boisdan keyinchalik urug‘ a’zolari totemning "yordamiga" ko‘z tikkanlar, uni muqaddaslashtirib, o‘z homiylari deb hisoblanganlar, sehr yo‘li bilan unga ta’sir qilishga uringanlar. Totemga sajda qilingan, u himoya qilingan, e’zozlangan, uni o‘ldirish, iste’mol qilish man etilgan. Faqat ayrim hollarda, ya’ni tantanali kunlarda totem hisoblangan hayvon yoki o‘simlikni maxsus rasm-rusumga rioya qilingan holda iste’mol qilish mumkin bo‘lgan. Urut a’zolarida shundagina totemning kuch-quvvati kishilarga o‘tadi va u kelgusida ham urugaing homiysi bo‘lib qoladi degan tasavvur bo‘lgan.

Totemizm e’tiqodlari tub avstriyaliklarda keng saqlanganligini ularning urug‘lari nomlaridan payqash mumkin. Ular urug‘larni konkret hayvoilar (kengru, oq ho‘kiz, qora ho‘kiz kabi yoki ayrim o‘simliklar) nomi bilan ataganlar.

Totemizm elementlarini hozirgi dinlarda ham ko‘rish mumkin. Masalan, hinduizm dinida fil, sigir, maymun, ilonlar kabilar mukaddas hayvonlar hisoblangan. O‘zbeklarda qaldirg‘och, musicha, laylak, ko‘k qarg‘ani muqaddas qushlar deb e’zozlash ham totemizm ko‘rinishlaridan biridir. Markaziy Osiyo xalqlarida, shu jumladan o‘zbeklarda muchalga qarab vaqt hisobini chiqarish totem e’tiqodi bilan bog‘liqdir. Masalan, ota-bobolarimizda odamlarning yoshini, ya’ni tug‘ilgan kunidan boshlab qancha yashaganligini muchal orqali, muayyan hayvon nomlari bilan atalgan yil hisobidan keltirib chiqarish odati bo‘lgan.

Muchal mo‘g‘ul, xitoy va butun turkiy xalqlarda keng tarqalgan yil hisobi bo‘lib, unda yil oylari 12 hayvon nomi bilan ataladi: sichqon (mush), mol (gav), yo‘lbars (palang), quyon (xargo‘sht), baliq (nahang), ilon (mor), ot (asp) qo‘y (go‘sfand), maymun (hamduna), tovuq (murg‘), it (sak), to‘ngiz (xo‘k) shular jumlasiga kiritilgan.

Xalqimizda, ayniqsa, musulmonlarda totemning elementlaridan bo‘lgan muchalga e’tiqod qilish hali ham qisman davom etmoqda.


Download 85,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish