mlrd. so'm
■■J■■•'■* ’ ; •' V' '*-, 4■
3000.0 u'V ' •
2000.0
994,6
1000,0 430,0
170,0 - 245,0 323i0 .,
0 ,0
2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010
y illar
7.7-chizma.
Chizmadan ko‘rinadiki, 2003-2010-yillar mobaynida aholi daromadlari hajmi 16 barobardan ko‘proq oshgan.
Mamlakatimizdagi bank faoliyatining tobora mustahkamlanib borishi amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar moliyaviy ta'minotining kuchayishiga, iqtisodiyot real sektorining har tomonlama qo‘llab- quwatlanishiga hamda barqaror iqtisodiy o‘sish sur'atlarining ta'minlanishiga zamin yaratmoqda.
2010-yilda kichik biznes subyektlariga ajratilgan kreditlar hajmi 1,4 barobar ko‘paydi va 2 trillion 700 milliard so‘mni tashkil etdi. Jumladan, mikrokreditlar hajmi 485 milliard so‘mdan ortib, bu ko'rsatkich 2009-yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘paydi.
So‘nggi yillarda bo‘sh pul mablagMarini bank aylanmasiga jalb etish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini kengaytirish vositalaridan biri bo'lgan plastik kartochkalardan foydalanish tizimi jadal rivojlantirilmoqda.
Banklaming kredit portfeli tarkibida ham sifat o‘zgarishlari ro‘y bermoqda. Umumiy kredit portfelida uzoq muddatli, ya’ni 3 yildan ortiq muddatga beriladigan investitsiya kreditlarining ulushi 2000 yilning oxiridagi 35 foizdan 2010-yilning oxirida 75,2 foizga o‘sdi.
Bozor infratuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lgan nobank kredit tashkilotlarining (kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar) qonunchilik bazasini takomillashtirish borasida olib borilayotgan chora-
163
tadbirlar nobank kredit tashkilotlari tarmog'i kengayib, banklar va nobank kredit tashkilotlari o'rtasidagi raqobat muhiti kuchayishiga zamin yaratmoqda.
Nobank kredit tashkilotlarining asosiy ko‘rsatkichlari ham sezilarli darajada o‘sib bormoqda. Xususan, kredit uyushmalarining jami aktivlari 2008- yilda 63,8 mlrd. so‘mga oshib, 2009-yil 1-yanvar holatiga 112 mlrd. so‘mni, ulaming kredit portfeli esa 59,5 mlrd. so‘mga oshib, 102,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, mikrokredit tashkilotlari va lombardlaming jami aktivlari hamda kredit portfeli hajmining yuqori sur’atlarda o‘sishi kuzatilmoqda.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan bir sharoitda mamlakatimizda qishloq infratuzilmasini rivojlantirish borasida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatimiz agrar sohasi rivoji va aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qilishi muqarrardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |