Urmaiov N. J


www.ziyouz.com kutubxonasi 5-



Download 21,58 Mb.
bet37/134
Sana31.05.2022
Hajmi21,58 Mb.
#621665
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   134
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

92

www.ziyouz.com kutubxonasi



5-BOB
QISHLOQ XO'JALIGINING ASOSIY VA AYLANMA
FONDLARI HAMDA ULARDAN SAMARALl
FOYDALANISH YO‘LLARI
• Qishloq xo‘jaligining asosiy va aylanma fondlari to‘g‘risida tushuncha, ularning ahamiyati va turkumlanishi.
• Bozor munosabatlari sharoitida asosiy va aylanma fondlami shakllantirish
manbalari.
• Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko'rsatlcichlar.
• Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari.


5.1. Qishloq xo‘jaligining asosiy va aylanma fondlari to‘g‘risida tushuncha, ularning ahamiyati va turkumlanishi.

Qishloq xo‘jalik korxonalarining fondlari ishlab chiqarish jarayonlarida qatnashishiga yoki foydalanilishiga ko‘ra ishlab chiqarish fondlari hamda noishlab chiqarish fondlaridan tashkil topadi. Ular ayrim hollarda ishlab chiqarish jarayonida bevosita va bilvosita qatnashadiganlarga ham bo‘linadi. Masalan, yer, suv, o‘g‘it, urug'lik, yem-xashak, yer haydaydigan, ishlov beradigan traktorlar qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda bevosita qatnashadi. Chunlci ular mahsulot yetishtirish hajmiga, sifatiga bevosita ta'sir etadi. Xo‘jaliklaming ma'muriy, madaniy va boshqa binolari, omborxonalar, xizmat ko‘rsatuvchi texnikalar, kompyuterlar va boshqa vositalar ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga, ulaming sifatiga bilvosita ta'sir etadi. Lelcin ulaming mahsulotlami ishlab chiqarishdagi umumiy ahamiyatini inkor etib bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish fondlari iqtisodiy mohiyatiga, ya’ni shakllantirilishi, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish jarayonida qatnashishiga lco'ra, asosiy hamda aylanma fondlarga bo‘linadi. Ulaming natural holdagi ko‘rinishi asosiy va aylanma vositalar deb ataladi.


Asosiy va aylamna fondlar mahsulot ishlab chiqarib, qishloq
xo'jaligini rivojlantirishda juda lcatta ahamiyat kasb etadi. Chunlci ularsiz talabni qondiradigan miqdorda, sifatli mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas. Ulardan oqilona foydalanish natijasida mehnat va mablag1 xarajatlari tejaladi. Demak, asosiy va aylanma fondlardan oqilona va samarali foydalanish tufayli


93


qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti rivojlanadi. Natijada aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yaxshilanadi. Shuning uchun bunday vositalami yaratishga, qurishga, ta'mirlashga, ulardan yaxshi foydalanishga hukumatimiz alohida e'tibor berib kelmoqda.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish fondlarining katta qismini asosiy fondlar tashkil etadi. Ularga qishloq xo‘jaligida qatnashadigan barcha mehnat vositalari kiradi. Ular qishloq xo'jalik korxonalarining doimiy kapitalini tashkil etadi.
Asosiy fondlar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, qishloq xo'jalik ishlab chiqarish jarayonida bir yildan ko‘p muddat davomida qatnashib, qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga, bajarilayotgan xizmatlarga yillar davomida qisman o‘tkazib boradi. Ularga qishloq xo‘jalik yerlari, mashinalar, traktorlar, binolar, inshootlar, transport vositalari, qurilmalar, mexanizmlar, ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik mevali daraxtlar va boshqalar kiradi.
Qishloq xo‘jaligidagi asosiy fondlaming turkumlanishi 5.1-chizmada keltirilgan.
Funksional vazifasiga qarab asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalariga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish asosiy fondlariga bevosita moddiy ishlab chiqarish sohasida qatnashadigan asosiy vositalar, noishlab chiqarish asosiy fondlariga esa xo'jalikning klublari, madaniyat saroylari, maktablar, sog‘likni saqlash idoralari, bolalar bog‘chasi, hammom, ombor va hokazolaming asosiy fondlari kiradi. Ular mehnat resurslarini takror ishlab chiqarishda katta rol o'ynaydi.
Asosiy fondlaming alohida turlari qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida bir xilda ishtirok etmaydi. Ulardan ba’zilari ishlab chiqarish bilan to‘g‘ridan- to‘g‘ri bogiangan va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘paytirishda asosiy omil hisoblanadi. Ularga traktorlar, kombaynlar, transport vositalari, qishloq xo‘jaligi mashinalari, texnikalari va hokazolar kiradi. Boshqa asosiy fondlar qurilish, savdo va qishloq xo‘jalik korxonalaridagi umumiy ovqatlanishga va boshqalarga yo'naltirilgan vositalardir. Shuning uchun asosiy fondlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida bevosita qatnashuvchi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida qatnashmaydiganlarga bo‘linadi.
Qishloq xo‘jaligining asosiy fondlari tarmoq xususiyati bo‘yicha dehqonchilikka oid, chorvachilikka oid va umumiy fondlarga boiinadi. Bundan tashqari qishloq xo'jaligida tor doirada foydalaniladigan asosiy fondlar borki, ulardan faqatgina bir mahsulotni ishlab chiqarishda foydalaniladi. Masalan, don kombaynlari, paxta teruvchi mashinalar, sut sog‘ish apparatlari va hokazo.

Download 21,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish