Xl = X \ - X 2-xlOO
x\
Bunda: X ) - yangi texnika, texnologiya joriy etilmasdan oldingi xarajatlar (so‘m);
Xi - yangi texnika, texnologiya joriy etilgandan keyingi xarajatlar (so‘m).
g) mashina-traktor parkidan foydalanish koeffitsiyenti. Buni hisob
uchun xo'jalikda foydalanilgan mashina-traktorlar miqdorini unda mavjud bo'lgan mashina-traktorlar miqdoriga taqsimlash lozim. Uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
84
MTPfk = —
Ms
Bunda: M TPjk- mashina-traktor parkidan foydalanish koeffitsiyenti.
Fs - foydalanilgan mashina-traktorlarning soni (dona).
Ms - mavjud bo‘lgan mashina-traktorlarning soni (dona).
h) moddiy-texnika resurslaridan foydalanish samaradorligi. etalon gektarning, 1 tonna-kilometming, 1 kilovat-soatning tannarxi aniqlanadi. Ular quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bunda: EGt - 1 etalon gektar tannarxi;
Mx - mexanizatsiya yordamida bajarilgan ishlarga qilingan jami xarajat (ming so‘m);
J l - jami bajarilgan ish hajmi (etalon ga, tonna-kilometr,
kilovat-soat).
Yuqoridagi ko‘rsatkichlarni hisoblab, moddiy-texnika resurslarining holati, darajasi, foydalanish samaradorligi aniqlanadi va tahlil qilinadi. Natijada ulardan foydalanish holatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari belgilanadi.
4.3. Fan-texnika taraqqiyoti va ilg‘or texnologiyalarni qishloq xo‘jaligiga joriy etish imkoniyatlari.
Qishloq xo'jaligini ustuvor darajada rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash kerak. Tarmoqning moddiy-texnika resurslari shakllantirilishi, rivojlantirilishi, ulardan samarali foydalanish masalalari fan-texnika taraqqiyotiga va uning darajasiga bevosita bog‘liq. Fan- texnika taraqqiyoti deganda qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha fanlaming rivojlanishi, taraqqiy topishi, bilimli, malakali kadrlar tayyorlanishi natijasida samarali yangi texnikalar yaratilishi, mavjudlari esa takomillashtirilishini nazarda tutish lozim. Buning uchun ta’lim va ixtirochilik tizimini yangi bosqichga ko‘tarish talab etiladi. Ular qishloq xo‘jaligi uchun zarur boTgan qulay va samarali mashina, traktor, mexanizm, uskunalar yaratilishini, mavjudlari takomillashtirilishini, serhosil, tezpishar ekin navlari, sermahsul chorva zotlari, ilg'or texnologiyalarni yaratadigan fanlaming rivojlanishini ta'minlaydi. Natijada moddiy-texnika resurslarining miqdori oshadi, sifati yaxshilanadi.
Mamlakatimizda fan yutuqlarini qishloq xo‘jaligiga joriy etishga
alohida e'tibor berilmoqda. Jumladan, qishloq xo‘jalik mashinasozlik sanoati korxonalarida zamonaviy, tejamli, unumli haydov, ishlov bemvchi traktorlar, mashina va mexanizmlar ishlab chiqarilmoqda. Yomg'irlatib, tomchilatib,
85
tuproq ostidan sug‘orish uchun yangi samarali texnikalar barpo etilmoqda. Bu hol qishloq xo‘jaligida samarali, ilg‘or texnologiyalar joriy etilishini ta'minlaydi.
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturida ham mamlakatimiz qishloq xo'jaligiga tomchilatib sug‘orishni joriy etishga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur dastuming VII bo‘limida tegishli asbob-uskunalar va tizimlami mamlakatimizning o‘zida ishlab chiqarishni tashkil etgan holda 2009-2020 yillarda tomchilatib sug'orish tizimlarini joriy etish dasturini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Bundan tashqari respublika viloyatlarida 2009-yilda jami 3710 gektar maydonda tomchilatib sug‘orishni joriy etish mo‘ljallangan. Tomchilatib sug‘orishni joriy etish uchun zarur asbob-uskunalar va tizimlami mamlakatimizning o‘zida ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha ham ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan “Saniplast” 0 ‘zbekiston-lsroil qo'shma korxonasi mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar natijasida tashldl etilgan boTib, tomchilatib sug'orish tizimlarini ishlab chiqarish, loyihalami amalga oshirish, materiallami yetkazib berish va montaj qilish, ehtiyot qismlami yetkazish va servis xizmatini ko‘rsatish, ekinlami sug‘orish va o‘g‘itlash bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Ular tomonidan ishlab chiqarilgan tizimlar g‘o‘zani, bog‘ va issiqxonalami tomchilatib sug‘orishda qoTlaniladi.
Fan-texnika taraqqiyotini joriy etishda rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasidan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, Isroilda suv tanqis bo'lgan adirlarda quyosh batareyalari o‘matilgan boTib, tmung yordamida elektr energiyasi hosil qilinadi va ushbu elektr energiyasi bilan ishlovchi nasoslar orqali yer osti suvlari chiqariladi. Ushbu suv yordamida ekinlar va bogTar sug‘oriladi.
Fan-texnika taraqqiyoti yagona davlat siyosati asosida kechishi, bu jarayonda qatnashuvchilaming tashabbuskorligi, tadbirkorligi ham uyg‘unlashishi lozim.
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy maqsadi yangi, samarali qishloq xo‘jalik texnikalarini, ekologik talablarga javob beradigan kimyoviy vositalami, yangi navlami, zotlami yaratish, mavjud vositalami takomillashtirish, mehnatning xarakterini o'zgartirib, uning unumdorligini oshirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorini ko'paytirish, sifatini yaxshilash, ulami qayta ishlab, iste'molchilarga yetkazib berish orqali aholi, korxonalar va nihoyat, davlatning iqtisodiyotini yuksaltirishdir.
Fan-texnika taraqqiyoti qishloq xo'jaligida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:
• yangi yerlami kompleks o'zlashtirish, zax va sho‘rlangan yerlaming meliorativ holatini yaxshilash, suv bilan ta'minlanish tadbirlarini ta'minlaydigan ishlab chiqarish vositalarini yaratish, takomillashtirish;
86
• tezpishar, kam suv talab etadigan, sifatli va serhosil urug‘ navlarini, sermahsul chorva zotlarini yaratish;
• qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida amalga oshiriladigan barcha ish jarayonlarini avtomatlashtirish, elektrlashtirish, kimyolashtirish hamda mexanizatsiyalashtirishni ta’minlaydigan vositalami yaratish, mavjudlarini takomillashtirish;
• qishloq xo‘jaligiga servis xizmatlarini ko'rsatish, tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulotlaming zamr miqdorini qayta ishlab, sifatli saqlab, iste’molchilarga vaqtida, yaxshi holatda yetkazib berishni ta'minlashni joriy etish;
• qishloq xo'jaligi iqtisodiyotining erkinlashtirilishini ta'minlovchi iqtisodiy mexanizmlami yaratish va ulami hayotga izchillik bilan joriy etish;
• fan-texnika taraqqiyoti natijalarini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barcha sohalariga o‘z vaqtida joriy etish qobiliyatiga ega bo'lgan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, faoliyat ko'rsatayotganlarning malakasini oshirish va rag‘batlantirishni takomillashtirish.
Fan-texnika taraqqiyotining shu yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi natijasida qishloq xo'jaligi uchun zamr bo'lgan moddiy-texnika resurslarini yaratish, mavjudlarini esa takomillashtirish ta’minlanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini, samarali texnologiyalarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etib borish maqsadga muvofiqdir. Bu texnologiyalar ish jarayonlarining belgilangan muddatda, sifatli bajarilishiga, mehnat unumdorligi oshishiga va xarajatlar kamayishiga olib keladi. Bu borada ham mamlakatimizda ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, g‘o‘zalami «Andijon texnologiyasi» asosida plyonka ostiga ekish, g‘o‘zalami sug‘orishda «Isroil texnologiyasi» ni joriy etish va boshqalar. Plyonka ostiga g‘o‘zani ekishda mahsulotni yog‘inli kunlarga qolmasdan erta yig'ishtirib olish, suv resurslarini tejash, begona o‘tlarga qarshi kurashishda ayrim ustunliklari mavjud. «Isroil texnologiyasi»da esa asosiy maqsad - suvni tejashga qaratilgan. Shu usuldan foydalanish natijasida 1 gektar paxta maydoniga 4-5 marta kam suv berish ta'minlanadi. Gollandiyadan keltirilgan kartoshka urug‘i ekilib, seleksiya ishlari orqali mahalliy sharoitlarga moslashtirildi. Bu jarayonda mahalliy tajribalardan ham keng foydalanildi. Natijada respublikada kartoshkachilik rivojlandi, aholi ehtiyoji uchun chetdan kartoshka sotib olishga barham berildi. Chorvachilik tarmoqlarida ham ilg‘or texnologiyalar joriy etilmoqda. Polsha, Gollandiya kabi mamlakatlardan malisuldor chorva mollari olib kelinmoqda hamda mahalliy sharoitlarda ularni ko‘paytirishga e'tibor berilmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar vaqtni, mehnatni, mablag'ni tejash imkoniyatini beradi. Natijada mahsulot hajmi, mehnat unumdorligi oshishi, tannarx pasayishi va nihoyat, sof foyda summasi ko'payishini ta'minlaydi.
87
Shuning uchun samarali texnologiyalami yaratishga, ulami hayotga tatbiq etishga doimo katta e'tibor berish lozim.
Mamlakatimizda infratuzilma sohalaridan biri bo‘lgan elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash, tannarxini pasaytirish maqsadida quyosh nuridan elektr energiyasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozim. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz olimlari tomonidan quyosh nuridan elektr energiyasi oluvchi batareyalar yaratilgan va uni ishlab chiqaruvchi korxonalar ham mavjud. Ushbu usulda elektr energiyasi olishni keng joriy etish, ayniqsa, chekka qishloq joylarda quyosh batareyalarini o‘matish va ta’lim muassasalarini, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi minisexlami elektr energiyasi bilan ta’minlash juda yuqori samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |