4.2. Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslaridan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Qishloq xo‘jalik korxonalarini moddiy-texnika resurslari bilan talab darajasida ta'minlashga doimo katta e'tibor berilmoqda. Chunki bu sarflanadigan mehnat hamda mablag1 xarajatlari kamayishi, mehnat unumdorligi yuksalib, foyda summasi ko‘payishi uchun imkoniyat yaratadi. Shunday ekan, qishloq xo‘jalik korxonalarining moddiy-texnika vositalari bilan ta'minlanganlik holati va ulardan foydalanish samaradorligini tahlil qilib borish talab etiladi. Buning uchun quyidagi ko'rsatkichlardan foydalanish mumkin:
a) qishloq xo‘jalik korxonalarining moddiy-texnika resurslari bilan ta'minlanganlik daxajasi. Uning darajasini quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Qxy
Bunda: MTRtd — moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi, so‘m/gektar;
MTRq—xo‘jalikdagi moddiy-texnika resurslarining qiymati,
ming so‘m.
Bu ko'rsatkich yordamida har bir xo'jalik ixtiyoridagi foydalanilayotgan 1 gektar qishloq xo'jalik yeriga yoki ekin maydoniga necha so'mlik moddiy-texnika resurslari to‘g‘ri kelishi aniqlanadi. Uning miqdori me’yor darajasida bo‘lishi lozim. Bu umumiy ko'rsatkich maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda boshqa aniq ko‘rsatkichlar yordamida yanada aniqlashtiriladi.
Ma'lumki, xo‘jaliklar o‘z faoliyatida amalga oshiradigan ishlami tez va sifatli bajarishga intiladi, bu jarayonda texnika vositalari o'rtasida mutanosiblikni ta'minlashga alohida e'tibor berilishi lozim. Chunki, traktorlar ko‘p, ularga tirkaladigan mexanizmlar kam yoki aksi bo‘lsa, kutilgan samaraga erishib bo‘lmaydi. Chorva hayvonlari ko‘p bo‘lib, yem-xashak kam bo'lishi ham foydasizdir. Demak, korxonalar samarali muvozanatdagi moddiy-texnika resurslari bilan talab darajasida ta’minlangan bo‘lishlari kerak.
b) korxonalaming energetik resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi. Uning miqdori xo‘jalikdagi jami energetik resurslar quwatini (ot kuchi
83
hisobida) foydalanilayotgan qishloq xo'jalik yerlari yoki ekin maydoniga taqsimlab aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
E t = ~ ^ ~
Em(Qxy)
Bunda: ERq - jami energetik resurslar quvvati (ot kuchida);
Em (Qxy) - jami ekin maydoni (qishloq xo'jalik yerlari).
d) mehnatning energetik resurslar bilan qurollanganlik darajasi. U jami energetik resurslar quvvatini (ot kuchida) xodimlarning o‘rtacha yillik soniga taqsimlab aniqlanadi. Bunda ushbu formuladan foydalanish mumkin:
Eq-- ERg
' Xs
Bunda: Xs - xodimlarining o'rtacha yillik soni (kishi).
e) ishlaming mexanizatsiyalashganlik darajasi. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun traktor, mexanizmlar, mashinalar yordamida bajarilgan ish hajmi korxona bo'yicha bajarilgan jami ishlar hajmiga taqsimlanadi va natija 100 ga ko'paytiriladi. U quyidagi fonnula yordamida aniqlanadi:
M d = — x 100
Ji
Bunda: M d - ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashganlik darajasi, foizda;
Mi - mashina, traktorlar, mexanizmlar yordamida bajarilgan ish;
Ji - jami bajarilgan ish miqdori.
Bu ko'rsatkich umumiy yoki ayrim ish, ekin turlari bo‘yicha aniqlanishi mumkin. Masalan, ekinlami ekish, ularga ishlov berish, hosilini yig‘ishtirib olish, sigirlami sog'ish va hokazo.
f) yangi texnikalardan, texnologiyalardan foydalanish natijasida xarajatlarning tejalishi. Uning darajasini aniqlash uchun yangi texnika, texnologiya joriy etilmasdan avval qilingan xarajatlardan ular joriy etilganidan so‘ng qilingan xarajatlar miqdori, summasi ayrilib, aniqlangan raqam dastlabki xarajatlarga taqsimlanadi va natija 100 ga ko‘paytiriladi. Uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |