Urmaiov N. J



Download 21,58 Mb.
bet31/134
Sana31.05.2022
Hajmi21,58 Mb.
#621665
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   134
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Moddiy-texnika resurslarining turkumlanishi.


4.1-chizma.


80



Moddiy-texnika resurslarining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi o‘mi va ahamiyati juda ulkan. Chunki takror ishlab chiqarish jarayonida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari talab darajasida yetishtirilishi hamda ish va xizmatlar talab darajasida bajarilishi barcha resurslaming miqdoriga hamda sifatiga bog‘liq. Tarmoqning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi, ishlab chiqarish jarayonlarining amalga oshirilishi asosan moliyaviy resurslar bilan bog‘langan. Shunday ekan, kelajakda qishloq xo‘jaligining moddiy- texnika resurslari talab darajasida baipo etilishiga alohida e'tibor berish zarur.
Xo'jaliklaming moddiy-texnika bazasi qanchalik mustahkam, ya’ni
zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, mexanizmlar bilan yaxshi ta’minlangan bo‘lsa, barcha ishlar shu texnika vositalari yordamida bajarilishi ta’minlanadi. Mehnatning mexanizatsiyalashganligini ko‘rsatuvchi bunday sharoit natijasida qo‘l kuchi bilan bajariladigan ishlar kamayadi. Mehnat unumdorligi oshadi va mahsulot tannarxi pasayishiga, pirovard natijada daromadlaming oshishiga olib keladi. Bu mehnatning xarakteri o‘zgarayotganligidan dalolat beradi, ayni paytda ishchi-xizmatchilaming bilimi, malakasi oshirilishini ham talab etadi.
Qishloq xo'jaligi moddiy-texnika resurslari tarkibida chorva hayvonlari va mevali daraxtlaming ham kirishi tarmoqning muhim xususiyati ekanligiga alohida e’tibor berish, shimingdek, sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilgan moddiy-texnika vositalari, traktorlar, mashinalar, mexanizmlar, dastgohlar, kimyoviy vositalar, yoqilg'i, yog‘lovchi materiallar va boshqalaming ishtirokini ham e'tiborga olish lozim. Ulardan foydalanish samaradorligiga tarmoq ishlab chiqarishining mavsumiyligi ham ta'sir etadi.
Qishloq xo'jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini yaratishda yuqorida ta'kidlangan xususiyatlarni e’tiborga olish, shuningdek, ishlab chiqarishning joylashganligi hamda ixtisoslashganligiga alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga ilg‘or texnologiyalarning joriy etilishini hamda texnologik jarayonlarda bajariladigan barcha ishlami mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish imkonini yaratish lozim.
Qishloq xo'jaligida moddiy-texnika resurslari asosan quyidagi manbalar hisobiga barpo etiladi:
- korxonaning o‘z mablagiari;
- chetdan jalb etiladigan mablagiar.
Birinchi manbaga korxonaning mahsulotlar sotish, ish va xizmatlar bajarish natijasida olayotgan pul daromadlari, taqsimlanmagan foydadan ajratilayotgan mablag', amortizatsiya fondi mablagiari, foydalanilmayotgan ayrim asosiy vositalarini sotishdan, ijaraga berishdan tushgan pul tushumi va boshqa manbalardan olingan mablagiar kiradi.
Ikkinchi manbaga irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari, ekologiya hamda ijtimoiy sohalar uchun davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagiar,


81


banklaming kredit mablagiari, korxona tomonidan aholi va boshqa korxonalar ixtiyoridagi bo‘sh pul mablagiarini jalb etish maqsadida qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarib sotishdan tushgan tushum, turli manbalardan jalb etilayotgan investitsiyalar, homiylaming mablagiari va boshqa manbalardan jalb etiladigan mablagiar kiradi.
Bu manbalardan jalb etilgan mablagiar hisobiga qishloq xo‘jalik korxonalari moddiy-texnika vositalarini ishlab chiqaruvchilaming bevosita o‘zlaridan yoki birjalardan, ko‘rgazmalardan, auksionlardan shartnomalar asosida sotib olib, moddiy-texnika bazalarini mustahkamlashlari, ayrim hollarda foydalanish uchun ijaraga olishlari mumkin. Qishloq xo‘jalik korxonalari moddiy-texnika resurslarini shakllantirishda lizingdan ham keng foydalanishlari lozim. Shunday tartibda shakllantirilgan moddiy-texnika resurslaridan xo‘jaliklar yil mobaynida to‘liq va samarali foydalanishsa, barcha turdagi tadbirlami vaqtida, sifatli amalga oshirishga erishadilar.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda moddiy-texnik ta'minot masalasiga eng ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralayotganligi sababli 2008-yilda tarmoqqa xorijdan 1149 dona BT-150 va T-4A msumidagi zanjirli va 459 ta MXM-140 rasumli haydov traktorlari hamda 386 ta yuqori unumli CLASS kompaniyasining «Dominator-130» rasumli don o‘rish kombaynlari olib kelindi. Lizing asosida qishloq xo‘jalik korxonalariga jami 48,9 mlrd. so'mlik 3459 dona turli xildagi texnikalar yetkazib berildi. 2009-yilda ham 7547 ta texnika lizing, kredit asosida olish orqali texnika ta'minotini kuchaytirish ko'zda tutilgan edi.
Agrofirma, feimer xo‘jaliklari va boshqa xo‘jalik subyektlarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash, ulami zarar texnikalar, minitexnologiyalar va ixcham uskunalar bilan ta'minlashda mamlakatimizda o'tkazilayotgan turli ko‘rgazmalar ham muhim ahamiyatga ega. Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan va an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan qishloq xo‘jaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uslcunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan “Uzbekistan Agrominitech Expo” ko‘rgazma savdolari ham qishloq xo‘jalik korxonalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda muhim omil boTib xizmat qilmoqda. Ushbu ko'rgazma-savdolari doirasida umumiy qiymati 25,2 mlrd. so‘m va 2,2 mln. AQSh dollariga teng boTgan 878 loyiha bo'yicha minitexnologiyalar va ixcham uskunalar olib kelib o‘matilgan. 2008-yildan ko‘rgazma savdosini minitexnologiyalar va ixcham uskunalar ko'rgazma savdosini qishloq xo‘jaligining ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlari bo'yicha o'tkazila boshlandi. 2009-yil 23-sentabrda Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining ”Food Week Uzbekistan” hamda mazkur sohaga oid zamonaviy texnologiyalaming ”Agri Tech Uzbekistan” xalqaro ixtisoslashgan koTgazmalari ish boshladi. Ushbu ko'rgazmalarda mahalliy


82


ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 60 ga yaqin kompaniyaiar o‘zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etdi.
Shu kabi ko‘rgazmalar mazkur sohada faoliyat yurituvchi xorijlik tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va shu orqali sohaga investitsiyalar oqimini ko‘paytirish imkonini beradi.

Download 21,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish