Yer va suv resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish uchun quyidagi tadbirlami amalga oshirish lozim:
- yer-suv islohotlarini doimiy takomillashtirib borish;
- meliorativ holati yomonlashgan yerlarda irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish;
- zamonaviy, samarali texnilcalami, ilg‘or texnologiyalami qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga joriy etish;
- ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan almashlab ekishni yo‘lga qo'yish;
- ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda mahalliy va mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanish;
- agrotexnik tadbirlami sifatli amalga oshirish;
- ishchi va xizmatchilami moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bilan bog'liq bo'lgan masalalami hal etish;
- yer va suv munosabatlarini takomillashtirish va erkinlashtirish.
Qishloq xo'jaligi yerlaridan oqilona foydalanish tadbirlarini quyidagi to‘rtta gumhga ajratish mumkin:
1) tashkiliy tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi:
- ilmiy asoslangan yer tuzish;
73
- hududlar bo‘yicha ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish;
- yagona yer monitoringi tizimini olib borish;
- davlat yer kadastrini to‘liq amalga oshirish;
- davlat va jamoat ekspertizasini yo‘lga qo‘yish;
- yerdan foydalanish va uni muhofazalash nazoratini kuchaytirish va hokazo.
2) huquqiy tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi:
- tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi normalarini takomillashtirish;
- tabiiy resurslar qonunchiligi normalarini takomillashtirish;
- yerdan foydalanish normalarini takomillashtirish;
- ekologik huquqiy mexanizmni takomillashtirish;
- yer huquqbuzarligiga nisbatan jazoning muqarrarligini ta'minlash va hokazo.
3) iqtisodiy tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi:
- holati yomon yerlami imtiyozli soliqqa tortish;
- tuproq muhofazasi tadbirlarini kreditlash;
- qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning yer va suvdan samarali foydalanish bo‘yicha manfaatdorligini oshirish;
- yerlarni rekultivatsiya qilish(qayta tiklash) va meliorativ holatini yaxshi- lashga davlat tomonidan beriladigan ko'makni takomillashtirish va hokazo.
4) texnologik tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi:
- yerlami tubdan rekultivatsiyalash va meliorativ holatini yaxshilash texnologiyalarini ishlab chiqish;
- almashlab ekish tizimini joriy etish va unga qat'iy amal qilish;
- noqishloq xo'jalik va sanoat o'zlashtirishning yagona texnologiyasini yaratish;
- suvlami muhofaza qilish texnologiyasini joriy etish;
- yerlami qayta tiklash texnologiyalarini joriy etish;
- talab etiladigan joylarda ixotazorlar tashkil etish;
- erroziyaga qarshi kurash tadbirlari va sellaming salbiy oqibatlari oldini olish inshootlarini barpo etishni yanada rivojlantirish va hokazo.