Urmaiov N. J


Umumiy ekin maydonidan olingan paxta xomashyosining qiymati bo‘yicha yalpi mahsulotni tuzatish koeffitsiyentlari



Download 21,58 Mb.
bet27/134
Sana31.05.2022
Hajmi21,58 Mb.
#621665
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   134
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Umumiy ekin maydonidan olingan paxta xomashyosining qiymati bo‘yicha yalpi mahsulotni tuzatish koeffitsiyentlari
Umumiy ekin maydonida Tuzatish koeffitsiyentlari paxtaning salmog‘i, foizda
30 0,526
40 0,594
50 0,661
60 0,729
70 0,797

Har xil sifatli yerlar uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining hisoblab chiqilgan daromad me'yori 3.7-jadvalda keltirilgan.


3.7-jadval
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining hisoblab chiqilgan daromad me’yori
Ball Daromad Ball Daromad boniteti me’yori, foizda boniteti me'yori, foizda
10 - 60 18
20 6 70 21
30 9 80 24
40 12 90 27
50 15 100 30

Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish intensivligi darajasiga bog‘liq koeffitsiyent respublika bo‘yicha o‘rtacha darajaga nisbatan viloyatlar uchun quyidagi ko‘rsatkichlarda qabul qiligan: Andijon - 1,2, Toshkent - 1,2, Samarqand - 1,2, Surxondaryo - 1,3, Farg‘ona - 1,1, Namangan - 1 ,1 , Xorazm


- 1,0, Buxoro - 1,0, Jizzax - 0,8, Qashqadaryo - 0,8, Navoiy - 0,8, Sirdaryo -
0,8, Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 0,7, respublika bo‘yicha - 1,0.


69


Sug‘oriladigan yerlaming me’yoriy bahosini aniqlashda shu yeming aholi yashash joylariga va mahsulotlar sotiladigan bozorga nisbatan joylashuvi hisobga olinadi va tegishli tuzatish koeffitsiyentlari qo‘llaniladi (3.8-jadval).
3.8-jadval
Sug‘oriladigan yerlarning me'yoriy bahosiga uning aholi yashash va mahsulotni topshirish joylaridan qanday uzoqlikda joylashganligi bo‘yicha tuzatish koeffitsiyentlari
Aholi yashash joyidan Mahsulotni topshirish Tuzatish uzoqligi, km joyidan uzoqligi, km koeffitsiyenti
2 gacha 1,50
2-4 1,47
4-6 4 gacha 1,44
6 dan yuqori 1,41
o'rtacha 1,46
2 gacha 1,38
2-4 1,35
4-6 1,32
6 dan yuqori 4-8 1,29
o'rtacha 1,33
2 gacha 1,26
2-4 1,23
4-6 8-12 1,21
6 dan yuqori 1,19
o‘rtacha 1,22
2 gacha 1,17
2-4 1,15
4-6 12-16 1,13
6 dan yuqori 1,11
o‘rtacha 1,14
2 gacha 1,09
2-4 1,07
4-6 16-20 1,05
6 dan yuqori 1,03
o‘rtacha 1,06
2 gacha 1,01
2-4 1,00
4-6 20 dan yuqori 1,00
6 dan yuqori 1,00
o‘rtacha 1,00
70

www.ziyouz.com kutubxonasi



Viloyat markaziga nisbatan xo'jalik 10-20 km radiusda joylashgan bo‘lsa ushbu koeffitsiyentlar 10-15 foizga, Toshkent shahri atrofida esa 20-30 foizga oshirilishi mumkin.
Bahorikor yerlarda faqat yog'ingarchiliklardan tuproqda yig'ilgan namlik hisobigagina qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish mumkin. Mamlakatimizda bahorikor yerlar o‘ziga xos iqlim sharoitiga ega, ko‘p yillar mobaynida yillik o'rtacha yog‘ingarchilik 200 mm dan 500 mm gacha yog‘adigan joylarda joylashgan. Amalda yog‘ingarchilik bilan ta'minlangan, yarim ta'minlangan va ta'minlanmagan yerlarga baho beriladi. Bu boTinish tuproqning vertikal qismlar bo‘yicha joylashuviga mos keladi. Yuqori qismda joylashgan qo‘ng‘ir va bo‘z tuproqli yerlarga yog‘ingarchilik bilan ta'minlangan, o‘rta qismdagi tipik bo‘z tuproqli yerlarga yarim ta’minlangan va pastki qismda joylashgan och bo‘z tuproqli yerlarga yog‘ingarchilik bilan ta'minlanmagan bahorikor yerlar to‘g‘ri keladi.
Bahorikor yerlarda yetakchi qishloq xo‘jalik ekini boTib boshoqli don hisoblanishini e'tiborga olib, bahorikor yerlaming me'yoriy bahosi shu ekin bo'yicha hisoblab chiqiladi. Ko‘p yillik maTumotlar bo‘yicha o‘rtacha hosildorlik yog'ngarchilik bilan taTninlanmagan bahorikor yerlarda 3,5 s/ga, yarim ta'minlangan bahorikor yerlarda 6,5 s/ga va yog'ingarchilik bilan ta'minlangan bahorikor yerlarda esa 9,0 s/ga atrofida boTadi.
Me'yoriy sof foyda va 1 gektar bahorikor yerning me'yoriy bahosi sug‘oriladigan yerlar uchim keltirilgan formulalar yordamida aniqlanadi. Zamrat boTgan hollarda bahorikor yerlarning me'yoriy bahosiga 3.8-jadvaldagi koeffitsiyentlar orqali tuzatish kiritiladi.
Barcha xorijiy mamlakatlarda davlat mulkdorlaming yerdan maqsadli foydalanishi va huquqiy rejimga mos kelishini qattiq nazorat qiladi. Masalan, Fransiyaning fuqarolik kodeksi yerga ishlov bermaydigan, tuproq unumdorligi pasayishiga yo‘1 qo‘ygan yoki jamiyat manfaatlariga zarar yetkazuvchi mulkdorlardan yemi olib qo‘yilishi mumkin boTgan holatlami ko‘zda tutgan. Germaniyada barcha qishloq xo'jalik yerlari mulkdorlari ulardan yemi tortib olinishi xavfi borligi tufayli yerga ishlov berishga majburdirlar.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda mulkchilik va ijara bir-birining o‘rnini bosuvchi yer huquqining asosiy shakllari hisoblanadi. Keng tarqalgan fikrlarga qaramasdan, xorijda yer mulkdoiiari o‘z yer uchastkalarini boshqarish huquqini mutlaqo erkin tasarmf eta olmaydilar. Hamma joyda yer uchastkalarini sotish va ijaraga berish, ulami meros qoldirish, garovga berish, sovg‘a qilish tartibini o'matish shaklida amalga oshiriladigan yer munosabatlariga davlatning kuchli aralashuvi mavjud. Ba’zi mamlakatlarda yer huquqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri cheklovlardan tashqari bilvosita xarakterga ega, lekin undan kam boTmagan samaraga ega chora-tadbilar ham muvaffaqiyat bilan qoTlanilmoqda. Masalan, ushbu maqsadlarda Angliyada quyidagi tartibga solish vositalari ishlatiladi: yer


71


oldi-sotdi bitimlariga yuqori soliq stavkalari; yer sotib olishda kredit uchun yuqori foizlar; yemi sotib olish uchun kredit rasmiylashtirishda sezilarli byurokratik to‘siqlar va hokazo.
Xorij mamlakatlarining yer resurslaridan foydalanish jarayonlarini boshqarish tajribalarini umumlashtirish quyidagi xulosalami keltirib chiqarishga imlcon beradi:
• dunyoning hech bir mamlakatida yerga cheklanmagan mulkchilik mavjud emas, har qanday mulk shaldining amal qilishi jamiyat va davlat manfaatlarining ustunligini ta'minlashni inobatga oladi;
• barcha rivojlangan mamlakatlarda davlat yer munosabatlarini huquqiy va iqtisodiy tartibga solish, yer resurslaridan foydalanish va ulami saqlash bo'yicha nazoratni amalga oshirish orqali yer munosabatlariga faol aralashadi;
• yer bozori (ayniqsa qishloq xo'jalik yerlariga nisbatan) davlat tomonidan qat'iy chegaralanadi va nazorat qilinadi, bu yer uchastkalari bozori aylanmasi tezligida namoyon bo‘ladi:
• rivojlangan xorijiy mamlakatlarda yer resurslarini boshqarishda davlatning yetakchilik rolini saqlash uchun mulkchilikdan yer uchastkalari ijarasiga o'tish ustuvorligiga erishish tendensiyasi shakllanmoqda;
• dunyoning barcha mamlakatlarida unumli qishloq xo‘jalik yerlarini noqishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun oborotdan chiqib ketishidan himoyalash maqsadida qishloq xo'jalik yer egaligi va yerdan foydalanishning ustuvorligi tamoyillari rasman e’lon qilingan va qat'iyan amalga oshiriladi.
Qishloq xo'jalik yerlarini noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun ajratishni cheklash, turli toifadagi yerlar qiymatini baholash, yemi qurilish maqsadlari uchun ajratishda bir martalik to‘lovlar miqdori hamda soliq stavkalarini belgilashda yuqorida izohlangan xorij mamlakatlari tajribalaridan 0 ‘zbekiston sharoitida ham amalda foydalanish mumkin.
Mamlakatimizda keyingi yillarda yog'ingarchilik miqdori kamayishi munosabati bilan suv resurslari tanqisligi sezilmoqda. Masalan, 2008-yilda bahor oylarida yog'ingarchilikning kam boiishi natijasida mamlakatimiz qishloq xo'jaligi tarmogi talab etiladigan me'yoming 75 foizi miqdoridagi suv bilan ta'minlandi xolos. Shu sababli respublikamiz hukumati tomonidan suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va suv resurslaridan foydalanishning zamonaviy, tejamli usullaridan foydalanishga e'tibor kuchaytirilmoqda. 2008-yil 28-noyabrdagi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ulaming barqaror ishlashini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish chora- tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi PF-4058-sonli Farmonida 2009-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida 2 ming gektarli umumiy maydonda, shu jumladan xorijiy sarmoyadorlami jalb
72


etgan holda qishloq xo'jalik ekinlarini tomchilab sug‘orish texnologiyalarini joriy etish nazarda tutilgan edi.
Mamlakatimizning ayrim hududlarida ilmiy asoslangan holda sel
suvlarini saqlab qoluvchi inshootlami barpo etish orqali ham suv resursi bilan ta'minlanganlikni yaxshilash va sug'oriladigan yerlar maydonini oshirishga erishish mumkin.
Snv resurslaridan unumli foydalanish ustidan qat'iy nazorat o'rnatish va sug‘orishning zamonaviy usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Egat oralab sug‘orish mamlakatimizda awaldan foydalanib kelinadi. Bu sug‘orish usuhning bir qator afzalliklari bilan birga, kamchiliklari ham mavjud. Awalo, sug‘oriladigan suvning o'rtacha 25-36 foiz (ayrim joylarda 60 foizgacha) qismi yerga singadi, yeming tekisligi talabga nihoyatda javob berishi zarur, ma'lum qiyalik saqlanishi e'tiborga olinadi. Shu jihatdan qaraganda sug‘orishning tejamkor usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Joylaming tabiiy-meliorativ sharoitlarini hisobga olgan holda yomg'irlatib, tuproq ostidan, tomchilatib sug'orish usullarini qo‘llash katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu usullami qo'llash natijasida ekinzorlami bir yo‘la katta hududlarda sug‘orishga erishiladi. Shuningdek, sug‘orish me’yori kamida 50-
60 foizga qisqaradi, hosildorlik oshadi, begona o'tlaming o‘sishi juda ham kamayadi, grunt suvlarining sathi ko‘tarilmaydi va hokazo.



Download 21,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish