Urmaiov N. J



Download 21,58 Mb.
bet127/134
Sana31.05.2022
Hajmi21,58 Mb.
#621665
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   134
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Talab
Mulkka egalik qilish — mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklami o‘zlashtirishning iqtisodiy shakli.


293


Mulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanishi, ya'ni uning nafli jihatlarining bevosita iste'mol qilinishi.
Mulkni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Oilaviy biznes - tadbirkorlik faoliyatining o'zaro qon-qardoshlik aloqalari bilan bog‘liq bo'lgan kishilar guruhi (asosan oila a'zolari) tomonidan birgalikda yuritishga asoslangan shakli.
Ozuqa birligi - 1 ozuqa birligi sifatida 1 kg sulining to‘yimlilik qiymati asos qilib olingan.
Preferensiya - shartnoma bo'yicha beriladigan ustunlik, imtiyozli shart- sharoitlar.
Proteksionizm - davlatning milliy iqtisodiyot va mahalliy ishlab chiqaruvchilami xorij raqobatidan himoya qilish siyosati. Bunda mamlakatga olib kelinayotgan ayrim tovarlarga yuqori bojlar belgilanadi, ba'zi tovarlami olib kelish cheklanadi yoki umuman ta'qiqlanadi.
Ratsion - mollaming fiziologik holatini hisobga olgan holda bir sutkada beriladigan yem-xashak miqdori.
Renta - yer egalarining qishloq xo‘jaligi yerlarini foydalanishga berishdan oladigan pul mablag‘lari. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratilgan qo‘shimcha mahsulotning bir qismi yer egalari tomonidan o‘zlashtiriladi. Yer rentasi yerga mulkchilikning paydo bo'lishi bilan shakllangan. Monopol, differensial va absolyut rentalar mavjud.
Rekultivatsiya - holati yomonlashgan yer maydonining barcha xususiyatlarini qayta tiklash.
Rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljal!angan yerlar - aholining ommaviy dam olishi va turizmni tashkil etish uchun tegishli muassasalar va tashkilotlarga berilgan yerlardir.
Resurslar - 1) imkoniyat, boylik manbai, vosita; 2) ishlab chiqarishni ta'minlaydigan omil va vositalar. Iqtisodiy resurslar quyidagilami o‘z ichiga oladi: moddiy (xomashyoviy, tabiiy), mehnat, kapital va information resurslar.
Retsessiya — uzluksiz ikki chorak davomida aniqlanadigan inqiroz, ishchanlik faolligining pasayishi. Real yalpi milliy mahsulotning kamayishi, iqtisodiy tushlcunlik.
Sekyuritizatsiya - qimmatli qog'ozlardan ssuda kapitali harakatini ta’minlash maqsadida foydalanishni kengaytirish jarayoni bo‘lib, boshqa moliyaviy instrumentlarga an'anaviy qimmatli qog‘ozlar shaklini berish.
Servitut - o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi bo‘lib, qo‘shni bo‘lgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir. Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin: o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish; o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o'tkazish; o‘zganing yer


294


uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va quvurlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o'tkazish va ulardan foydalanish; o‘zganing yer uchastkasidan ekinzor va mollami sug‘orish uchun suv olish; mollami o'zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish; o‘zganing yer uchastkasidan qidimv, tadqiqot va boshqa ishlami bajarish uchun vaqtincha foydalanish; o'zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish. Servitut, uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan o‘zga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qaroriga binoan belgilanadi.
Shartli qoramol - xo‘jalikdagi chorva mollari jami bosh sonini hisoblashda qo‘llaniluvchi o'lchov birligi bo'lib, chorva mollarini shartli qoramol oMchovida ifodalash uchun tegishli koeffitsiyentlardan foydalaniladi.
Subvensiya - hukumat mahalliy organlariga yoki xo'jaliklaming turli bo‘g‘inlariga davlat tomonidan beriladigan moliyaviy yordam turi.
Subsidiya - bahoni quwatlash usuli, davlat baholar o'rtasidagi farqni to‘laydi; pul yoki naturako‘rinishidagi yordam, nafaqa.
Sug‘orish me’yori - bir marta sug‘orish uchun kerak bo‘ladigan suv miqdori.
Tadbirkorlik faoliyati - shakli, turi va sohasidan qat'i nazar, foyda olish va uni ko‘paytirish maqsadida amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyat.
Talab - ma'lum vaqt oralig‘ida, narxlaming mavjud darajasida iste’molchilaming tovar va xizmatlar maTum turlarini sotib ohshga qodir boTgan, pul bilan ta’minlangan ehtiyoji.
Tender - 1) bozorda obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlami taklif etish vositasi; 2) xalqaro savdo shakli; 3) tanlov, talabgorlar o'rtasidagi raqobat.

Download 21,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish