Mamlakatimiz bo‘yicha 2008-yilda uzum maydoni, hosildorligi va yalpi hosili to‘g‘risida ma’lumot
Aholisi Yal pi hosil Hosil- soni, Maydoni, ming 2007- dorlik,
Viloyatlar ming ming ga tonna yilga s/ga
kishi nisbatan,
foizda Respublika 27313,7 125,4 791,0 89,9 77,4
bo'yicha jami
Qoraqalpog'iston 1612,3 0,5 3,2 109,0 54,4 Respublikasi
Andijon 2477,9 4,2 30,5 118,9 86,8
Buxoro 1576,8 9,5 73,5 55,0 89,9
Jizzax 1090,9 4,9 19,1 104,4 47,2
Qashqadaryo 2537,6 8,6 35,2 81,4 55,8
Navoiy 834,1 6,5 39,6 101,9 63,6
Namangan 2196,2 12,8 64,6 101,3 55,8
Samarqand 3032,0 38,6 299,1 100,9 97,3
Surxondaryo 2012,6 14,7 46,0 48,8 43,2
Sirdaryo 698,1 1,5 6,6 104,7 56,3
Toshkent 2537,5 16,6 95,2 112,9 71,7
Farg‘ona 2997,4 4,9 56,4 106,2 134,0
Xorazm 1517,6 2,1 22,0 112,8 114,0
Manba: Davlat statistika qo'mitasi axborotnomasi ma'lumotlari.
Ushbu jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda uzum maydoni bo'yicha Samarqand, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari boshqa viloyatlarga nisbatan ancha yuqori ko‘rsatkichga ega. Uzum yetishtirish hajmi bo‘yicha Samarqand va Toshkent viloyatlari yetakchi o‘rinni egallaydi. Hosildorlik darajasi bo‘yicha esa Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida yuqori natijalarga erishilgan.
262
Iqlim sharoitlari va quyosh energiyasining optimal tushishi ta'sirida yurtimizda yetishtirilayotgan meva va uzumning sifati va ta’m xususiyatlari juda yuqori darajada bo‘ladi. Shu sababli respublikamizda yetishtirilgan mevalarga xorijiy mamlakatlarda, ayniqsa Rossiya Federatsiyasida talab yuqori. Shuni e'tiborga olgan holda, meva va uzum yetishtirishni ko‘paytirish, aholi ehtiyojlarini to'liq qondirish hamda xorijiy mamlakatlarga eksport qilishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tadbirlami izchil amalga oshirib borish lozim.
Amalga oshirilayotgan islohotlar va hukumatimiz tomonidan qaratilayotgan e'tibor tufayli mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash borasida ijobiy natijalarga erishilmoqda. Bunda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-oktabrdagi «Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlami optimallashtirish va ulami yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 4041-sonli Farmoni va 2009-yil 26-yanvardagi «Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozomi to‘ldirish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Q-1047-sonli qarorini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Bundan tashqari Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturida ham oziq- ovqat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu me’yoriy hujjatlarga muvofiq tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda hamda qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirishga erishilmoqda.
Mamlakatimizda 2008-yilda kartoshka ekilgan maydon 7,1 foizga, sabzavot ekin maydoni 1,4 foizga, poliz ekinlari maydoni 11,0 foizga oshgan boisa, chorva ozuqasi ekinlari maydoni 4,2 foizga qisqargan va 278,1 ming gektami yoki umumiy ekin maydonining 7,7 foizini tashkil etgan. Bunday hol ekinlarni almashlab ekishga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun kelajakda ekin maydonlari salmog‘ini tartibga solishda almashlab ekish joriy etilishini ta'minlashga alohida e'tibor berish lozim.
Surxondaryo viloyatida ham qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i hisoblangan dehqonchilikni rivojlantirishga katta e'tibor berilmoqda. 2008- yilda viloyatda 345,6 ming tonna paxta xomashyosi va 607,2 ming tonna don tayyorlangan.
2008-yilda Surxondaryo viloyatida 123 ming gektar yerga paxta ekilgan bo‘lib, 345,6 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirildi. Viloyatda 99,2 ming gektarga, shu jumladan 95,0 ming gektar sug‘ori!adigan va 4,2 ming gektar lalmi maydonlarga boshoqli don ekilgan bo'lib, barcha toifadagi xo‘jaliklarda 607187 tonna don, shundan 585736 tonna boshoqli don, shu jumladan 578379 tonna bug‘doy tayyorlandi. Jami tayyorlangan donning 481854 tonnasi umumiy sektorda va 125333 tonnasi dehqon xo‘jaliklarida yetishtirildi. 2008-yilda viloyatda barcha turdagi xo‘jaliklarda 105,9 ming tonna kartoshka ishlab chiqarilib, 2007-yilga nisbatan 109,7 foizni tashkil
263
www.ziyouz.com kutubxonasi
etgan. Bundan tashqari 369183 tonna sabzavot yetishtirilgan bo‘lib, uning 89927 tonnasi umumiy sektorda, 279256 tonnasi dehqon xo'jaliklarida ishlab chiqarilgan. Surxondaryo viloyatida 2008-yilda 93275 tonna poliz mahsulotlari, 46029 tonna uzum va 77523 tonna ho‘l meva ishlab chiqarildi.
Dehqonchihkning respublikamiz hamda qishloq xo‘jalik korxonalari iqtisodiyotidagi o‘mini, ahamiyatini e'tiborga olgan holda kelajakda ulami rivojlantirish va samaradorligini yuksaltirish eng asosiy vazifalardan biridir. Bu muammoni ijobiy hal etish uchun, avvalo, erkin bozor talabiarini e'tiborga olgan holda qanday turdagi dehqonchilik mahsulotlarini va qancha miqdorda yetishtirish zarurligini aniqlab olish lozim. Bunda davlatning qanday mahsulotlarga va qancha miqdorda ehtiyoji borligini aniqlashga alohida e'tibor berish lozim. Chunki davlat aholi ehtiyoji uchun zamr tovar ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyozlar yaratmoqda.
Xo'jaliklar boshqa iste'molchilaming qisqa va uzoq muddatli talablarini ham chuqur o'rganishlari hamda o‘z ichki ishlab chiqarish ehtiyojlarini aniqlab olishlari lozim. Qaysi mahsulotni va qancha miqdorda yetishtirish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlashda ulaming samaradorligini e'tiborga olish zamr. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo'jalik kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta'minlaydigan miqdorda foydaga erishishi lozim. Yuqorida ta'kidlangan masalalami hal etishda ekinlami almashlab ekishning nazariy hamda amaliy jihatdan asoslangan tizimi joriy etilishiga ham alohida e'tibor berish kerak. Chunki bu tuproqning unumdorligi oshishini ta'minlaydi va chorvachilikning mustahkam ozuqa bazasi bilan ta’minlanishiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Dehqonchilik mahsulotlarini belgilangan miqdorda yetishtirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini: ulaming turlarini, miqdorini hamda holatini aniqlab olish alohida ahamiyatga ega. Chunki ular yordamida mahsulot yetishtirish jarayonlari belgilangan muddatlarda, sifatli bajarilishi ta’minlanadi. Natijada ishlab chiqarish xarajatlari tejaladi foyda hajmi oshadi.
Dehqonchilik tarmoqlarida yetishtirilayotgan mahsulotlaming samaradorligi bir qancha ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Ular miqdor (natural) va qiymat shaklida namoyon bo‘lib, quyidagi ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi:
a) ekin turlari bo‘yicha 1 gektar maydondan olingan hosil, ya’ni ekinlaming hosildorligi. Uni aniqlash uchun jami yetishtirilgan hosilni shu hosil olingan ekin maydoniga taqsimlash lozim. Buning uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Em
Bunda: H d - ekinlarning hosildorlik darajasi, sentner/ga;
YaH— olingan yalpi hosil, tonna yoki sentner;
264
Em - ekin maydoni, ga.
b) ekinlaming turlari bo'yicha ishlab chiqarish tannarxi. Uni jami ishlab chiqarish xarajatlar summasining olingan mahsulot miqdoriga nisbati bilan, ya'ni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
M. . tt = 'LlChX
— — --------
YaH
Bunda: Mtt - mahsulot turini yetishtirish tannarxi, so‘m/sentner. Bu ko‘rsatkich yetishtirilgan har bir mahsulotning bir sentneri necha so‘mga tushganligini ko'rsatadi.
d) Mahsulot turlari bo'yicha rentabellik darajasi. Ushbu ko'rsatkich mahsulotlami sotishdan olingan foydani ushbu mahsulotlarning ishlab chiqarish xarajatlariga bo‘lish va natijani 100 ga ko‘paytirish orqali topiladi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Bunda: R - har bir mahsulot turining, dehqonchilik tarmog'ining rentabellik darajasi, foizda;
SF - olingan sof foyda, ming so‘m.
Barcha vositalardan yil davomida to‘g‘ri, to'liq hamda samarali foydalanish orqali talabni qondiradigan miqdorda sifatli dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish, ulaming samaradorligini yuksaltirish uchun muayyan chora-tadbirlami amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |