13.3. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida dehqonchilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotiar.
Globallashuv sharoitida dunyo iqtisodiy inqiroz domida bo‘lishiga qaramay, 0 ‘zbekistonda mazkur salbiy jarayon oqibatlarining nafaqat oldi olindi, balki barqaror iqtisodiy rivojlanish ham ta'minlanmoqda. Bunday ijobiy natijaga Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan, islohotlarni amalga oshirishning besh tamoyiliga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni yuritish hamda inqirozga qarshi choralarni o‘z vaqtida qabul qilish tufayli erishildi.
2009-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o'sishi 8,1 foizni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sishi - 9 foizni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari - 5,7 foizni, chakana tovar aylanmasi - 16,6 foizni, pullik xizmatlar ko‘rsatish hajmining o‘sishi 12,9 foizni tashkil qildi. Davlat budjeti unda belgilangan xarajatlami kamaytirmagan holda barqaror ravishda profitsit bilan ijro etildi, inflatsiya darajasi esa prognoz ko‘rsatkichdan oshmadi va 7,4 foizni tashkil etdi.
265
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan o‘z vaqtida qabul qilingan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘l!ab- quwatlash, ulaming barqaror faoliyatini ta’minlashga va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan Inqirozga qarshi choralar dasturi Xalqaro valyuta jamg'armasi tomonidan mintaqaning barcha mamlakatlari orasida inqirozga qarshi kurashish bo‘yicha eng samarali choralar sifatida qayd etilgani bejiz emas.
2008-yil 28-noyabrda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Iqtisodiyotning real sektori koTxonalarini qo'llab-quvvatlash, ulaming barqaror ishlashini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi PF-4058-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga muvofiq iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quwatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur dastuming ikkinchi qismida mamlakatimizning tovar ishlab chiqaruvchilari va xizmat ko'rsatuvchilari mahsulotiga ichki talabni noinflyatsiyaviy rag‘batlantirish bo‘yicha choralar belgilab berilgan. Unda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha qo'shimcha choralarga bag‘ishlangan alohida punkt bo‘lib, quyidagi tadbirlami amalga oshirish nazarda tutilgan:
- aholini oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlari bilan barqaror ta’minlash maqsadida viloyatlar hokimliklari qoshida meva-sabzavot mahsulotlari va kartoshka yetishtirishga bo‘nak ajratish, xarid qilish, transportga yuklash, saqlash va ulgurji savdosi bo'yicha ixtisoslashtirilgan kompaniyalar tashkil etish hamda yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan kompaniyalarga aylanma mablag‘lar ajratish va zarur moddiy-texnik bazani ularga ijaraga berish. Shu maqsadda meva-sabzavot mahsulotlari va kartoshka yetishtirish uchun avans ajratish, ulami xarid qilish, tayyorlash, saqlash va ulgurji sotish bo‘yicha 13 ta hududiy ixtisoslashtirilgan “Mevasabzavot- tayyorlovsavdo” kompaniyalari tashkil etildi;
- 2009-yilda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini joylashtirishni optimallashtirish va samaradorligini oshirish hisobidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish: sabzavotlarni - 5,6 foizga, poliz ekinlarini - 6,6 foizga, kartoshkani - 6,2 foizga ko‘paytirish;
- har bir tumanda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi yengillashtirilgan konstmksiyali 5-6 ta issiqxona barpo etish. 2009-yilning birinchi yarmida umumiy maydoni 341 gektarga teng bo'lgan yengillashtirilgan konstruksiyali, muqobil issiqlik manbalaridan foydalanuvchi 648 ta issiqxona tashkil etildi;
- 2009-yilda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida 2 ming gektarli umumiy maydonda, shu jumladan xorijiy
266
sarmoyadorlami jalb etgan holda qishloq xo'jalik ekinlarini tomchilab sug'orish texnologiyalarini joriy etish;
- meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari va
agrofirmalariga bo'nak tarzida va xaridlar bo‘yicha hisob-kitoblar uchun naqd pul mablag‘lari berilishi ustidan muntazam nazorat olib borish.
2009-yilning birinchi yarmida iqtisodiyotning agrar tarmog'i samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks choralar doirasida, eng avvalo, qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo'yicha zamonaviy korxonalami barpo etish ishlarini jadallashtirish evaziga hisobot davrida meva-sabzavot, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlovchi minitexnologiyalar bilan jihozlangan 66 ta korxona tashkil etildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-oktabrdagi
«Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlami optimallashtirish va ulami yetishtirishni ko'paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 4041-sonli Farmoni va 2009-yil 26-yanvardagi «Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 1047-sonli qarori e’lon qilindi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirishga e’tibor kuchaytirildi. Jumladan, Surxondaryo viloyati hokimining 2008-yil 23-oktabrdagi 169-sonli qaroriga ko‘ra, 2009-yil hosilidan boshlab paxta ekib kelingan yer maydonidan 3400 gektari oziq-ovqat ekinlari ekish uchun ajratilgan. Shu maydonning 3000 gektari g'alla, 115 gektari sabzavot, 30 gektari kartoshka va 255 gektari moyli ekinlar uchun ajratilgan.
Bundan tashqari "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturida ham dehqonchilikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Ushbu dasturda 2009-yil mobaynida quyidagi ishlami amalga oshirish nazarda tutilgan edi:
- barcha mintaqalarda ilg'or xorijiy texnologiyalarni joriy etgan holda meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini saqlash, chuqur qayta ishlash va idishlarga joylash bo'yicha korxonalar tashkil etish (8 ta yangi korxona tashkil etish va 12 ta mavjud korxonani modemizatsiya qilish);
- yetakchi xorijiy kompaniyalar - mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilami jalb etgan holda minitexnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar bo'yicha doimiy ishlaydigan ko'rgazma-savdolar va yaimarkalar tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |