7.5-chizma.
Aholi turmush darajasini oshirish va farovonligini yuksaltirishda
ijtimoiy infratuzilma xizmatlarining ham roli beqiyosdir. Shvmga ko‘ra,
mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Keyingi yillarda respublikamizda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish borasida
ahamiyatli yutuq va muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.
2009-yilda qishloq joylarda infratuzilmaning rivojlantirilishi bo‘yicha
ijobiy ishiar amalga oshirildi (7.3-jadval).
7.3-jadvaI
2009-yilda qishloq joylarda infratuzilmaning rivojlantirillshi
Ko‘rsatkich
Reja
Amalda
Bajarilishi,
foizda
Tabiiy gaz ta'minoti, km
180,4
197,2
109,3
Ichimlik suv tarmoqlari quvurlarini
qurish, km
1168
1665
142,6
QAP ichimlik suv ta’minoti obyektlarini
rekonstruksiya qilish, QAP
304
366
120,4
Obodonlashtirish boshqarmalarini
maxsus texnikalar bilan jihozlash. dona
2086
2100
100,7
1991-yilgacha qurilgan ko‘p qavatli
uylami mukammal ta'mirlash, dona
125
134
107,2
152
www.ziyouz.com kutubxonasi
Jadval ma’lumotlaridan ko'rinadiki, 2009-yil davomida qishloq joylarda
197,2 km uzunlikdagi tabiiy gaz, 1665 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmoqlari
quvurlarini tortish, 366 ta qishloq aholi punktlarida (QAP) ichimlik suv
ta'minoti obyektlarini rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish boshqarmalarini
2100 dona maxsus texnikalar bilan jihozlash, 134 ta ko‘p qavatli uylami
inukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.
Mamlakatimizda elektr ta'minoti tizimini rivojlantirish bo'yicha ko‘plab
ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2009-yilda bir nechta kichik
stansiyalami o‘z ichiga olgan “Yangi Angren-0‘zbekiston“ elektr uzatish
liniyasi va “G‘uzor-Surxon” yuqori voltli elektr uzatish liniyasini qurish
bo'yicha strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida
mamlakatimizda yagona elektr tizimini tashkil etish ishlari yakunlandi.
Aholining turmush farovonligi uchun zarur ijtimoiy infratuzilma
obyektlaridan biri - bu aloqa xizmatidir. “0 ‘zbektelekom” aksiyadorlik
kompaniyasi “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi ijrosini
ta'minlash maqsadida bir qator ibratli ishlami amalga oshirdi. Jumladan,
tespublikamiz hududlaridagi 72 ta analog qishloq telefon stansiyalari
rekonstmksiya qilinib, mavjud ijtimoiy muassasalar to‘liq telefonlashtirilishi
ko‘zda tutilgan. Hozirda mamlakatimizdagi shifoxonalarning 96,8 foizi,
akademik litseylaming 98,4 foizi, kasb-hunar kollejlarining 92,6 foizi, maktab
va bolalar bog‘chalarining 70,0 foizi zamonaviy aloq tizimidan samarali
foydalanmoqda.
Kompaniyaning
“Qishloq joylarida
simsiz
aloqadan
foydalanish tarmog‘ini kengaytirish” loyihasi doirasida respublikamiz shimoliy
hududlarida qo‘shimcha ravishda 20 ta baza stansiyasi ishga tushirildi.
Aholi turmush farovonligini oshirishning muhim ko‘rsatkichlaridan biri
sifatida uy-joylami qurish va foydalanishga topshirish ishlarining jadallashuvi
natijasida yillar davomida umumiy uy-joy fondi hajmi oshib bormoqda. 2002-
yil holatiga uy-joy fondi 360,9 mln. kv.m dan iborat bo‘lsa, 2006-yilga kelib bu
ko‘rsatkich 386,9 mln. kv.m ga, o'rtacha har bir yashovchiga hisoblaganda esa
14,3 kv.m dan 14,6 kv.m ga qadar oshgan.
Ijtimoiy soha obyektlari qatorida ta'lim muassasalarining ham ahamiyati
katta. Mamlakatimizda ta'lim muassasalarini rivojlantirish, ulaming mazmunini
sifat jihatidan takomillashtirish borasida ahamiyatli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini
rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, dunyoning hech
qaysi mamlakatida kuzatilmaydigan uch bosqichli sport musobaqalari tashkil
etilgan bo‘lib, bu o‘quvchi va talabalami, umuman yoshlarimizni sportga
ommaviy jalb etishda yuqori samara beruvchi tizimga aylandi. Shu
maqsadlarda ko‘p!ab sport inshootlari barpo etilmoqda. Qishloq joylarida ta’lim
tizimi va bolalar sporti moddiy-texnik negizini mustahkamlash maqsadida
ko'plab obyektlar ishga tushirilmoqda. Bu esa qishloqlarimizdagi yoshlaming
153
www.ziyouz.com kutubxonasi
keng va yorug* binolarda, zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan o ‘quv
xonalari va laboratoriyalarda bilim olishlari hamda sport bilan shug'ullanishlari
uchun moddiy asos yaratadi.
2010-yilda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni qurish,
rekonstruksiya qilish va jihozlash, shuningdek, maktablaming moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish yakuniga
yetkazildi.
Umuman olganda, 2005-2010-yillar davomida 7 ming 800 dan ortiq
umumta’lim muassasasi, qariyb 1 ming 500 ta kasb-hunar kolleji va akademik
litsey barpo etildi va rekonstruksiya qilindi. Faqat 2010-yilda maktablar, kasb-
hunar kollejlari va litseylarda 2 ming 300 tadan ziyod kompyuter texnikasi va
multimedia uskunasi o‘matildi.
Unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy jihatdan tarbiyalash va
bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan dastumi amalga oshirish bo‘yicha
ishlar izchil davom ettirildi. Buning natijasida faqat 2010-yilning o‘zida 72 ta
sport inshooti, 27 ta suzish havzasi foydalanishga topshirildi, umumiy qiymati
3 million AQSh dollariga teng bo'lgan sport inventarlari va uskunalar ioylarga
yetkazib berildi.
Bugungi kunda umumta'lim maktablari o‘quvchilarining har uch
nafaridan biri turli seksiya va to'garaklarda sport bilan muntazam
shug‘ullanmoqda.
2010-yilda yosh avlodning ijodiy qobiliyati va ma'naviyatini
yuksaltirishga qaratilgan musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash bo‘yicha qabul qilingan dastumi amalga oshirish
boshlandi. Agar 2009-yilda oltita musiqa va san’at maktabi qurilgan va
rekonstruksiya qilingan bo‘lsa, 2010-yilda 46 ta ana shunday maktab
foydalanishga topshirildi. Ulaming qurilishiga 51 milliard so'mdan ortiq kapital
mablag‘ yo‘naltirildi.
Ma'lumki,
2008-yil
5-dekabr
kuni
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 16 yilligi munosabati bilan o‘tkaziigan
tantanali yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan 2009-yil «Qishloq taraqqiyoti va
farovonligi yili» deb e ’lon qilindi. Prezidentimiz o‘z ma'mzalarida qishloqda
taraqqiyot va farovonlikni ta’minlashning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini
belgilab berdilar:
- qishloqda turmush darajasini oshirish;
- qishloq ahlining manfaatlarini yanada to‘liq ta'minlashga qaratilgan
huquqiy bazani mustahkamlash;
- qishloq joylardagi infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish;
- qishloq hayotining saviyasi va madaniyatini yangi pog‘onaga ko‘tarish;
- qishloq aholisi, eng avvalo, yoshlami ish bilan ta'minlash, odamlaming
daromadi va farovonligini oshirish;
154
www.ziyouz.com kutubxonasi
- qishloq xo'jaligidagi islohotlami chuqurlashtirish, fermerlik harakatini
qoilab-quwatlash;
- qishloqda mulkdorlar, tadbirkor va ishbilarmonlarning manfaatlarini
himoyalash;
- yer, tuproq unumdorligini doimiy ravishda oshirish, yeming meliorativ
holatini yaxshilash7.
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlami izchil va tizimli amalga
oshirish maqsadida «Qi$hloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturi
ishlab chiqildi hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-
yanvardagi PQ-1046 sonli Qarori asosida kuchga kiritildi. Dasturda
o'tkaziladigan chora-tadbirlar, bajarilish muddatlari, xarajatlar va ulami
moliyalashtirish manbalari, chora-tadbirlarni amalga oshirish shakllari,
mexanizmlari va kutiladigan natijalar to‘liq ko‘rsatib berilgan. Dastuming
asosiy yo'nalishlari 9 ta boiim , 105 ta bandda o'z ifodasini topgan.
«Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturining prinsipial
ahamiyatga ega boigan asosiy yo‘nalishlariga biri — qishloqlarimizda hayot
sifatini tubdan yuksaltirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlami amalga
oshirishdir.
Qishloq joylarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va shu asosida
qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirish maqsadida 2009-yilning yanvar
oyida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloqlarimizning zamonaviy
arxitektura nuqtai nazaridan rejalashtirilishi, qishloq joylarda uy-joy va ijtimoiy
obyektlar qurilishini loyihalashtirish va bunyod etish tizimini takomillashtirish,
«Qishloqqurilishloyiha» institutini tashkil etish bo‘yicha qarori qabul qilindi.
«Qishloqqurilishloyiha» instituti tomonidan hozirga qadar 2 xonadan 5
xonagacha bo‘lgan zamonaviy uy-joylar, maishiy xizmat ko'rsatish
obyektlarining
namunaviy
loyihalari
ishlab
chiqildi.
Bu
ishga
respublikamizdagi ko'zga ko‘ringan, yuqori malakali mutaxassislar jalb etilib,
yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi bo‘yicha 22 ta, ijtimoiy obyektlar bo‘yicha
esa 16 ta namunaviy loyiha tasdiqlanib, qurilishga tavsiya qilindi.
Qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadida «Qishloq qurilish invest»
injiniring kompaniyasi, ulami moliyalashtirish uchun zarur mablag'lami jalb
etish maqsadida «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik-tijorat banki tashkil
etildi. Qishloq joylarda qurilish ishlarini olib borish uchun 2009-yilning o‘zida
mazkur bank orqali qariyb 60 milliard so‘m mablag* yo‘naltirilgan bo'lsa,
2010-yilda qo'shimcha ravishda yana salkam 530 milliard so‘m mablag'
yo‘naltirish ko‘zda tutilgan edi.
' Prezident Islom Karimovning 2008-yil 5-dekabrdagi 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
qabul qilinganligining 16 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so'zlagan ma'ruzasi.
155
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bunday keng koiam li ishlami bajarish uchun 2009-yil davomida
mamlakatimizda 906 ta ixtisoslashtirilgan qurilish-ta’mir!ash tashkiloti tuzildi
va ular yuqori malaka va tajribaga ega boigan mutaxassis kadrlar bilan
ta’minlandi.
Qishloqdagi qurilish sarf-xarajatlarining bir qismi uy-joylaming
bo‘lg‘usi egalari mablagiari hisobiga, aksariyat qismi aholiga «Qishloq
qurilish bank» tomonidan beriladigan uzoq muddatli (15 yilgacha) imtiyozli
kredit hisobidan qoplanadi.
«Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki - qishloq qiyofasini
va qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini sifatli yaxshilash, qishloq joylarda
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini
uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida hamda
«Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturiga muvofiq 2009-yil 30-
martda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq qurilish bank»
aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g ‘risida»gi qaroriga muvofiq sobiq
«G‘allabank» aksiyadorlik tijorat binki negizida tashkil etildi.
Shimingdek, qishloqlarda bolalar bog'chalari, umumta’lim va musiqa
maktablari, sport inshootlari, tibbiyot muassasalari, maishiy xizmat obyektlari,
ravon yo'llar, zamonaviy turar-joy mavzelarini kompleks barpo etish
rejalashtirilgan.
Qurilish ishlarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish ko‘p jihatdan
qurilish materiallariga bog‘liq. Shunga ko‘ra, 2009-yilda qurilish materiallaii
ishlab chiqaradigan 31 ta ishlab chiqarish quvvati, jumladan, 2 million kvadrat
metr zamonaviy tom yopish materiallari ishlab chiqaradigan 6 ta korxona,
shuningdek, gips, alebastr, gipsokarton kabi qurilish va pardozlash materiallari,
yig‘ma konstruksiyalar tayyorlaydigan yangi korxonalar foydalanishga
topshirildi. Shular qatorida yiliga 81 million dona g'isht ishlab chiqarish
quwatiga ega boigan 12 ta yangi zavod ishga tushirildi.
Ijtimoiy yo'naltirilgan davlat siyosatining bosh ustuvorligini inson
manfaatlari tashkil etuvchi mamlakatimizda uy-joy qurilishiga alohida e'tibor
qaratilmoqda. Bunda davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2009-yil 29-
yanvarda qabul qilingan “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish
shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat ishlarini
kengaytirishni rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi,
2009-yil 19-iyundagi “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni kengaytirishni
rag‘batlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi hamda 2009-yil 3-avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi
ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
Qarorlari muhim omil bo'lmoqda.
Qishloqda aholi joylari arxitekturasi va qurilishni loyihalashtirishni
tubdan takomillashtirishda namunali qishloq uy-joylari va ijtimoiy obyektlarini
156
www.ziyouz.com kutubxonasi
qurish loyihalarini tabiiy iqlim sharoitini hisobga olgan holda ishlab chiqish
muhim hisoblanadi. Bu borada namunali uy-joylar loyihalarini eksperiment
sifatida Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani, Andijon viloyatining
Buloqboshi tumani, Qoraqolpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida
yangi ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida amalga oshirilgani e’tiborga
molikdir.
2009-yilning
7-10-sentabr
kunlari
Toshkent
shahridagi
« 0 ‘zekspomarkaz»da qishloq aholisi uchun yakka tartibdagi uy-joylaming
loyihalari va qurilish materiallarining ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi boTib
o‘tdi. Mazkur ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma 0 ‘zbekistonning qurilish sanoatida
ham yirik voqea boTib, unda qurilish materiallari va jihozlarini ishlab
chiqaruvchilar, ulgurji va chakana savdo kompaniyalari, me'moilar,
loyihachilar, mamlakatimizning qishloq tumanlari vakillari ishtirok etdi. Unda
arxitektura va dizaynning eng ilg'or talablariga javob beradigan, hududlaming
mahalliy sharoitlariga va an’analariga mos qishloq uylari, ijtimoiy va ishlab
chiqarish
infratuzilmasi
obyektlari
loyihalari
namoyish
etildi.
Ular
“Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidimv instituti mutaxassislari tomonidan
zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarini qoTlashni, shuningdek,
hududning
tabiiy-iqlim
sharoitini va
relyefini, mamlakat hududlari
rivojlanishining ijtimoiy-demografik jihatlarini hisobga olgan holda ishlab
cbiqilgan. Ko‘rgazma ishtirokchilari qishloqlami obodonlashtirishga doir
loyihalami kreditlash, moliyalash va amalga oshirishning optimal mexanizmini
joriy etish bilan shug‘ullanuvchi “Qishloq qurilish bank” ATB faoliyati bilan
ham tanishdilar. Bunday ko'rgazmalar respublikamiz viloyatlarida ham tashkil
etildi.
Uy-joy qurilishi ishlarini jadallashtirish, ulami izchil amalga oshirish
maqsadida xususiy qurilish uyushmalari faoliyatini tashkil etishni yoTga quyish
muhim tadbirlardan hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-
joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstiuksiya
qilish va ta'mirlash bo'yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag'batlantirishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2009-yil 29-yanvardagi 1051-
sonli qarorini bajarish yuzasidan aholiga hamda foydalanishga tayyor holda
topshirish shartlarida uy-joy fondi obyektlarini rekonstruksiya qilish, qurish va
ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga
qulay sharoitlar yaratish, bozomi yanada kengaytirish hisobiga arzon
narxlardagi qurilish materiallariga boTgan talabni qondirish maqsadida 2009-
yil 28-martda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Turar joy va
kichik biznes obyektlari uchun qurilish materiallari sotish bo‘yicha firma
do‘konlari tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi 87-sonli qarori qabul qilindi.
Mahalliy xomashyolardan sifatli va arzon qurilish materiallari ishlab
chiqaradigan korxonalar tashkil etishga katta e'tibor berilmoqda. Shu asosda
157
www.ziyouz.com kutubxonasi
qishloq joylarda bajariladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining tannarxini
arzonlashtirishga erishish, aholining ish bilan bandligini oshirish ko‘zlangan.
Bulardan ko'zlangan asosiy maqsad, ishlab chiqilgan namunaviy
loyihalar asosida qishloqlarimizda zamonaviy aholi turar joylari va boshqa
obyektlar
qurilishini
amalga
oshirish,
qishloqlarimizning
qiyofasini
zamonaviylashtirish, qishloq aholisi uchun munosib turmush sharoitlari yaratib
berish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirishdir. Bu «Qishloq taraqqiyoti va
farovonligi yili» davlat Dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
2009-
yilda respublikamiz bo'yicha qishloq xo'jaligi va o‘rmon fondi
yerlari toifasiga kirmaydigan 42 ta yer massivlari tanlab olindi va namtmaviy
loyihalar asosida uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirildi. 2009-yilda
namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq aholi punktlarida yakka tartibda uy-joy
qurilishini kreditlash uchun 65,5 mlrd. so‘m ajratildi.
Surxondaryo viloyatida ham 2009-yilda 3 ta tanlab olingan yer
massivlarida 60 ta yakka tartibdagi uy-joylar qurildi. Ushbu uylaming umumiy
qiymati 3741550,0 ming so‘m bo‘lib, uning 935285,5 ming so‘mi 25 foizli
dastlabki badal sifatida yakka tartibda uy-joy quruvchilar tomonidan to‘langan,
2260800,0 ming so‘mi esa imtiyozli bank krediti sifatida ajratilgan, yakuniy
to‘lov esa 545464,5 ming so'mni tashkil etgan.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganiga qaramasdan,
2010-yilda mamlakatimizning barcha 159 ta qishloq tumanida namunaviy
loyihalar bo‘yicha tayyor holda topshirish sharti bilan 6800 ta uy-joy barpo
etildi. Ushbu maqsadlarga qariyb 430 milliard so‘m miqdoridagi kapital
qo'yilmalar, jumladan, 250 milliard so'mdan ortiq uzoq muddatli imtiyozli
kreditlar yo‘naltirildi. Bu mablag1 2009-yilga nisbatan 9 barobar ko'pdir.
Dasturni amalga oshirish boshlanganidan buyon yangi massivlarda qishloq
aholisining qulay va munosib yashashi uchun zarur bo‘lgan 165 ta ijtimoiy va
bozor infratuzilmasi obyekti barpo etildi. Ayni paytda yangitdan qurilayotgan
turar-joy massivlarida zamonaviy turdagi muhandislik-kommunikatsiya
tarmoqlari ham jadal bunyod qilinmoqda. 103 kilometrdan ortiq gaz, qariyb
100 kilometrlik suv tarmoqlari, 71 kilometrdan ziyod elektr uzatish liniyalari,
shuningdek, umumiy uzunligi 85 kilometr bo'lgan ichki yo‘llar qurildi.
Ichimlik suvi, elektr va gaz ta'minoti, shuningdek, aholi punktlarining
sanitariya ahvolini yaxshilash bo‘yicha yangi kommunal infratuzilma
tarmoqlari va obyektlarini qurish, modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish
ishlari tizimli asosda olib borilmoqda.
2010-
yilda Surxondaryo viloyati hududida aholining talablaridan kelib
chiqqan holda 15 ta qishloq tumanlari yer massivlarida jami 660 ta yakka
tartibdagi uy-joylar qurildi. Ushbu uylarning umumiy qiymati 39579915,4
ming so‘m bo‘lib, uning 9894698,8 ming so‘mi 25 foizli dastlabki badal
sifatida yakka tartibda uy-joy quruvchilar tomonidan to‘langan, 24868800,0
158
www.ziyouz.com kutubxonasi
miiig so'mi esa imtiyozli bank krediti sifatida ajratilgan, yakuniy to‘lov esa
4816416,7 ming so'mni tashkil etgan.
Qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joylaming sifatini yaxshilash, uy-
joylar narxini pasaytirish maqsadida viloyatda pishiq g‘isht ishlab chiqaruvchi
korxonalar, eshik, deraza yasash korxonalari va boshqalarni tashkil etishga
alohida e'tibor berilmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-
1245-sonli qaroriga asosan «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi
bilan namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylaming qurilishi
uchun «tayyor holda topshirish» shartlarida shartnoma tuzgan barcha pudratchi
tashkilotlar Pensiya jamg‘armasidan tashqari soliqlaming barcha turlarini
toiashdan ozod etilganligi ham ularning faoliyatini rivojlantirishga ijobiy ta'sir
ko‘rsatmoqda.
Hukumatimiz tomonidan namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan
uy-joylami yanada takomillashtirishga e'tibor berilmoqda. 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2010-yil 17-iyunda qabul qilingan “Qishloq
joylarda namunaviy loyihalar asosida xususiy uy-joy qurilishini kengaytirishga
oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, uy-joylaming
namunaviy loyihalariga o‘zgartirish va tuzatishlar kiritildi. Jumladan, qishloq
joylarda har bir imorat quruvchiga shu paytgacha ajratib kelinayotgan 4 sotix
o‘miga 6 sotix hajmida yer uchastkasi ajratish belgilandi. Davlatimiz
rahbarining taklif va tavsiyalari asosida ilgari ishlab chiqilgan namunaviy
loyihalar “Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidimv instituti tomonidan har
tomonlama tahlil qilindi. E'tibordan chetda qolgan tabiiy omillar - shamol
yo‘nalishi, quyosh nurining tushishi kabi muhim imoratsozlik talablari yangi
loyihalarda inobatga olindi. Shuningdek, xonalaming joylashtirilishi qayta
ko‘rib chiqildi, xonalar kengaytirildi, devorlar balandligi 3 metrdan 3,2 metrga
oshirildi. Takomillashtirilgan loyihada keksalar va bolalar uchun ham tegishli
qulayliklar, darvozaxonada shaxsiy yengil mashinalar uchun maxsus joy
nazarda tutilgan, xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, uyga taqab
qurilgan suv isitish - qozonxona qurilmasi hovlining chetiga ko‘chirilgan.
Mamlakatimizda 2011-yilda ham uy-joy qurish koTamini kengaytirish
va qishloqlami obodonlashtirish dasturini izchil amalga oshirishga alohida
e'tibor qaratilmoqda. Bu borada 357 ta massivda 7400 ta uy-joy, shuningdek,
ijtimoiy va kommunal xo‘jalik obyektlarini qurish moTjallanmoqda. Ushbu
maqsadlar uchun 500 milliard so‘mdan ortiq mablag1, jumladan, davlat
byudjetidan 140 milliard so‘m ajratish va Osiyo taraqqiyot bankining 100
million dollardan kam boTmagan imtiyozli kredit liniyalarini jalb qilish
rejalashtirilgan.
2011 -yilda Surxondaryo viloyatining barcha tumanlaridagi 36 ta
massivda 675 ta namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish rejalashtirilgan
159
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo‘lib, ular uchun 33571125,0 ming so‘m imtiyozli bank kreditlari ajratish
nazarda tutilgan.
Ijtimoiy infratuzilmaning tarkibiy qismi bo‘lgan tibbiyot muassasalari
ham aholining turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Qishloqda turmush darajasini yuksaltirish ko‘p jihatdan aholining sog‘lig‘ini
saqlash, madaniyatini oshirish, ta’lim tizimi sifatini yanada ko‘tarish bilan
bog'liqdir. Bu esa, birinchi navbatda, investitsiya dasturlari asosida sog‘liqni
saqlash muassasalarini tibbiyot texnikasi va jihozlar bilan ta'minlashni taqozo
etadi. Hukumatimiz tomonidan qishloq joylarida ham tibbiy xizmat sifatini
oshirish,
qishloq
vrachlik
punktlarining
moddiy-texnika
bazasini
mustahkamlashga
alohida
e’tibor
qaratilmoqda.
Hozirgi
vaqtda
mamlakatimizda 3164 ta qishloq vrachlik punktlari mavjud. Ular zamonaviy
jihozlar bilan ta’minlangan bo'lib, aholining sog'ligini ta'minlashda muhim
ahamiyatga ega, ya’ni qishloq aholisi uzoq tuman markazlariga bormasdan
sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar. Tibbiyot
sohasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ham alohida e'tibor berilmoqda.
Jumladan, xususiy tibbiy muassasalar tashkil etilgandan 5 yil muddatga
soliqlardan ozod etilgan, 2015-yilgacha olib kelinadigan zamonaviy tibbiyot
uskunalari boj to‘lovlaridan ozod etilgan.
2010-yilda sog'liqni saqlash sohasini isloh qilish va ushbu tizimda sifat
o‘zgarishlarini amalga oshirishni ta'minlash borasidagi ishlar davom ettirildi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda sifat jihatidan yangi, eng yuksak talablarga
javob beradigan va respublika hamda viloyatlar shoshilinch tibbiy yordam
ko‘rsatish markazlarini o‘z ichiga olgan tibbiyot muassasalari tarmog‘i
shakllandi.
Barcha viloyatlar markazlarida kattalar va bolalar uchun ko‘p tarmoqli
tibbiyot markazlari, har bir tumanda eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar
bilan jihozlangan qishloq vrachlik punktlari faoliyati y o ig a qo‘yildi. Ushbu
qishloq vrachlik punktlarining soni 2000-yilga nisbatan 2 barobar ko'payib, 3
ming 200 tadan oshdi.
2010-yilda statsionar tibbiyot muassasalarida qo‘shimcha ravishda 1630
ta yoki 2009-yilga nisbatan qariyb 2,5 marta ko‘p davolanish o‘rinlari
foydalanishga topshirildi.
2010-yilda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish uchun jami 2 trillion
so‘mdan ortiq mablag‘ yo'naltirildi, buning 1 trillion 700 milliard so‘mi
byudjet mablag'laridir.
Bozor infratuzilmasining tarkibiy qismlaridan yana biri bo‘lgan
banklami rivojlantirish bo‘yicha ham mamlakatimizda juda ko‘plab ishlar
amalga oshirilmoqda. Jahonning ko'plab mamlakatlarini qamrab olgan
moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qaramay, 0 ‘zbekiston bank tizimi ishonchliligi
va barqaror rivojlanayotgani, xorijiy moliyalashtirish manbalariga qaramligi
160
www.ziyouz.com kutubxonasi
yo'qligi va tashqi inqiroz holatlarining salbiy ta'siriga berilmaslik xususiyatlari
bilan ajralib turibdi.
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan tadbirlar
qatorida moliya-bank tizimini mustahkamlash masalasiga alohida e'tibor
qaratilib, bu borada ta'sirchan tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan:
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-iyuldagi 1166-
sonli Qaroriga asosan pul massasining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan
holda va tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli depozitlar jalb qilishni
rag‘batlantirish
maqsadida
2009-yilning
1-sentabridan
boshlab
tabaqalashtirilgan majburiy zaxiralar normasi joriy etildi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi 4057-
sonli
Farmoniga
muvofiq,
fuqarolaming
tijorat
banklari
depozit
hisobvaraqlaridagi omonatlari ulaming miqdoridan qat'iy nazar to‘liq
qaytarilishining davlat tomonidan kafolatlanganligi aholining bank tizimiga
bo'lgan ishonchi yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi va bu jismoniy
shaxslarning banklardagi omonatlari hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi;
- Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevraldagi 1-sonli majlis bayoni
talablaridan kelib chiqqan holda, aholining bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi
omonatlarga jalb qilinishida hamda omonatdagi mablag‘larni ulaming birinchi
talabiga ko‘ra berilishida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, omonatchilarning
haq-huquqlari
himoya qilinishini ta'minlash borasida tizimli chora-
tadbirlaming amalga oshirilishi va banklaming mazkur faoliyatlari ustidan
nazoratning yanada kuchaytirilganligi ham aholi bo‘sh pul mablag‘larini bank
omonatlariga jalb qilishni yanada jadallashtirdi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-apreldagi 1090-
sonli «Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul
mablagTarini jalb etishni yanada rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi Qarori hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan «Tijorat banklari
depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul mablagTarini jalb etishni
yanada rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari kompleksi» doirasida bank
tizimida bu borada olib borilayotgan ishlar yanada faollashdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 30 turdagi bank faoliyat ko‘rsatib,
shundan 3 tasi davlat banklari, 13 tasi aksiyadorlik tijorat banklari, 9 tasi
xususiy banklar, 5 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi banklar hisoblanadi (7.6-
chizma).
Keyingi yillarda tijorat banklari faoliyatining kengayib borishi o‘z
navbatida ular tomonidan berilayotgan kreditlar, banklardagi depozitlar va
umumiy kapital hajmiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Xususan, 2005-
2009-yillar mobaynida tijorat banklari kreditlari hajmi 2,2 marta, depozitlari
hajmi 5,2 marta, umumiy kapitali 3,2 marta oshgan.
161
www.ziyouz.com kutubxonasi
O ‘zbekiston Respublikasidagi
banklarning tarkibi (2010-yil 1-yanvar holatiga)
Xorijiy kapital
•.»
Do'stlaringiz bilan baham: |