Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish infratuzilmasi.
Qishloq
xo'jaligining ishlab chiqarish inffatuzilmasi tarkibiga bevosita qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarish jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar kiradi: ishlab chiqarishga
yo‘naltirilgan transport, yo‘l xo‘jaligi, ta'mirlash ustaxonalari, ombor
xo‘jaliklari, kommunikatsiya tizimi va telegraf, aloqa, elektroenergiya uzatish
liniyalari, texnik xizmat stansiyalari, ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalari,
o‘simliklar muhofazasi, veterinariya xizmati va boshqa shu kabi xizmatlar
ko‘rsatuvchilar kiradi (7.3-chizma).
Ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishiga ko'pgina omillar
ta'sir etadi. Ulaming ichida tuproq-iqlim sharoiti, hudud relyefi, suv bilan
ta'minlanishi, y o ila r holati, korxonaning joylashishi, ishlab chiqarish
obyektlarining joylashishi, qoilanilayotgan texnologiyalar, ishlab chiqarish
ixtisoslashishi va konsentratsiyalashish darajasiga alohida e ’tibor beriladi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish infratuzilmasini tashkil etishda
agrosanoat majmuasining ham o‘mi katta. Chunki agrosanoat majmuasining
uchinchi bo‘g‘iniga qishloq xo‘jaligiga turli xizmatlami ko'rsatuvchi sohalar
kirsa, to‘rtinchi bo‘g‘iniga esa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash,
tayyorlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchilar kiradi. Demak, qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarish inffatuzilmasini rivojlantirishda agrosanoat majmuasi
faoliyatini takomillashtirish va unga kirivchi sohalar korxonalari bilan qishloq
xo'jalik korxonalarining aloqalarini mustahkamlash ham muhim ahamiyatga
ega.
Qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish infratuzilmasi
sohalarining ayrimlari davlat tasarrufida qolgan boTib, bular qatoriga elektr
uzatish, yo‘1 xo‘jaligi, aloqa va boshqa shu kabi tarmoqlar kiradi. Bu tarmoqlar
rivojlangan davlatlardagi kabi davlat tasanufida boTib qolishi maqsadga
muvofiqdir. Chunki bozor munosabatlari sharoitida mazkur tarmoqlarda
faoliyat yurituvchi yirik korxonalar soni kam boTadi va ular xususiylashtirilsa,
yirik monopolistlar paydo boTishi mumkin.
136
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibi
7.3-chizma
Qishloq
xo'jaligi
korxonalari
faoliyatida
ishlab
chiqarish
infratuzilmasining bir turi bo‘lgan aloqa xizmatining o‘mi va ahamiyati juda
muhimdir. Chunki, qishloq xo'jalik korxonalarida operativ hisobni yuritishda
aloqa xizmati muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda xo'jalikning ichki tizimida
bo‘layotgan barcha jarayonlardan operativ hisob orqali xabardor b o iib turish
hamda yuzaga kelgan muammolami o‘z vaqtida hal etish imkoni yaratiladi.
137
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bundan tashqari, yetishtirilgan mahsulotlami sotishda bozor konyunkturasini
o‘rganish va baholaming o‘zgarib turishidan xabardor bo‘lish jarayonida ham
aloqa xizmati zarur bo'ladi. Aloqa tizimining eng zamonaviy uskunalaridan
foydalanish qishloq xo'jalik korxonasida ishlab chiqarish jarayonini to‘g‘ri
tashkil etish va xarajatlami tejashga ko'maklashadi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining asosiy sohalaridan biri yo‘l
xo‘jaligidir. Qishloq xo'jaligida eng ko‘p tarqalgan va asosiy tarmoq avtomobil
yo'llari hisoblanadi. Tarmoqlararo xarakterga ega bo‘lgan yoMlar qishloq
xo'jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni iste’molchilargacha yetkazish kabi
keng koMamli va salmoqli vazifalami bajaradi. Xo‘jalik ichidagi yoMlar
mahsulot ishlab chiqarish bilan bogMiq boMgan barcha faoliyatlarga xizmat
qiladi. Qishloq xo‘jaligida yoMlaming joylashishi, asfaltlanganlik darajasi va
tekisligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda o‘z ta'sirini ko'rsatadi.
Mamlakatimizda
Prezident
Islom
Karimov
rahnamoligida
mustaqilligimizning dastlabki yillaridan dunyo bozoriga yangi yoMlar ochish,
yurtimizni boshqa davlatlar, mintaqalar bilan bogMaydigan transport
kommunikatsiyalari barpo etish masalasiga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.
Qamchiq dovoni orqali Farg'ona vodiysini, “Navoiy-Uchquduq-Sulton
Uvaystog‘-Nukus” temir yoMi orqali shimoliy mintaqalarni mamlakatimizning
markaziy hududlari bilan bog‘lashga erishildi. Amudaryo uzra bunyod etilgan
mahobatli ko‘prik QoraqalpogMston va Xorazm vohasini mamlakatimizning
boshqa viloyatlari bilan tutashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Temir yo‘l transporti barcha davlatlar iqtisodiyotining asosiy qon
tomiri hisoblanadi. Ayni vaqtda mamlakatimizda yuk tashishning qariyb 70
foizi, eksport va import uchun yuk tashish umumiy hajmining esa 80 foizi temir
yo‘1 orqali amalga oshirilmoqda.
Mustaqillikning 16 yilligi arafasida qurib bitkazilgan “Toshguzar-
Boysun-Qumqo‘rg‘on” temir yo‘l liniyasi yagona milliy temir yo‘l tizimini
yaratish
borasida
amalga
oshirilgan
navbatdagi
muhim
bosqichdir.
Qashqadaryo viloyatining Toshguzar qishlog'idan boshlanib Surxondaryo
viloyatining Qumqo‘rg‘on tumani markazigacha davom etadigan, dengiz
sathidan 1800 metr balandlikdagi Hisor tog‘ tizmalarini kesib o'tgan bu yangi
temir yo‘lning loyiha qiymati 447 mln. AQSh dollariga teng bo'lib, uni
rejalashtirish va amalga oshirishda Yaponiyalik hamkorlarimiz yaqindan
yordam berdilar.
Uzunligi 223 kilometrdan iborat bu temir yo‘1 qisqa davrda, hammasi
boMib 33 oyda, muddatidan ikki oy oldin ishga tushirildi va mazkur temir yo‘1
mamlakatimizning janubiy mintaqalari va poytaxtimiz orasidagi yuk va
yoMovchi tashish masofasini 170 kilometrga qisqartirdi.
Mazkur temir yoMning mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun quyidagi
ijobiy ta’sirlari bor:
138
www.ziyouz.com kutubxonasi
- respublikamizning janubiy mintaqasi — Qashqadaryo va Surxondaryo
vohalarini boshqa hududlar bilan bog'laydi. Vatanimizning janubiy hududlarini
har tomonlama keng qamrovli va ishonchli, mustahkam va samarali yo‘l bilan
bog‘laydi;
- Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining chetda qolib kelayotgan boy
gaz, rangli metall, ko‘mir, kaliy tuzi, qurilish materiallari va boshqa foydah
qazilmalarini o‘zlashtirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi;
- temir yo‘1 qatnovining yo‘lga qo'yilishi bu yerda iqtisodiyot boshqa sohalari
va infratuzilma obyektlari rivojlanishiga imkon yaratadi. Tog‘-kon sanoati,
qurilish va boshqa sohalarda yuzaga keladigan ijobiy o‘zgarishlar hisobiga
tegishli mintaqalaming ishlab chiqarish quwatlarini izchil rivojlantiradi;
- bunday ulkan loyihaning amalga oshirilishi shu mintaqada yashaydigan
aholini ish bilan ta’minlashga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Temir yo‘1 transporti
tizimida, uning korxona va tashkilotlarida, joylarda tashkil etilayotgan
infratuzilma obyektlarida ko‘plab yangi ish o'rinlari ochish imkoni yuzaga
keladi;
- bu yo‘1 0 ‘zbekistonning chet davlatlarga, aw alo Transafg‘on temir yo‘l
koridori orqali yaqin kelajakda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Hind okeani, Janubiy va
Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqish va eksport imkoniyatini,
shu bilan birga, yurtimizning tranzit rolini kengaytirish borasidagi salohiyatini
keskin oshiradi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining muhim sohalaridan yana biri elektr
ta'minoti tizimidir. Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi kabi qishloq
xo'jaligida ham elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik va undan foydalanish
muhim ahamiyat kasb etadi. Qishloq xo‘jaligida elektr energiyasi asosan
yoritish, isitish, suv ko‘tarib beruvchi nasos stansiyalarni elektrlashtirish,
statsionar va lco'chma sug‘orish agregatlarini elektrlashtirish, inkubatorlarda,
issiqxonalarda hamda chorvachilik fermalarida mikroiqlim hosil qilish va
boshqalar uchun ishlatiladi.
Elektr uzatish tarmoqlari va tarqatuvchi hamda ishlab chiqaruvchi
obyektlar qurilishi qanchalik mustahkam va kafolatli darajada bo‘lsa, nafaqat
qishloq xo'jaligi, balki, xalq xo‘jaligining barcha sohalari samarali faoliyat
ko‘rsatishi ta'minlanadi. Bu tarmoqning qishloq xo‘jaligidagi o‘mi juda
muhimligi shundaki, u birinchidan, ekinlami sug‘orish bilan bogTiq boTgan
jarayonlarda suv ko‘tarish qurilmalari uzluksiz ishlashi, ikldnchidan,
yetishtirilgan ayrim mahsulot turlarini omborxonalar va sovutgichlarda
buzilmasdan saqlanishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, elektr uzatish tarmog‘i
chorvachilik sohasi yoki parrandachilik tarmoqlarida elektr energiyasidan
foydalanish jarayonida yetishtiriladigan mahsulot miqdori va sifatini oshirishda
o‘z ta'sirini ko'rsatadi.
139
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonini elektrlashtirish
korxonalarning xo'jalik faoliyati keskin rivojlanishiga olib keladi. Qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishini elektrlashtirish mehnat ummidorligini oshiradi,
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi. Masalan, g‘allachilikda elektr
energiyasidan foydalanish mehnat unumdorligini oshiradi. G‘allani tozalashda
«OS-l», «OS-3», «OB-10» markali g ‘alla tozalash mexanizmlaridan
foydalanish mehnat sarfini 20-25 foiz, mahsulot tannarxini esa 15-35 foiz
kamaytiradi.
Chorvachilikda elektr energiyasidan foydalanish mehnat sarfini keskin
kamaytirishga olib keladi. Elektr energiyasidan foydalanish fermadagi bir qator
ishlar, shu jumladan, suv bilan ta’minlash, ozuqalami hayvonlarga berish,
sigirlami sog'ish, yuklarni tashish, qo‘y junlarini qirqish, sutga dastlabki ishlov
berish, inkubatsiya va hokazo ishlami mexanizatsiyalar yordamida bajarish
imkonini beradi.
Yem-xashakni molga berish oldidan tayyorlash ishlarida elektr
energiyasidan foydalanish mehnat sarfini 75-90 foizga kamaytiradi, ozuqa
sifatini yaxshilaydi. Chorva mollarini sog‘ishni elektrlashtirish katta
ahamiyatga ega. Sigir sog'ish apparatlari
yordamida sog‘ilganda mehnat
sarfigina tejalib qolmay, balki sog'uvchilarning mehnati ham yengillashadi. 1
sentner sut qo‘lda sog‘ilganda 4,4 kishi-soat sarflangani holda, sog'ish apparati
yordamida sog‘ilganda 2,5 kishi-soat, sog‘ish zalida sog‘ilganda esa 1,8 kishi-
soat sarflanadi. Chorvachilikda elektr energiyasidan foydalanish sut sog'ib
olish mehnatini tejabgina qolmay, balki sog'iladigan sutning tozalik darajasini
ham oshiradi.
Qo‘y junini mexanizmlar bilan qirqish mehnat unumdorligini 3-4
barobar oshiradi. Qirqib olingan jun sifati ham ancha yuqori bo'ladi.
Parrandachilik femialarini tunda elektr energiyasi bilan yoritish
natijasida tovuq va o'rdaklardan olinadigan tuxum 25-30 foizga ko‘payadi.
Elektr energiyasidan xo‘jalikdagi yordamchi tarmoqlarda, jumladan, ustaxona,
tegirmon, yog‘och arralash va hokazo ishlarda foydalanish katta iqtisodiy
samara beradi.
Qishloq
xo'jaligida
ishlab
chiqarish
infratuzilmasining
yirik
tarmoqlaridan yana biri transport xo‘jaligi hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida
transport xizmati yordamida korxonalar bir-biri bilan bog‘lanib, ishlab
chiqarish jarayoni uzluksiz davom etishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Transport vositalaridan foydalanish mahsulot ishlab chiqarish va uni
realizatsiya qilish uchun sarflanadigan xarajatlami kamaytiradi, vaqtni
qisqartiradi, mehnat unumdorligini oshiradi va pirovard natijada mahsulot
tannarxini pasaytiradi.
Transport vositalaridan unumli foydalanish qishloq xo‘jaligida yoTlar
qurish, ulaming yuk tashish qobiliyatini oshirish, ta’mirlash ishlarini muntazam
140
www.ziyouz.com kutubxonasi
ravishda olib borish, yo‘l xo'jaligi ixtiyoridagi texnikani takomillashtirish va
ulardan unumli foydalanishni talab etadi. Kuzatishlar avtomobilning yuk
ko'tarish qobiliyati qattiq qoplamali yo‘llarda qattiq qoplamasiz yo‘llardagiga
nisbatan 25-80 foiz, tezligi 2-3 marta oshishini, yonilg‘i sarfini esa 2 marta
kamayishini ko‘rsatadi. Shuning uchun xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichidagi
yo'llami rekonstruksiyalash va o‘z muddatida ta'mirlash, yo‘l qurilishini
kengaytirish va qishloq xo‘jaligini yanada intensiv rivojlantirish uchun real
sharoitlar yaratadi.
Qishloq
xo‘jaligida
transport
vositalaridan
foydalanish
xalq
xo‘jaligining boshqa tarmoqlariga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu
xususiyatlarga quyidagilar kiradi:
- qishloq xo'jaligi mahsulotlari keng hududda yetishtirilishi tufayli ularni
tashish bir qator qiyinchiliklami keltirib chiqaradi;
- qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mavsumiyligi tufayli yuk
tashishni yil mobaynida bir me’yorda amalga oshirib bo'lmaydi, ayrim
hollarda katta miqdordagi yuklami qisqa vaqt ichida tashish zarurati paydo
bo‘ladi;
- turli xil transport vositalari talab etiladi;
- tashiladigan yuklar turi, hajmi, xususiyatiga ko‘ra turlicha boiadi;
- yuk tashish masofasi odatda uzoq boiadi.
Qishloq xo‘jaligida transport vositalaridan foydalanishning bu
xususiyatlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxida transport xarajatlari
miqdorining oshishiga olib keladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, transport xarajatlari
don mahsulotlari tannarxida 26 foizni, makkajo'xori tannarxida 15 foizni
tashkil etadi.
Yetishtiriladigan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini iste'molchilargacha
bo‘lgan uzluksizhgini ta'minlashga ishlab chiqarish inffatuzilmasining yana bir
yirik tarmog‘i - mahsulotlami saralash, tayyorlash, saqlash va sotish bilan
bog‘liq bo‘lgan sohalar xizmat qiladi. Xo‘jaliklarda mahsulot ishlab
chiqarilgandan so‘ng uni saralash va tayyorlash ishlari olib boriladi. Bu esa, o‘z
navbatida, mahsulotlami saqlash uchun tayyorgarlik ko'rishga imkon yaratadi.
Chunki saralash jarayonida mahsulotning pishish darajasi, navi va turiga qarab.
saqlash dasturi ishlab chiqiladi. Mahsulotning bir qismini qayta ishlashga
topshirish, ikkinchi bir qismini esa saqlash masalasi hal etiladi. Mahsulotlami
saralash ishlari olib borilmasa yoki saralash jarayonidagi e'tiborsizlik va
kamchiliklar tufayli isrofgarchilikka yo‘l qo'yilishi mumkin. Saralangan
qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tayyorlash ishlari ulaming sifatiga katta ta’sir
ko‘rsatadi. Qishloq xo'jaligining ayrim mahsulotlariga, ayniqsa, meva va
sabzavotlarga tez va soz xizmat ko‘rsatilsa, ma'lum qismi tayyorlov
tashkilotlariga sotilsa, nobudgarchilikka yo‘l qo'yilmaydi. Qishloq xo‘jaligi
korxonalarida yetishtiriladigan meva, sabzavot va don mahsulotlarini saqlash,
141
www.ziyouz.com kutubxonasi
birinchidan, xo'jaliklar moliyaviy holatining yaxshilanishiga ta’sir ko'rsatsa,
ikkinchidan, iste'molchilaming ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talabini yil
davomida doimiy qondirish imkonini beradi. Chunki, ushbu mahsulotlar
insonlaming oziq-ovqatga va turli vitaminlarga bo'lgan ehtiyojini qoplashda
juda muhim ahamiyatga egadir.
Ma'lumki, respublikamiz qishloq xo'jaligida g‘alla maydonlari va
hosili yildan-yilga oshib bormoqda. Yetishtirilgan hosilning davlatga
sotilganidan qolgan qismi xo‘jalik ixtiyorida boiadi. Uning bir qismi iste’mol
va urugiik uchun omborxonalarda m aium vaqtgacha saqlanadi. Don va don
mahsulotlarini saqlashda yetrali sharoitlar yaratib berilmasa nobudgarchilikka
y o i qo'yilishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, xo‘jaliklar uchun zarardir.
Meva va sabzavotlami saqlashda maxsus omborlarni tashkil etish
muhim ahamiyatga ega. Omborlarda faol ventilyatsiya tizimi mavjud
boiganda mahsulot yaxshi saqlanadi. Hozirgi paytda meva va sabzavotlaming
gaz muhitini boshqarib saqlash Angliya, Fransiya, Gollandiya, AQSh,
Germaniya va boshqa shu kabi rivojlangan mamlakatlarda keng qoilaniladi.
Bunda mahsulotlar sifati 7-8 oygacha buzilmasdan saqlanishi mumkin. Bundan
tashqarii asrlar davomida ajdodlarimizning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
saqlash bo‘yicha orttirgan tajribalaiidan ham unumli foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Chorvachilik mahsulotlarining ko‘pgina turlari ham tez buziluvchi
boiib, ularni m aium muddat maxsus sovutiladigan inshootlarda saqlashni
talab etadi. Masalan, sut, go‘sht, tuxum va boshqa shu kabi mahsulotlami
maxsus inshootlarda saqlab, uni sotishni y o ig a qo'yish qishloq xo‘jalik
korxonasining daromadlari ko‘payishiga xizmat qiladi. Chunki ulaming tez
buziluvchanligi sababli qishloq xo‘jaligi korxonalari ushbu mahsulotlami arzon
baholarda b o isa ham tezroq sotishga harakat qiladi, ayrim hollarda esa ushbu
mahsulotlarning sifati buzilishi katta miqdordagi zararlami keltirib chiqaradi.
Shu sababli chorvachilik tarm ogida ham tayyorlash va saqlash xizmatini
ko‘rsatuvchilarga ehtiyoj mavjud.
Umuman, qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan mahsulotlarning turiga
qarab, ulami saqlash uchun zamonaviy omborxonalar va sovutgichlar
qurilishini tashkil etish kerak. Bu o‘z navbatida qishloq xo‘jalik
mahsulotlarining baholari shakllanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish infratuzilmasining har bir
tarmog‘ini yaxshi yo‘lga qo‘yish uchun zaruriy holatlarda investitsiyalami jalb
etish kerak. Mavjud ishlab chiqarish infratuzilmasi tarmoqlarini rivojlantirish
davr talabidir. Ishlab chiqarish infratuzilmasining har bir tarmog‘ini eng
samarali va jahon talablariga javob beradigan texnik jihozlar bilan ta'minlash
hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bu masalaning yechilishi qishloq
xo'jaligi korxonalari ishlab chiqarish jarayonini rivojlantiradi hamda aholining
142
www.ziyouz.com kutubxonasi
oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarga bo‘lgan talabini to‘la qondirish imkonini
yaratadi.
Qishloq xo‘jaligida ijtimoiy infratuzilma. Qishloq xo'jaligi
korxonalarining samarali faoliyati ishchi-xodimlar-ga zarur shart-sharoitlar
yaratishni talab etadi. Ijtimoiy infratuzilma sohalari bu vazifani bajarishga
yo‘naltirilgan.
Maqsadli yo‘nalishi, shakllanish manbai, hududiy joylashuvi va ishlab
chiqarish jarayonida qatnashishiga ko‘ra ijtimoiy infratuzilma obyektlari va
xizmat sohalarini ikki guruhga bo‘lish mumkin (7.4-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |