92
www.ziyouz.com kutubxonasi
5-BOB
QISHLOQ XO'JALIGINING ASOSIY VA AYLANMA
FONDLARI HAMDA ULARDAN SAMARALl
FOYDALANISH YO‘LLARI
• Qishloq xo‘jaligining asosiy va aylanma fondlari to‘g‘risida tushuncha,
ularning ahamiyati va turkumlanishi.
• Bozor munosabatlari sharoitida asosiy va aylanma fondlami shakllantirish
manbalari.
• Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish holati va
samaradorligini
tavsiflovchi ko'rsatlcichlar.
• Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari.
5.1. Qishloq xo‘jaligining asosiy va aylanma fondlari to‘g‘risida tushuncha,
ularning ahamiyati va turkumlanishi.
Qishloq
xo‘jalik
korxonalarining
fondlari
ishlab
chiqarish
jarayonlarida qatnashishiga yoki foydalanilishiga ko‘ra ishlab chiqarish fondlari
hamda noishlab chiqarish fondlaridan tashkil topadi. Ular ayrim hollarda ishlab
chiqarish jarayonida bevosita va bilvosita qatnashadiganlarga ham bo‘linadi.
Masalan, yer, suv, o‘g‘it, urug'lik, yem-xashak, yer haydaydigan, ishlov
beradigan traktorlar qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda bevosita
qatnashadi. Chunlci ular mahsulot yetishtirish hajmiga, sifatiga bevosita ta'sir
etadi. Xo‘jaliklaming ma'muriy, madaniy va boshqa binolari, omborxonalar,
xizmat ko‘rsatuvchi texnikalar, kompyuterlar va boshqa
vositalar
ishlab
chiqarilayotgan mahsulot hajmiga, ulaming sifatiga bilvosita ta'sir etadi. Lelcin
ulaming mahsulotlami ishlab chiqarishdagi umumiy ahamiyatini inkor etib
bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish fondlari iqtisodiy mohiyatiga,
ya’ni shakllantirilishi, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish jarayonida
qatnashishiga lco'ra, asosiy hamda aylanma fondlarga bo‘linadi. Ulaming
natural holdagi ko‘rinishi asosiy va aylanma vositalar deb ataladi.
Asosiy va aylamna fondlar mahsulot ishlab chiqarib, qishloq
xo'jaligini rivojlantirishda juda lcatta ahamiyat kasb etadi. Chunlci ularsiz
talabni qondiradigan miqdorda, sifatli mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas.
Ulardan oqilona foydalanish natijasida mehnat va mablag1 xarajatlari tejaladi.
Demak, asosiy va aylanma fondlardan oqilona va samarali foydalanish tufayli
93
www.ziyouz.com kutubxonasi
qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti rivojlanadi. Natijada aholining ijtimoiy-iqtisodiy
ahvoli yaxshilanadi. Shuning uchun bunday vositalami yaratishga, qurishga,
ta'mirlashga, ulardan yaxshi foydalanishga hukumatimiz alohida e'tibor berib
kelmoqda.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish fondlarining katta qismini asosiy
fondlar tashkil etadi. Ularga qishloq xo‘jaligida qatnashadigan barcha mehnat
vositalari kiradi. Ular qishloq xo'jalik korxonalarining doimiy kapitalini tashkil
etadi.
Asosiy fondlar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, qishloq xo'jalik ishlab
chiqarish jarayonida bir yildan ko‘p muddat davomida qatnashib, qiymatini
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga, bajarilayotgan xizmatlarga yillar
davomida qisman o‘tkazib boradi. Ularga qishloq xo‘jalik yerlari, mashinalar,
traktorlar, binolar, inshootlar, transport vositalari, qurilmalar, mexanizmlar,
ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik mevali daraxtlar va boshqalar
kiradi.
Qishloq xo‘jaligidagi asosiy fondlaming turkumlanishi 5.1-chizmada
keltirilgan.
Funksional vazifasiga qarab asosiy fondlar
ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish vositalariga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish asosiy fondlariga bevosita moddiy ishlab chiqarish
sohasida qatnashadigan asosiy vositalar, noishlab chiqarish asosiy fondlariga
esa xo'jalikning klublari, madaniyat saroylari, maktablar, sog‘likni saqlash
idoralari, bolalar bog‘chasi, hammom, ombor va hokazolaming asosiy fondlari
kiradi. Ular mehnat resurslarini takror ishlab chiqarishda katta rol o'ynaydi.
Asosiy fondlaming alohida turlari qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida
bir xilda ishtirok etmaydi. Ulardan ba’zilari ishlab chiqarish bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bogiangan va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘paytirishda asosiy omil
hisoblanadi. Ularga traktorlar, kombaynlar, transport vositalari, qishloq
xo‘jaligi mashinalari, texnikalari va hokazolar kiradi. Boshqa asosiy fondlar
qurilish, savdo va qishloq xo‘jalik korxonalaridagi umumiy ovqatlanishga va
boshqalarga yo'naltirilgan vositalardir. Shuning uchun asosiy fondlar qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishida bevosita qatnashuvchi va qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishida qatnashmaydiganlarga bo‘linadi.
Qishloq xo‘jaligining asosiy fondlari tarmoq xususiyati bo‘yicha
dehqonchilikka oid, chorvachilikka oid va umumiy fondlarga boiinadi. Bundan
tashqari qishloq xo'jaligida tor doirada foydalaniladigan asosiy fondlar borki,
ulardan faqatgina bir mahsulotni ishlab chiqarishda foydalaniladi. Masalan, don
kombaynlari, paxta teruvchi mashinalar, sut sog‘ish apparatlari va hokazo.
94
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qishloq xo‘jaligi asosiy fondlarining turkum lanishi
5.1-chizma.
95
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish jarayonida qishloq xo'jaligi ishlab
chiqarishida bevosita qatnashuvchi fondlar muhim ahamiyatga ega, chunki ular
asosiy ishlab chiqarish fondlarining 80 foizga yaqinini tashkil qiladi. Bu
fondlarga quyidagilar kiradi:
• qishloq xo‘jaligi yerlari;
• binolar va inshootlar;
• traktorlar va boshqa qishloq xo‘jalik texnikalari;
• mashina va mexanizmlar;
• transport vositalari;
• ishlab chiqarish va xo'jalik inventarlari;
• mahsuldor va ishchi hayvonlar;
• ko‘p yillik mevali daraxtlar;
• yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun qilingan xarajatlar;
• asbob-uskunalar va boshqa shu kabilar.
Asosiy fondlar ishlab chiqarishning so‘nggi natijalariga bir xilda ta'sir
etmaydilar. Shuning uchun ular aktiv va passiv fondlarga ajratiladi. Aktiv
fondlarga ishlab chiqarish jarayonida faol
qatnashadigan traktorlar,
kombaynlar, avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, transport vositalari,
mahsulotlarni realizatsiya qilishda ishtirok etadigan vositalar va boshqalar
kiradi.
Passiv fondlarga esa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida bevosita
qatnashmaydigan binolar, inshootlar, melioratsiya obyektlari kiradi. Barcha
asosiy vositalardan yil davomida toTiq foydalanishga harakat qilish kerak.
Qishloq xo‘jalik korxonasidagi asosiy fondlaraing tarkibi o'zining
moddiy xarakteriga va ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan vazifasiga qarab
quyidagi guruhlarga boTinadi:
a) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi asosiy fondlari (imorat, inshootlar,
traktorlar, uzatuvchi moslamalar, mashina va mexanizmlar, mahsuldor
hayvonlar, ko‘p yillik mevali daraxtlar va boshqalar);
b) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga bogTiq bo‘lmagan asosiy fondlar
(sanoat ishlab chiqarishi vositalari, qurilish tashkiloti vositalari, savdo va
umumiy ovqatlanish shaxobchasi vositalari va boshqalar);
d) noishlab chiqarish asosiy fondlari (uy-joy kommunal xo'jaligi,
tibbiyot muassasalari, bolalar bog‘chasi, klublar, istirohat bogTari, maishiy
xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va boshqa shu kabilaming vositalari).
Asosiy vositalardan yillar davomida foydalanilishi natijasida jismoniy
jihatdan eskiradi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida yangi, zamonaviy
texnikalaming yaratilishi, takomillashtirilishi tufayli ular ma'naviy jihatdan
ham eskiradi.
Asosiy vositalaming eskirishini ulaming amaldagi eskirish me'yorlari
yordamida aniqlash mumkin. Ulaming eskirish qiymati amortizatsiya sutnmasi
deb ataladi. Asosiy vositalaming eskirishini belgilab beravchi amortizatsiya
96
www.ziyouz.com kutubxonasi
me’yori asosida ulaming eskirish summasi
aniqlanadi:
As
=
^^-xAn
100
quyidagi formula yordamida
Bunda:
As -
asosiy vositaning amortizatsiya summasi (ming so‘m);
Abq -
asosiy vositaning balans qiymati (ming so‘m);
An -
asosiy vositaning eskirish me'yori, foizda.
Asosiy vositalaming eskirish me’yori berilmaganda asosiy vositaning
balans qiymatini uning xizmat qilish muddatiga taqsimlash natijasida eskirish
summasi aniqlanadi. Xo‘jalikda asosiy vositalar kapital ta'mirlangan bo'lsa,
ushbu summa ularning balans qiymatiga qo‘shiladi.
Eskirish summasi yetishtirilayotgan mahsulotlar, ko'rsatilayotgan
xizmatlaming tannarxiga belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Korxonadagi asosiy
vositalar uchun hisoblangan amortizatsiya summalari yig'ilib amortizatsiya
fondini tashkil etadi va u mayjud asosiy fondlami ta'mirlash, ishga yaroqli
holatda saqlab turish va yangilarini sotib olish maqsadlarida ishlatiladi.
Amortizatsiya fondi mablagiarini belgilangan maqsadlar uchun sarflash, uning
boshqa maqsadlarga sarflanishiga yo‘1 qo'maslik lozim.
2008-yil
1-yanvardan
amaliyotga joriy
etilgan
0 ‘zbekiston
Respublikasi soliq Kodeksida asosiy fondlar amortizatsiyasining eng yuqori
me'yorlari belgilab berilgan va u quyidagi 5.1-jadvalda keltirilgan.
5.1-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |