Moddiy-texnika resurslarining turkumlanishi.
4.1-chizma.
80
www.ziyouz.com kutubxonasi
Moddiy-texnika resurslarining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi
o‘mi va ahamiyati juda ulkan. Chunki takror ishlab chiqarish jarayonida
dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari talab darajasida yetishtirilishi hamda
ish va xizmatlar talab darajasida bajarilishi barcha resurslaming miqdoriga
hamda sifatiga bog‘liq. Tarmoqning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi,
ishlab chiqarish jarayonlarining amalga oshirilishi asosan moliyaviy resurslar
bilan bog‘langan. Shunday ekan, kelajakda qishloq xo‘jaligining moddiy-
texnika resurslari talab darajasida baipo etilishiga alohida e'tibor berish zarur.
Xo'jaliklaming moddiy-texnika bazasi qanchalik mustahkam, ya’ni
zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, mexanizmlar bilan yaxshi
ta’minlangan bo‘lsa, barcha ishlar shu texnika vositalari yordamida bajarilishi
ta’minlanadi. Mehnatning mexanizatsiyalashganligini ko‘rsatuvchi bunday
sharoit natijasida qo‘l kuchi bilan bajariladigan ishlar kamayadi. Mehnat
unumdorligi oshadi va mahsulot tannarxi pasayishiga, pirovard natijada
daromadlaming
oshishiga
olib
keladi.
Bu
mehnatning
xarakteri
o‘zgarayotganligidan dalolat beradi, ayni paytda ishchi-xizmatchilaming bilimi,
malakasi oshirilishini ham talab etadi.
Qishloq xo'jaligi
moddiy-texnika
resurslari
tarkibida chorva
hayvonlari va mevali daraxtlaming ham kirishi tarmoqning muhim xususiyati
ekanligiga alohida e’tibor berish,
shimingdek, sanoat tarmoqlarida ishlab
chiqarilgan moddiy-texnika vositalari, traktorlar, mashinalar, mexanizmlar,
dastgohlar,
kimyoviy vositalar, yoqilg'i, yog‘lovchi materiallar va
boshqalaming ishtirokini ham e'tiborga olish lozim. Ulardan foydalanish
samaradorligiga tarmoq ishlab chiqarishining mavsumiyligi ham ta'sir etadi.
Qishloq xo'jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini yaratishda
yuqorida ta'kidlangan xususiyatlarni e’tiborga olish, shuningdek, ishlab
chiqarishning joylashganligi hamda ixtisoslashganligiga alohida ahamiyat
berish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga ilg‘or texnologiyalarning joriy
etilishini hamda texnologik jarayonlarda bajariladigan barcha ishlami
mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish imkonini yaratish lozim.
Qishloq xo'jaligida moddiy-texnika resurslari asosan quyidagi
manbalar hisobiga barpo etiladi:
- korxonaning o‘z mablagiari;
- chetdan jalb etiladigan mablagiar.
Birinchi manbaga korxonaning mahsulotlar sotish, ish va xizmatlar
bajarish natijasida olayotgan pul daromadlari, taqsimlanmagan foydadan
ajratilayotgan mablag', amortizatsiya fondi mablagiari, foydalanilmayotgan
ayrim asosiy vositalarini sotishdan, ijaraga berishdan tushgan pul tushumi va
boshqa manbalardan olingan m ablagiar kiradi.
Ikkinchi manbaga irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari, ekologiya hamda
ijtimoiy sohalar uchun
davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagiar,
81
www.ziyouz.com kutubxonasi
banklaming kredit mablagiari, korxona tomonidan aholi va boshqa korxonalar
ixtiyoridagi bo‘sh pul mablagiarini jalb etish maqsadida qimmatli qog‘ozlarni
muomalaga chiqarib sotishdan tushgan tushum, turli manbalardan jalb
etilayotgan investitsiyalar, homiylaming mablagiari va boshqa manbalardan
jalb etiladigan m ablagiar kiradi.
Bu manbalardan jalb etilgan m ablagiar hisobiga qishloq xo‘jalik
korxonalari moddiy-texnika vositalarini ishlab chiqaruvchilaming bevosita
o‘zlaridan yoki birjalardan, ko‘rgazmalardan, auksionlardan shartnomalar
asosida sotib olib, moddiy-texnika bazalarini mustahkamlashlari, ayrim
hollarda foydalanish uchun ijaraga olishlari mumkin. Qishloq xo‘jalik
korxonalari moddiy-texnika resurslarini shakllantirishda lizingdan ham keng
foydalanishlari lozim. Shunday tartibda shakllantirilgan moddiy-texnika
resurslaridan xo‘jaliklar yil mobaynida to‘liq va samarali foydalanishsa, barcha
turdagi tadbirlami vaqtida, sifatli amalga oshirishga erishadilar.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda moddiy-texnik ta'minot masalasiga
eng ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralayotganligi sababli 2008-yilda
tarmoqqa xorijdan 1149 dona BT-150 va T-4A msumidagi zanjirli va 459 ta
MXM-140 rasumli haydov traktorlari hamda 386 ta yuqori unumli CLASS
kompaniyasining «Dominator-130» rasumli don o‘rish kombaynlari olib
kelindi. Lizing asosida qishloq xo‘jalik korxonalariga jami 48,9 mlrd. so'mlik
3459 dona turli xildagi texnikalar yetkazib berildi. 2009-yilda ham 7547 ta
texnika lizing, kredit asosida olish orqali texnika ta'minotini kuchaytirish
ko'zda tutilgan edi.
Agrofirma, feimer xo‘jaliklari va boshqa xo‘jalik subyektlarining
moddiy
texnika
bazasini
mustahkamlash, ulami
zarar
texnikalar,
minitexnologiyalar va ixcham uskunalar bilan ta'minlashda mamlakatimizda
o'tkazilayotgan turli ko‘rgazmalar ham muhim ahamiyatga ega. Jumladan,
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan va
an'anaviy
tarzda
o'tkazib
kelinayotgan
qishloq xo‘jaligi
uchun
minitexnologiyalar va ixcham uslcunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan
“Uzbekistan Agrominitech Expo” ko‘rgazma savdolari ham qishloq xo‘jalik
korxonalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda muhim omil boTib
xizmat qilmoqda. Ushbu ko'rgazma-savdolari doirasida umumiy qiymati 25,2
mlrd. so‘m va 2,2 mln. AQSh dollariga teng boTgan 878 loyiha bo'yicha
minitexnologiyalar va ixcham uskunalar olib kelib o‘matilgan. 2008-yildan
ko‘rgazma savdosini minitexnologiyalar va ixcham uskunalar ko'rgazma
savdosini qishloq xo‘jaligining ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlari bo'yicha
o'tkazila boshlandi. 2009-yil 23-sentabrda Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligi
va oziq-ovqat mahsulotlarining ”Food Week Uzbekistan” hamda mazkur
sohaga oid zamonaviy texnologiyalaming ”Agri Tech Uzbekistan” xalqaro
ixtisoslashgan koTgazmalari ish boshladi. Ushbu ko'rgazmalarda mahalliy
82
www.ziyouz.com kutubxonasi
ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan
60 ga yaqin kompaniyaiar o‘zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etdi.
Shu kabi ko‘rgazmalar mazkur sohada faoliyat yurituvchi xorijlik
tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va shu orqali sohaga
investitsiyalar oqimini ko‘paytirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |