Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


www.ziyouz.com kutubxonasi 6-BOB



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/140
Sana05.06.2022
Hajmi10,95 Mb.
#638925
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   140
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

112
www.ziyouz.com kutubxonasi


6-BOB
QISHLOQ XO ‘ JALIGID A MEHNAT
RESURSLARIDAN FOYDALANISH VA MEHNAT
UNUMDORLIGINIOSHIRISH YO‘LLARI
• Mehnat resurslarining qishloq xo‘jaIigidagi ahamiyati va o‘ziga xos 
xususiyatlari.
• Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini 
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ulami aniqlash tartibi.
• Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari.
6.1. Mehnat resurslarining qishloq xo‘ja!igidagi ahamiyati va o‘ziga xos
xususiyatlari.
Mamlakatimizning qishloq xo'jalik mahsulotlariga bo‘lgan barcha 
talablarini qondirishda mehnat resurslarining ahamiyati katta. Qishioq xo‘jaligi 
ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun moddiy, mehnat va kapital 
resurslari mavjud bo‘ lishi shart. Ushbu resurslar ichida mehnat faol resurs 
bo'lib, qolgan ikkita resursni bir-biri bilan bog'laydi va uning darajasi ishlab 
chiqarish jarayonining natijalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Mehnat - bu insonning ongli, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatidir. 
Ishlab chiqarish jarayoni inson mehnati, mehnat predmetlari va vositalari, tabiiy 
sharoitlaming samarali uyg‘unlashishini talab etadi. Inson shu ishlab chiqarish 
vositalarini ma'lum hududda, davrda ishga solib, ishlab chiqarish jarayonini 
amalga oshiradi. Jumladan, ekinlar ekiladigan yerlarni shudgorlash, ekishga 
tayyorlash, ekish, suv berish, ishlov berish, hosilni terib olish va boshqalar. 
Ishlab chiqarish jarayonining samarasi, avvalo, mehnat resursining bilimiga, 
malakasiga, mehnatga munosabatiga, qolaversa, fan-texnika taraqqiyotiga, 
ishlab chiqarish vositalarining sifatiga, holatiga va nihoyat, tabiiy sharoitga 
bogiiq. Demak, inson o‘z faoliyatini ularning barchasini oqilona, uddaburonlik 
bilan samarali ishga solishga qaratishi kerak. Shunday mehnat iqtisodiy 
kategoriya hisoblanadi. Uning tabiati ishlab chiqarish munosabatlari bilan 
belgilanadi. Demak, talabni qondira olish qobiliyatiga ega bo'lgan qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, xizmatlami bajarish insonning ongli 
faoliyati, ya’ni mehnatiga bevosita bog‘liqdir.
Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslari tarkibiga mehnat qobiliyatiga 
ega bo‘lgan 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 16 yoshdan 55
113
www.ziyouz.com kutubxonasi


yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar hamda o ‘z xohishiga ko‘ra mehnat faoliyati 
bilan shug'ullanayotgan o‘smirlar va pensionerlar kiradi. Qishloq xo'jaligida 
o‘smirlar asosan mavsumiy ishlarga jalb etiladilar.
Qishloq xo‘jaligida melinat resurslarining tarmoq xususiyatlaridan 
kelib chiqqan holda quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:
- mehnat va uning samarasi tabiiy sharoit bilan bog'liq;
- mehnat resursidan foydalanishga qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining 
mavsumiyligi katta ta'sir ko‘rsatadi;
- qishloq xo‘jaligidagi mehnat jarayoni tirik organizmlar bilan uzviy 
bogiangan;
- qishloq xo‘jaligida mehnat jarayonining mexanizatsiyalashganlik va 
avtomatlashganlik darajasi past;
- tarmoqda mehnat jarayoni tor doirada ixtisoslashmagan;
- qishloq joylarida mehnat resurslari sonining o‘sish sur'ati nisbatan yuqori 
va hokazo.
Ta'kidlangan xususiyatlar tarmoqda sarflanadigan mehnatning miqdoriga, 
sifatiga va samarasiga bevosita ia’sir etadi. Tabiiy sharoitlar, ya'ni iqlim va 
yeming holati mehnat resursining samaradorligiga bevosita ta'sir qiladi. Qish 
oylarida mehnat resursiga bo‘lgan talab keskin kamayib, bahorda va hosilni 
yig‘ib olishda esa unga bo‘lgan talab ortadi. Shu davrda mavsumiy ishcbilami 
shartnoma asosida jalb qilish talab etiladi. Dehqonchilik va chorvachilikda 
mehnat qilayotgan xodimlar o'simliklaming hamda chorva mollarining 
xususiyatlarini bilishlari lozim. Tarmoqning yangi, unumli texnikalar bilan 
talab darajasida ta'minlanmaganligi ayrim ish jarayonlarini (sug‘orish, 
yagonalash, hosilni yig‘ib olish, chorva hayvonlarini oziqlantirish, sog'ish va 
boshqalar) to‘liq mexanizatsiyalashtirish imkonini bermaydi, natijada jonli 
mehnat xarajatlari yuqori bo'ladi. Qishloq xo'jaligida mehnat jarayonini 
amalga oshirishda uning samarali boTishini ta'minlash uchun barcha 
xususiyatlami e'tiborga olish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslarining huquqiy asoslariga Oliy 
Majlis tomonidan qabul qilingan «Mehnat Kodeksi» (04.1996), «Aholini ish 
bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni (05.1998), 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2007-yil 6-apreldagi «Aholi 
bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari 
faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-616 sonli Qarori, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-maydagi 
«Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band boTmagan aholini hisobga 
olish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 106-sonli Qarori va 
boshqalar kiradi.
2009-yil 1-yanvar holatiga respublikamiz doimiy aholisi soni 27555,3 
ming kishini tashkil etgan boTib, 2008-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 483,1
114
www.ziyouz.com kutubxonasi


ming kishiga yoki 1,8 foizga oshgan. Aholining tabiiy ko'payishi (tug'ilish va 
o‘lim orasidagi farq) 508,2 ming kishini tashkil etgan bo'lib, shundan 331,8 
ming kishi yoki 65,2 foizi qishloq joylariga to‘g‘ri keladi. 2008-yilda 
iqtisodiyotda band bo'lgan aholi soni 11035,4 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, 
2007-yilga nisbatan 2,8 foizga oshgan. 2008-yilda bandlikka ko'maklashish 
tashkilotlariga ishga joylashish masalasida 623,3 ming kishi murojaat qilgan 
bo‘lib, ulaming 546,6 ming nafari yoki 87,7 foizi ish bilan ta'minlangan.
Mamlakatimizning 2008-yil yanvar-dekabr holatiga mehnat resurslari 
va ulaming bandligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar 6.1-jadvalda keltirilgan.
6.1-jadval

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish