Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish va ulaming
samaradorligini yuksaltirish yo‘llari quyidagilar:
a) dehqonchilik mahsulotlari yalpi hosilini ko'paytirish uchun:
- ekin maydonlarini kengaytirish;
- ekinlaming hosildorligini oshirish zarar;
b) hosildorlikni oshirish uchun:
- ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash;
- ekin maydonlarining suv bilan ta’minlanishini yaxshilash va sug'orishning
zamonaviy, tejamkor usullarini qo‘llash ;
- urug‘lami sermahsul, tezpishar navlarini ekish;
- mineral va maballiy o‘g‘itlardan oqilona foydalanish;
- boshqa kimyoviy vositalardan samarali foydalanish;
- agrotexnik tadbirlarni muddatida va sifatli bajarish;
- almashlab ekishni joriy etish;
- ishchi va xizmatchilami moddiy va ma'naviy rag'batlantirish;
- ishlab chiqarish vositalaridan to‘liq va samarali foydalanish lozim.
d) mahsulot yetishtirishda xarajatlami tejash uchun:
- zamonaviy texnikalami, ilg‘or texnologiyalami joriy etish;
- mahsulot yetishtirish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirishga e'tibor berish.
e) ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va
ekinlami maqsadga muvofiq
joylashtirish zarar;
f) yetishtirilgan hosilni tashish va saqlash jarayonlarini samarali tashkil etish
lozim;
g) mahsulotlarni bozor talablari asosida sotishni amalga oshirish kerak.
Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishning ikkita —
ekstensiv va intensiv usullari mavjud.
Ekstensiv usulda mahsulot miqdori asosan ekinlar maydonini
ko‘paytirish
hisobiga, intensiv usulda esa ekinlarning hosildorligini oshirish
hisobiga ta'minlanadi. Dehqonchilik mahsulotlari miqdorini intensivusul orqali
ko'paytirish uchun tuproq unumdorligi oshishini ta'minlashga qaratilgan
tadbirlarni
amalga oshirish, masalan, irrigatsiya-melioratsiya tizimini qurish,
ta’mirlash, yerlami tekislash, o‘g‘itlardan
samarali foydalanish, almashlab
ekishni joriy etish kerak.
Yetishtirilayotgan mahsuiotlar samaradorligini yuksaltirish uchun esa
ishlab chiqarish va boshqarish xarajatlari tejalishini ta’minlaydigan tadbirlami
oqilona amalga oshirish zarur. Buning uchun mehnatni
tashkil etishning bozor
iqtisodiyoti talablariga mos shakllarini tatbiq qilish, ishlab chiqarish,
hosilni
yig'ishtirib olish, saqlash jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, ishlab chiqarish
vositalaridan to iiq va samarali foydalanish, zamonaviy texnika, ilg‘or
texnologiyalarni
joriy etish, ishchi-xizmatchilarning moddiy va ma’naviy
rag‘batlantirilishini izchillik bilan amalga oshirish kerak.
268
www.ziyouz.com kutubxonasi
Dehqonchilik
mahsulotlari
yetishtirishni
ko'paytirish,
uning
samaradorligini yuksaltirish maqsadida xo'jaliklarda faoliyat ko'rsatayotgan
barcha a'zolaming ishlab chiqarishga bo‘lgan munosabatlarini bozor talablari
asosida tubdan o‘zgartirish lozim. Ya’ni, ular mahsulot yetishtirish, yig‘ishtirib
olish, saqlash va sotish bilan bogiiq
boigan munosabatlarni vaqtida, oqilona
amalga oshirishdan moddiy manfaatdor boiishlari kerak.
Yuqorida ta’kidlangan barcha tadbirlar vaqtida,
sifatli amalga
oshirilishi natijasida dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish hajmi ko‘payib,
ulaming samaradorligi yuksalishi ta'minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: