Iqlim sharoitlari va quyosh energiyasining optimal tushishi ta'sirida
yurtimizda yetishtirilayotgan meva va uzumning sifati va ta’m xususiyatlari
juda
yuqori darajada bo‘ladi. Shu sababli respublikamizda
yetishtirilgan
mevalarga xorijiy mamlakatlarda, ayniqsa Rossiya Federatsiyasida talab yuqori.
Shuni e'tiborga olgan holda, meva va uzum yetishtirishni ko‘paytirish, aholi
ehtiyojlarini to'liq qondirish hamda xorijiy mamlakatlarga eksport qilishni
yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tadbirlami izchil amalga oshirib borish lozim.
Amalga
oshirilayotgan
islohotlar
va
hukumatimiz
tomonidan
qaratilayotgan e'tibor tufayli mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
yetishtirishni ko‘paytirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash borasida
ijobiy natijalarga erishilmoqda. Bunda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2008-yil
20-oktabrdagi
«Oziq-ovqat
ekinlari
ekiladigan
maydonlami
optimallashtirish
va
ulami
yetishtirishni
ko‘paytirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi 4041-sonli Farmoni va 2009-yil 26-yanvardagi «Oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozomi to‘ldirish yuzasidan
qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi
Q-1047-sonli
qarorini alohida
ta’kidlab o‘tish lozim. Bundan tashqari Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul
qilingan "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturida ham oziq-
ovqat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu
me’yoriy hujjatlarga muvofiq tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda hamda
qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirishga erishilmoqda.
Mamlakatimizda 2008-yilda kartoshka ekilgan maydon 7,1 foizga,
sabzavot ekin maydoni 1,4 foizga, poliz ekinlari maydoni 11,0 foizga oshgan
boisa, chorva ozuqasi ekinlari maydoni 4,2 foizga qisqargan va 278,1 ming
gektami yoki umumiy ekin maydonining 7,7 foizini tashkil etgan. Bunday hol
ekinlarni almashlab ekishga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Shuning uchun
kelajakda ekin maydonlari salmog‘ini tartibga solishda almashlab ekish joriy
etilishini ta'minlashga alohida e'tibor berish lozim.
Surxondaryo viloyatida ham qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i
hisoblangan dehqonchilikni rivojlantirishga katta e'tibor berilmoqda.
2008-
yilda viloyatda 345,6 ming tonna paxta xomashyosi va 607,2 ming tonna don
tayyorlangan.
2008-yilda Surxondaryo viloyatida 123 ming gektar yerga paxta
ekilgan bo‘lib, 345,6 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirildi. Viloyatda 99,2
ming gektarga, shu jumladan 95,0 ming gektar sug‘ori!adigan va 4,2 ming
gektar lalmi maydonlarga boshoqli don ekilgan bo'lib, barcha toifadagi
xo‘jaliklarda 607187 tonna don, shundan 585736
tonna boshoqli don, shu
jumladan 578379 tonna bug‘doy tayyorlandi. Jami tayyorlangan donning
481854 tonnasi umumiy sektorda va 125333 tonnasi dehqon xo‘jaliklarida
yetishtirildi. 2008-yilda viloyatda barcha turdagi xo‘jaliklarda 105,9 ming
tonna kartoshka ishlab chiqarilib, 2007-yilga nisbatan 109,7 foizni tashkil
263
www.ziyouz.com kutubxonasi
etgan. Bundan tashqari 369183 tonna sabzavot yetishtirilgan bo‘lib, uning
89927 tonnasi umumiy sektorda, 279256 tonnasi dehqon xo'jaliklarida ishlab
chiqarilgan. Surxondaryo viloyatida 2008-yilda 93275 tonna poliz mahsulotlari,
46029 tonna uzum va 77523 tonna ho‘l meva ishlab chiqarildi.
Dehqonchihkning respublikamiz hamda qishloq xo‘jalik
korxonalari
iqtisodiyotidagi o‘mini, ahamiyatini e'tiborga olgan holda kelajakda ulami
rivojlantirish va samaradorligini yuksaltirish eng asosiy vazifalardan biridir. Bu
muammoni ijobiy hal etish uchun, avvalo, erkin bozor talabiarini e'tiborga
olgan holda qanday turdagi dehqonchilik mahsulotlarini va qancha miqdorda
yetishtirish zarurligini aniqlab olish lozim. Bunda davlatning qanday
mahsulotlarga va qancha miqdorda ehtiyoji borligini aniqlashga alohida e'tibor
berish lozim. Chunki davlat aholi ehtiyoji uchun zamr tovar ishlab
chiqaruvchilar uchun imtiyozlar yaratmoqda.
Xo'jaliklar boshqa iste'molchilaming qisqa va uzoq muddatli
talablarini ham chuqur o'rganishlari hamda o‘z
ichki ishlab chiqarish
ehtiyojlarini aniqlab olishlari lozim. Qaysi mahsulotni va qancha miqdorda
yetishtirish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlashda ulaming samaradorligini
e'tiborga olish zamr. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo'jalik
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta'minlaydigan miqdorda foydaga
erishishi lozim. Yuqorida ta'kidlangan masalalami hal etishda ekinlami
almashlab ekishning nazariy hamda amaliy jihatdan asoslangan tizimi joriy
etilishiga ham alohida e'tibor berish kerak. Chunki bu tuproqning unumdorligi
oshishini ta'minlaydi va chorvachilikning mustahkam
ozuqa bazasi bilan
ta’minlanishiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Dehqonchilik mahsulotlarini belgilangan miqdorda yetishtirish uchun
zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini: ulaming turlarini, miqdorini hamda
holatini aniqlab olish alohida ahamiyatga ega. Chunki ular yordamida mahsulot
yetishtirish jarayonlari belgilangan muddatlarda, sifatli bajarilishi ta’minlanadi.
Natijada ishlab chiqarish xarajatlari tejaladi foyda hajmi oshadi.
Dehqonchilik
tarmoqlarida
yetishtirilayotgan
mahsulotlaming
samaradorligi bir qancha ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Ular miqdor
(natural) va qiymat shaklida namoyon bo‘lib, quyidagi ko‘rsatkichlar orqali
aniqlanadi:
a) ekin turlari bo‘yicha 1 gektar maydondan olingan hosil, ya’ni
ekinlaming
hosildorligi. Uni aniqlash uchun jami yetishtirilgan hosilni shu hosil olingan
ekin maydoniga taqsimlash lozim. Buning uchun quyidagi formuladan
foydalanish mumkin:
Em
Bunda:
H d -
ekinlarning hosildorlik darajasi, sentner/ga;
YaH—
olingan yalpi hosil, tonna yoki sentner;
264
www.ziyouz.com kutubxonasi
Em
- ekin maydoni, ga.
b) ekinlaming turlari bo'yicha ishlab chiqarish tannarxi. Uni jami ishlab
chiqarish xarajatlar summasining olingan mahsulot miqdoriga nisbati bilan,
ya'ni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
. .
'LlChX
Mtt =
— — --------
YaH
Bunda:
Mtt
- mahsulot turini yetishtirish tannarxi, so‘m/sentner. Bu
ko‘rsatkich yetishtirilgan har bir mahsulotning bir sentneri necha so‘mga
tushganligini ko'rsatadi.
d)
Mahsulot turlari bo'yicha rentabellik darajasi. Ushbu ko'rsatkich
mahsulotlami sotishdan olingan foydani ushbu mahsulotlarning ishlab chiqarish
xarajatlariga bo‘lish va natijani 100 ga ko‘paytirish orqali topiladi.
Bunda
quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Bunda:
R
- har bir mahsulot turining, dehqonchilik tarmog'ining rentabellik
darajasi, foizda;
SF
- olingan sof foyda, ming so‘m.
Barcha vositalardan yil davomida to‘g‘ri, to'liq hamda samarali
foydalanish orqali talabni qondiradigan miqdorda sifatli dehqonchilik
mahsulotlari yetishtirish, ulaming samaradorligini yuksaltirish uchun muayyan
chora-tadbirlami amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: