-elektr magnit maydonlarda qo’llash mumkinligi ma’lumki, shunday binolar borki, u yerda ishlatilgan metallar elektr magnit to’lqinlarga ta’sir qiladi va ularning sifati buziladi. Bundan tashqari kompozit armaturalar elektr tokini ham o’tkazmaydi. Bu esa tasodifiy yong’inlardan asraydi;
-elektr magnit maydonlarda qo’llash mumkinligi ma’lumki, shunday binolar borki, u yerda ishlatilgan metallar elektr magnit to’lqinlarga ta’sir qiladi va ularning sifati buziladi. Bundan tashqari kompozit armaturalar elektr tokini ham o’tkazmaydi. Bu esa tasodifiy yong’inlardan asraydi;
-uzoq yillik kafolat hozirgacha aniqlangan tekshiruvlardan shunday xulosa qilinadiki, po’lat armaturalardan kompozit armaturalar yaroqlilik muddati 3 marta ko’proq ekanligi isbotlandi va 80 yilga kafolat berilishi mumkin;
-uzilishga bo’lgan mustahkamligi po’lat armaturanikiga qaraganda bir necha marta katta. Hamda kompozit armaturalarni ishalab chiqarishda xohlaguncha uzunlikda ishlab chiqarish mumkin.
-kompozit armaturani harorati 6000C dan oshgandan so’ng unda ichki tolalarning uzilishi ro’y bera boshlaydi va albatta buning natijasida bu armaturalar o’z mustahkamligini yo’qotadi;
-kompozit armaturalarni po’lat armaturalar singari oddiy elektr payvandlagich yordamida payvandlash mumkin emas, bu o’z navbatida unga maxsus ishlarni bajarish kerakligini ko’rsatadi.
Kompozit armaturalar hozirgi zamonda zamonaviy qurilish materiali hisoblanadi. Uning ham qavatli binolarda foydalanish mumkin ammo bu turdagi armaturalardan ko’p qavatli binolardan foydalanish o’z navbatida ortiqcha hisob kitob va kimyoviy ko’rsatkichlarni aniqlashni talab etadi. Ko’p qavatli binolarda kompozit armaturalardan foydalanish tavsiya etilmaydi, sababi bu armatura deformatsiyaga chidamsiz bo’lgani uchun uni ko’p qavatli binolarda foydalanish nisbatan xavfli deya e’tirof etiladi.
Xulosa qilib aytganda, kompozit armaturalar oxirgi yillarning ulkan kashfiyoti deyish mumkin, chunki po’lat armaturalar o’rnini bosa oladigan va qurilishda keng ko’lamda ishlatilsa bo’ladigan qurilish materiali hisoblanmoqda. Bugungi kunda kompozit armaturalarni ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, xom-ashyo xossalarini yaxshilash, kompozit armaturalarni qurilishni barcha jabhalariga tadbiq qilishni ilmiy amaliy asoslash muhim ahamiyat kasb etmoqda.