O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCHDAVLAT UNIVERSITETI
|
«TASDIQLAYMAN»
O`quv ishlari bo’yicha prorektor
__________dot. S.U.Xo`djaniyazov .
«__ » _____________ 2020 yil
|
«Ichki yonuv dvigatellari »
FANI BO’YICHA
ISHCHI O’QUV DASTURI
Bilim sohasi: 300000-Ishlab chiqarish texnik soha.
Ta’lim sohasi: 310000 - Muhandislik ishi.
Ta’lim yo’nalishi: 5310600-Yer usti transport tizimlari va uning ekspluatatsiyasi (2-mutaxassislik uchun)
Umumiy o’quv soati – 137 soat shu jumladan
Ma’ruza -10 soat (__-semestr)
Tajriba mashg'ulotlari – 10soat
Amaliy mashg’ulot – 4 soat
Mustaqil ishi – 113 soat
Urganch 2020 yil
Fanning ishchi dasturi O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan _20______yil ‘’______’’ ___ dagi “_____’’-sonli buyrug’ining 2- ilovasi bilan fan dasturi ro`yxati tasdiqlangan ‘’Ichki yonuv dvigatellari ’’fan das-
turi asosida ishlab chiqilgan va Urganch davlat universiteti kengashi tomonidan_______ yil __________ _____ –sonli bayoni tasdiqlangan.
Fan dasturi Toshkent davlat texnika universiteti kengashi tomonidan ____yil ‘’__’’
____dagi ‘’__’’- sonli bayonnomasi bilan tasdiqqlangan.
Tuzuvchi:
Xusainov B. - UrDU “Transport tizimlari” kafedrasi o`qituvchisi
Taqrizchi:
B. A. Sabirov - UrDU “Transport tizimlari” kafedrasi dotsenti
X. Adambayev- “Opel Trans” MCHJ bosh muxandisi
UrDU “Texnika” fakulteti
dekani
2020 yil “ “ f.-m.f.n., dots. M.Q.Qurbanov
UrDU “Transport tizimlari”
kafedrasi mudiri
2020 yil “ “ t.f.n., dots. I.S. Ruziyev
1.O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Ushbu dastur IYoDlarini nazariy tsikllari; IYoDlaridagi ishchi jarayonlar; yonish mahsulotlarining zaharliligi va ularni kamaytirish bo’yicha zamonaviy konstruktiv va texnologik tadbirlar; ishchi tsiklning indikator ko’rsatkichlari; dvigateldagi mexanik yo’qotishlar va ularni kamaytiruvchi yangi konstruktsiyalar va texnologiyalar; dvigatelning effektiv ko’rsatkichlari; dvigatellarning ish rejimlari va xarakteristikalari; dvigatellarda issiqlikdan foydalanish; porshenli dvigatellar kinematikasi va dinamikasi masalalarini o’z ichiga qamrab olgan.
Fanni o’qitishdan maqsad – zamonaviy porshenli IYoDlari ishchi jarayonlari nazariyasi asoslari bo’yicha yo’nalish profiliga mos, tahlim standartida talab qilingan bilimlar darajasini tahminlashdir.
Fanning vazifalari – IYoDlarining tsikllari, tsiklning va dvigatelning ko’rsatkichlari, dvigatellarning ish rejimlari va xarakteristikalari, dvigatellarda issiqlikdan unumli foydalanish, porshenli dvigatel dinamikasi masalalarini talabalar o’zlashtirishidir.
Dasturga porshenli ichki yonuv dvigatellarining ishchi tsiklining nazariyasi asos qilib olingan.
O’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
bilimlarning bir butun tizimi bilan o’zaro bog’liklikda ushbu fanning asosiy muammolari;
o’zining bo’lajak kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyati;
ichki yonuv dvigatellari ishchi jarayonlari rivojining tendentsiyasi;
IYoDlarini muvozanatlash haqida tasavvurga ega bo’lishi;
IYoD tsikllarining termodinamik asoslarini;
ishchi jismlar va ularning xususiyatlarini;
gaz almashtirish jarayonlarini;
siqish jarayonini;
aralashma hosil qilish, alangalanish va yonish jarayonlarini;
yonish va kengayish jarayonlarining termodinamik asoslarini;
ishchi tsiklning indikator ko’rsatkichlarini;
dvigateldagi mexanik yo’qotishlar va ularni kamaytirish usullarini;
dvigatel ishining effektiv ko’rsatkichlarini;
dvigatellar ish rejimlarini va xarakteristikalarini;
porshenli IYoD dinamikasini bilishi va ulardan foydalana bilishi;
dvigatelni issiqlik va dinamik hisobini bajarish va ularni tahlil qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi;
IYoDlari xarakteristikalarini olish tajribasiga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |