Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Urganch Filyali
Kompyuteni tashkil etish
Mustaqil ish
Mavzu: Kompyuterda ma’lumotlarning uzatilishi. Shina. Shina turlari va iyerarxiyasi
Bajardi: Khabibullaev Abrorbek
Guruh: 963-19
Tekshirdi:
Urganch 2021 yil
Reja:
1. Kiritish/chiqarishni shinali tashkil qilish.
2. PCI shinasining alohida xususiyatlari
3. Parallel shinalar
4.
2Parallel shinalar
3VLB
4PCI Express
5Razyomlari
21-mavzu. Kompyuterda ma’lumotlarning uzatilishi. Shina: tushunchasi, turlari, iyerarxiyasi
2 soat
Top of Form
Kiritish/chiqarishni shinali tashkil qilish.
Shina (bus) deganda axborot almashinishga mo’ljallangan ko’p razryadli va qandaydir standartga asoslangan interfeysni tushunish lozim.
Shinaning xususiyatlari:
Mantiqiy tashkil qilinganlik (razryadlar soni va mo’lajjanishi)
Fizik tashkil qilinganlik (razryadlar soni, interfeysga ulanish usuli)
Elektrik tashkil qilinganlik (ishlatadigan signal darajalari va b)
Protokolli tashkil qilinganlik (interfeys signallarining o’zaro bog’langanligi va b)
Ko’prik (bridje) – ikkita har xil interfeysni moslashtiruvchi interfeys.
Shinali arxitektura hisoblash mashinalari ilk yaratilganidan buyon keng qo’llanilmoqda. Odatda shina interfeysiga ma’lumotlar liniyasi, adres liniyasi, boshqarish loiniyasi kiradi, shuningdek elektr tokiga ulanish, “yerga ulanish” kabi ulanishlar ham kiradi.
Sistema shinasi deganda mashinaning turli qurilmalarini o’zaro aloqaga kirishini ta’minlovchi shina tushuniladi. Bu yerda yana lokal sistema shinasi tushunchasi ham mavjud bo’lib, u shinaning mo’ljallanishi va ishlashi sistema doirasida lokal, lekin sistemaning ichida joylashgan, masalan yadroda. Sistema shinasiga qarama-qarshi ravishda tashqi shinalar m,ashinani tashqi qurilmalar bilan bog’lashda xizmat qiladi. Odatda, bu shinalar ham standartlashgan bo’ladi, chunki turli ishlab chiqaruvchilarning turli qurilmalari mashinaga ulanishida muammo sodir bo’lmasligi kerak.
Tarixan hisoblash mashinalaridagi birinchi tizim shinasi deb ISA (Industrial Standart Architecture – arxitekturaning sanoat (industrial) standarti) tipidagi shinalar aytiladi. U 16 bitli ma’lumotlar shinasi bo’lib, 8,33 Hz chastotada ishlagan. Bu shinaning turli modifikatsiyalari EISA (Extended ISA), Microchannel, VLB (VESA Local Bus – VESA lokal shinasi, bunda VESA-Video Equipment Standarts Association – videoqurilmalar bo’yicha standart assotsiatsiyasi) va boshqalar hisoblanadi. ISA shinasi u yoki bu ko’rinishda boshqa tipdagi shinalarni ishlab chiqilishiga asos bo’ldi, masalan IDE (Integrated Device Electronics – qurilmaga integrallashgan elektronika) – diskli xotira qurilmalarini ulash shinasi. IDE standarti mukammallashib EIDE ga aylandi, keyin esa ATA (AT attachment – AT ga qo’shilish), keyin ATAPI(ATA ulanish protokoli) bo’lib, turli diskli xotiralarni (masalan CR ROM, DVD ROM va b) ulashda ishlatildi. Zamonaviy diskli xotira qurilmalari ATA 33/66/100 standartida ishlashga mo’ljallangan. ATA33 standarti (yoki Ultra DMA 33) axborot almashinish tezligini 33 megabit/s ga oshiradi, bunda takt impulsining ham oldingi, ham oxirgi frontlari ishlatiladi.ATA66 standartida (yoki UltraDMA66) shina chastotasi 16 MHz gacha oshiriladi, shinangn razryadliligi 32 gacha boradi.
Zamonaviy hisoblash mashinalari PCI (Peripherial Component Interconnect) shinasi bazasida qurilmoqda. PCI standartli shina nafaqat kompyuterlarda, balki sanoat mashinalari, katta EHM la va b.larda ham ishlatiladi.\
PCI shinasining alohida xususiyatlari:
Universal shina hisoblanadi, ya’ni hisoblash mashinalarining hech bir arxitekturasiga bog’lanib qolgan emas
Razryadliligi 32 bit, uzatish vaqti mobaynida adres shinasi va ma’lumot shinasi bo’lib xizmat qiladi
Takt chastotasi 33 MHz (64 va 166 MHz chastotali variantlari ham mavjud)
Tezkor protokol bilan ishlaydi
Ko’priklar bilan ishlash imkoniyati mavjud va b.
Ko’priklar bilan ishlay olishi PCI bazasida iyerarxik shinali arxitekturalarni qurish imkonini beradi. Zamonaviy bosqichda shina-ko’prikli arxitektura “Shimol-Janub” uslubida, shimoliy va janubiy ko’prikalrni orasida tashkil qilinadi.
Shimoliy ko’prikning vazifasi MP, ОЗУ, videotizim va mashinaning yadro interfeysini PCI shinasi bilan bog’laydi. Shuningdek, shimoliy ko’prik SCSI (o’qilishi – skazi ) bilan bog’lanishni ham bajaradi. Janubiy ko’prik esa ISA interfeysi bo’yicha tashqi qurilmalarga ulanish kontrollerlari, EIDE, USB, FireWire, parallel va ketma-ket portlar kontrollerlari, klaviatura, PS/2 va boshqa portlarni bog’laydi. Shimoliy va janubiy ko’priklar o’zaro PCI shinasi bilan bog’langan va ularning o’rtasida tashqi PCI platalarini ulashga mo’ljallangan fizik interfeyslar joylashgan. Shimoliy ko’prikka PCI shinasi bilan ulanadigan platadagi janubiy ko’prikdan tashqari tashqi ko’priklar vam ulanishi mumkin. O’z navbatida ular ham o’zlarining ko’priklariga ega bo’lishi va ulanishlar davom etaverishi mumkin. Bu esa PCI shinali arxitektura ochiq arxitektura ekanligini bildiradi.
Platani “Shimol” va “Janub” ga bo’lishdan olinadigan natija maxsuslashtirilgan va yuqori tezlikla yadroni standart sistema shinasidan va tashqi interfeyslardan ajratib olishdir. Pentium IV larda shimoliy shinaning chastotasi 400 MHz ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |