Urganch davlat universitetisan`atshunoslik fakulteti “Tasviriy sanat kafedrasi“



Download 103,86 Kb.
bet7/9
Sana05.04.2022
Hajmi103,86 Kb.
#530070
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Atabayeva Muharram

Dasrning mavzusi: o`zbek milliy liboslari eskizini ishlash.
Darsning vazifalari: o`quvchilarning badiiy-ijodiy qobiliyatlari va rasm ishlash malakalarini rivojlantirish. Bolalarning milliy o`zbek kiyimlari Haqidagi tasavvurlarini boyitish. Xalq san`atiga qiziqishlarini uyg`otish.
Darsning jihozlanishi: o`zbek milliy kiyimlarining suratlari, reproduksiyalari, diopozitivlari va slaydlari. O`qituvchining o`zi tayyorlagan bir necha milliy o`zbek kiyim eskizlari. Lotin Amerikasi, Afrika, Ovro`pa xalqlari kiyimlarining rasmlari. Katta yoShdagi erkak va ayol, o`g`il va qiz bola gavdasi tasvirlangan rasm.
Darsning mazmuni: o`qituvchi darsning mavzusini e`lon qilgandan so`ng o`zbek milliy kiyimlari Haqida qisqacha suHbat o`tkaziladi. Bu suhbatning bohhlanish qismida o`zbek milliy kiyimlari bilan bolalar avvalgi darsda tanishganliklarini Hisobga olib, ularga bir qator savollar beriladi. Bundan maqsad bolalarning o`zbek milliy kiyimlari haqidagi tasavvurlarini tiklash va boyitishdan iborat. Xususan, bu borada quyidagicha savollar beriladi:
-Qanday o`zbek milliy kiyimlarini bilasiz (erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari haqida alohida-alohida to`xtalish zarur)?
-O`zbek milliy kiyimlari boshqa xalqlar kiyimlaridan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
-Erkaklar milliy kiyimlari ansambliga qaysi kiyimlar kiradi? Ayollarnikiga-chi?
-Ayollarning kiyimlarida yosh xususiyatlar qanday hisobga olinadi? Erkaklarda-chi?
-O`zbek milliy erkaklar kiyimlari bilan ayollar kiyimlari o`rtasida qanday farq bor?
Shundan so`ng o`qituvchi bolalar javoblaridagi kamchilik va xatolarni ko`rsatib, suhbatga yakun yasaydi. U quyidagi mavzuda bo`ladi:
Har bir xalq o`z milliy kiyimlariga ega. Biroq ularning hammasida umumiylik bo`lib, ular bosh kiyim, ustki kiyim, oyoq kiyim, shuningdek, turli tuman taqinchoq kabilarda ko`zga tashlanadi.
Bu kiyim va taqinchoqlar majmuasi kostyum deb ataladi. Kostyumda kishi kiygan hamma kiyimlar (boSh, ustki, poyafzal, shuningdek, taqinchoqlar) bir-biriga shakl, rang, o`lchov jihatidan mos holda tayyorlanadi. Har bir halqning kostyumlari bir maqsadga qaratilgan bo`lsa-da, biroq ular bir-biridan farq qiladi.
Hatto, O`zbekistonning har bir viloyatida tikiladigan va kiyiladigan kiyimlarni bir-biridan farq qiladigan tomonlari ko`p. Xususan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari o`z uslubiga ega bo`lsa, Buxoro va Samarqand boshqa uslubga, Farg`ona vodiysi aholisi yana boshqa uslubga ega. Shunday fikrlarni Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo kabi viloyatlarning kiyimlari yuzasidan ham aytish mumkin. 52-rasm.
O`zbek xalqi turlicha iqlim sharoitlarida har xil kiyimlar kiygan. Ular erkaklar, ayollar, bolalar kiyimlariga bo`lingan.
Qisqacha suhbatdan so`ng o`qituvchi milliy kiyimlardan namunalar ko`rsatib, ulardan qaysilari qaysi viloyatga tegishli ekanligini, qaysi birlari kambag`allar va qaysilari boylar uchun mo`ljallanganligini aniqlash yuzasidan ko`rsatmalar beradi.
Savol-javobdan so`ng o`qituvchi rasmdagi kiyimlardan 1-2 tasini bolalar bilan birgalikda tahlil etadi va bolalarning navbatdagi vazifasi o`zbek milliy kiyimlari eskizini tayyorlashdan iborat ekanligini qayd qiladi. So`ngra o`z ko`rsatmalarini quyidagi mazmunda davom ettiradi:
Bolalar, avvalo daftaringizga doskadagi ko`rgazmali qurollarda aks ettirilgan odam qomati rasmini ishlang, so`ngra uning ustiga o`zingiz xoxlagan o`zbek milliy kiyimlarining rasmini ishlaysiz. O`zbekistonning qaysi viloyatiga xos kiyim ishlamoqchi bo`lsangiz, uning o`ziga xos tomonlarini saqlashga harakat qiling. Shuningdek, rasmingizda kiyimning qaysi mansabdagi yoki xizmatdagi kishilar uchun mo`ljallanganligini ham yodingizdan chiqarmang. Siz ishlagan kiyim eskizi yagona ansamblni tashkil etsin. O`zingiz ishlagan kiyim namunasini betakror bo`lishligiga Harakat qiling. U kitoblarda berilgan va men ko`rsatgan kiyimlar tasviridan farq qilsin. Biroq rasmingizda o`zbek milliy kiyimlariga xos xususiyatlar bilinib tursin. Doskada namoyish etish uchun qo`yilgan kiyim rasmidan to`la ko`chirib olish mumkin emas, biroq ulardagi ayrim qismlarni, naqsh unsurlari, ranglari, shakllaridan foydalansa bo`ladi.
O`qituvchi o`zbek kiyimlarining namunasini yaratish uchun ularni boshqa xalqlarning milliy kiyimlari bilan solishtirib ko`rish kerakligini qayd qiladi. Shu maqsadda o`qituvchi bolalar e`tiborini boshqa xalqlar kiyimlariga ham qaratadi. So`ngra bolalar mustaqil ravishda milliy kiyim namunasini yaratishga kirishadilar. Kiyim namunasining rangtasviri o`qituvchining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Bunda o`qituvchi har qaysi bolaga alohida yondashadi. Chunki, ijodiy ishlar saviyasi hamma bolalarda bir xil bo`lishi mumkin emas. Liboslarning namunalari, ranglari haqida alohida to`xtalib o`tish lozim. Bunda u o`zbek ustalari yorqin toza ranglarni nihoyatda yoqtirishlarini qayta-qayta ta`kidlab o`tadi. Suhbat davomida o`qituvchi bolalarga shuni ham etkazishi kerakki, kiyimlar eskizini ishlashdan avval har bir o`quvchi ularni kimlar uchun (erkaklargami, ayollargami, qishlikmi, yozlikmi, bahor yoki kuzlikmi, yoshlargami, qariyalargami, boygami, kambag`algami, ziyoligami yoki amaldorgami, ruhoniygami, oddiy xizmatchigami) mo`ljallanganligini yaxshilab o`ylab olishi kerak bo`ladi. Xuddi shuni hisobga olib, kiyim materiali, uning bezak guli, rangi, kompozitsiyasi tanlanadi.
Kitoblar o`lchov, shakl, bezak unsurlari, rangi, bezak kompozitsiyasi jihatdan nihoyatda turli-tuman bo`ladi.
Kitoblarni yaratish ishi bilan ko`pchilik mutaxassislar shug`ullanadilar. Kitob mazmunini yozuvchi yozadi, uning bezagini rassom bajaradi. Kitobning yaratilishida yozuvchi va rassomlardan tashqari, muharrirlar, korrektorlar, bosmaxona xodimlari ham ishtirok etadilar.
Texnika rivoj topmasdan avval kitoblar qo`l bilan bunyod etilar edi. Kitob matnining atroflari va oralari naqShlar va rasmlar bilan yuksak badiiy saviyada bezatilardi. Qog`oz kashf etilmasdan avval odamlar sopol, daraxt barglari, hayvon terilariga yozishgan.
Ayrim ma`lumotlarga qaraganda Respublikamiz xududida, ya`ni Samarqandda 560 yillaridayoq qog`ozga yozilgan kitoblar bo`lgan.
XI asrda Xitoyda, XU asrning 40-yillarida Germaniyada kitob bosishni ixtiro qilinishi kitob tayyorlash tarqqiyotida yangi davrni ochgan. Respublikamiz xududida bosmaxonalarda birinchi bor ko`p nusxali kitoblar 1868 yilda Toshkentda nashr etildi.
Kitoblarni nashr etishda rassomning ishi benihoyat katta. Rassomlar tomonidan kitoblarga ishlangan illyustratsiyalar, bezaklar kitob mazmunini aniqroq va tezroq tushunib olishga yordam beradi.
Qadimgi vaqtlarda ham kitoblarni bezatishga alohida e`tibor berilgan. Avvalgi davrlarda Respublikamiz xududida yaratilgan kitoblarni bezatishda rassomlardan, ayniqsa Kamoliddin Behzod , Sulton Mahmud, Qosim Ali, Mahmud Muzaxxib, Abdullo, Muhammad Murod Samarqandiylar katta Shuhrat qozonganlar.
XX asrning ikkinchi yarmida O`zbekistonda I.Ikromov, V.Kedrin, M.Reyx, A.Osheyko, H.Basharov, I.Kiriakidi, T.Muhammedov kabi ko`plab kitob bezagi ustalari etishib chiqqan. Ular kitob bezagi san`atining milliy, badiiy an`analarini davom ettirib, katta yutuqlarni qo`lga kiritganlar.
Kitob muqova jildi (superoblojka), muqova, titul varag`i, boshbezak, zarhal harf (bosh harf), illyustratsiya, yakuniy bezak kabilardan tashkil topadi. She`riy kitoblarda satrlar orasida naqshiy bezaklar tasvirlanishi ham mumkin. Kitobning titul varag`ida muallifning familiyasi, kitobning nomi, nashr etilgan joyi, yili, nashriyot nomi va boshqalar yoziladi.
Kitob birinchi betining yuqori qismi badiiy bezatiladi. Bu bezak naqah yoki mazmunli tasvirdan (ahunchaki narsalar tasviri bo`lishi ham mumkin) iborat bo`ladi. Uni boshbezak deb yuritiladi. Ular katta-kichikligi jihatidan turlicha bo`lib, muvaffaqiyatli tasvirlangan taqdirda mazkur kitob bobini, ba`zan butun kitob mazmunini o`zida aks ettirishi mumkin. Shu bilan birga bosh bezak bu betni badiiy bezatish vazifasini ham o`taydi. Boahbezak haqida gap borganda uning kitobdagi o`rni, o`lchovi, rangi, shakli, tasvir unsurlari Haqida to`xtalib o`tish lozim. Ularni tushuntirishda ertak, hikoya, she`r, doston, masal, roman kabi kitob bezaklaridan foydalaniladi.
Zarhal sarf kitobning matnini har bir bob yoki paragrafining birinchi harfi hisoblanadi va u yirik holda ishlanadi, naqsh va turli real tasvirlar bilan bezatilgan bo`ladi. Zarhal harflar ko`pincha bolalar ertaklarida va she`riy kitoblarda ko`p qo`llaniladi. Zarhal harf namunalari turli kitoblardan, shuningdek, o`qituvchining o`zi tayyorlagan ko`rgazmali quroli orqali ko`rsatiladi. Misol uchun “O`zbek xalq ertaklari” kitobini namuna sifatida o`rganish va bolalarga ko`rsatish uchun tavsiya etish mumkin. Shu to`plamdagi ertaklardan birontasini tanlab olib, o`qituvchi shu asosda bolalar bilan ish olib boradi.
O`qituvchi yuqoridagi kabi illyustratsiya va yakuniy bezak haqida gapirib, ularning namunalarini turli kitoblardan ko`rsatadi. Yakuniy bezak ham boshbezak kabi o`lchovda, rangda, shaklda, kitob yoki bob oxirida beriladi. U ko`proq kitob yoki uning bobiga xulosa yasaydi. Kitoblarning matn qismlarining atroflari naqshli bezak bilan bezatilishi qam mumkin. O`qituvchi kitob bezaklaridan namunalar ham ko`rsatadi. 53-rasm.
Kitoblarning ichki bezagi yuzasidan umumiy tushunchalar berib bo`linganidan keyin o`qituvchi asosiy vazifaga o`tib, uni tushuntiradi.
O`qituvchi ertakning qisqacha mazmunini bolalarga tushuntirib, uning ichki bezagini ko`rsatadi, ular yuzasidan savol-javob o`tkazadi. Savol-javobdan so`ng topshiriq yuzasidan qisqacha ko`rsatma beradi. U quyidagicha mazmunda bo`ladi:
Bezak ishlariga kirishishdan avval boshbezak, zarhal harf, yakuniy bezak, ishlanadigan kitob betlarining matn o`rnini albom varag`ida belgilab qo`yiladi. shuningdek, bu varaqda bosh bezak, yakuniy bezak va zarhal harflarning o`z o`rni ham belgilanadi. Kitob matni uchun qoldirilgan joyni albom varag`ining chekkasigacha taqalmaydi. Kitob varag`ining to`rt tomonidan joy qoldiriladi. Kitobning matn qismi paralel gorizontal chiziqlar bilan belgilab qo`yiladi.
Ishni akvarel bo`yoq, flomaster, tush, guash bilan bajarish mumkin. Bezashga kirishishdan avval bolalar o`qituvchi ko`rsatgan kitob bezaklarini yana bir bor sinchiklab ko`rib chiqadilar va ulardan ijodiy foydalanadilar. Hech vaqt kitoblardagi bezaklardan ko`chirib olishga ruxsat etilmaydi. Har bir o`quvchi o`z ishini mustaqil ravishda kitobdagi bezaklardan o`zgacharoq, yanada qiziqarliroq ishlashga harakat qilishi lozim.
Vazifa bolalarga tushunarli bo`lgach, o`qituvchi ularni mustaqil ishga o`tishlariga ruxsat etadi. O`zi partalararo yurib topshiriqni bajarishga qiynalayotgan o`quvchilarga yordam berib boradi.
O`quvchilarning ko`pchiligi bir xil xatolarga yo`l qo`yganlari taqdirda butun sinfni ishdan to`xtatib, ularning xatolarini tushuntiradi.



Download 103,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish