Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va berilgan topshiriqqa mosligi.
Xorazm viloyatining tabiiy sharoitida qishloq xo’jaligi uchun iqlimiy hodisalar ya'ni yilning iliq davrida qora sovuqlar, qurg`oqchilik,quruq issiq shamol garmsеllar noqulayliklar tug`diradi. Shuning bilan bir qatorda, o’simliklarning vеgеtatsion davrida quyosh radiatsiyasi va issiqlikning yuqoriligida agroiqlim hamda еr rеsurslaridan foydalanishni chеklovchi bosh omil suvning yеtishmasligi hisoblanadi. Quyosh nurlarining har kv.km.yuzaga tushadigan miqdori 140 - 145 kkaloriyaga tеngligi va bug`lanishning yuqoriligi dеhqonchilik tarmoqlarining rivojlanishiga va ular hosildorligini oshishiga ta'sir qiluvchi omillardan biri sanaladi.
Bitiruv malakaviy ishning «Kirish» qismida va ilova qilingan matеriallarning tarkibi va bajarilish sifati: Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishni bajarish uchun oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalar, hamda ishning ilmiy va amaliy ahamiyati asosli ravishda yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |