1.2.Viloyatda qishloq xo`jaligini rivojlantirishga ta`sir qiluvchi omillar.
Iqlimi: Xorazm viloyati zonal iqlimiy asoslarga ega,O`rta Osiyoning markaziy cho`l provinsiyasida joylashgan.O`rtacha yillik iqlim ko`rsatgichlari “Xiva” va ”Urganch” meteostansiyalari ma`lumotlari bo`yicha 1.2.1- jadvalda keltirilgan. Viloyat iqlimi keskin quruq bo`lib qurg`oqchilligi bilan, yozning quruq va issiqligi qishning sovuqligi bilan , shuningdek haroratning katta miqdorda sutkali yillik tebranishi bilan ajralib turadi. Xorazm viloyati iqlimi va tabiati o`ziga xos xususiyatlarga ega.Uning okean va dengizlardan minglab kilometr uzoqlikda bo`lganligi uni tipik kontinental o`lkalar qatoriga kirishiga imkon yaratdi. Bu yerda yozning juda issiq,qishning sovuq kelishi, ob –havoning kun davomida keskin o`zgarib turishi , yog`ingarchilikning kamligi, havoning quruqligi, viloyat iqlimining asosiy xususiyatlaridir.Iqlimning bunday hususiyatlari viloyat hududining geografik o`rniga ,quyosh nurlarining tushish burchagi va yer yuzasining tuzilishiga bog`liq.
Viloyatda yil davomida quyoshli kunlar ko`p bo`lib, yozda quyosh ufqdan ancha baland ko`ariladi.Masalan: 22-iyunda Urganchda quyosh ufqdan
(90-40+23.5) =71.50 ko`tariladi.
Yoz oylarida sutka davomida eng past harorat ko`pincha ertalab soat 4-5ga, juda yuqori harorat esa soat 14-16 oralig`iga to`g`ri keladi. 22-dekabrda esa quyoshning ufqdan balandligi (90-40-23.5)=25.50ga teng bo`ladi.Quyosh nur sochib turadigan davr, nur sochishi mumkin bo`lgan davrning 35-50 foizini, yozda esa 80-90 foizini tashkil qiladi. Qish oylarida sutkadagi havoning eng past harorati ertalab soat 6-7 larda kuzatilsa, eng yuqori harorat esa soat 14-15 larga to`g`ri keladi.
Xorazm viloyati yurtimizning cho`l zonasida joylashgan eng issiq hududlar safiga kiradi. Bu yerda havo namligi mamlakatimizda eng past hududlar qatoridan o`rin oladi.Masalan havoning mutloq namligi Xonqa tumanida 3.1 millibarga teng bo`lganligi kuzatilgan. Viloyat quyoshli kunlar eng ko`p bo`ladigan hududlardan biridir. Bu yerda quyosh nur sochib turadigan davr Respublikaning boshqa o`lkalariga nisbatan ko`p. Masalan may oyidan oktyabr oyigacha, yani paxta va boshqa qishloq xo`jalik ekinlari pishib yetiladigan vaqtda bu davr viloyat hududining janubida (Hazarasp) 1800 soatga, Qohirada esa 1613 soatga teng. Viloyat hududida yozda quyoshning ufqdan balandligi va quyoshli kunlarning ko`p bo`lganligi sababli ham uning hududi quyosh radiatsiyasiga boy bo`lib, uning har bir kvadrat metriga 140 kkal issiqlik tushadi. Buning 20 kkaloriyasi iyul oyiga to`g`ri keladi.[24]
Yer yuzasi quyoshdan keladigan radiatsiyaning hammasini qabul qilmaydi. Uning 25-30 foizi yer yuzasidan qaytadi.Musbat haroratlar yig`indisi 4000-4400 ni tashkil qiladi. Yozda qishdagiga qaraganda 4-5 marta ko`proq issiqlik tushadi.Shuning uchun ham viloyatda yoz oylarida ob-havo kam o`zgaradi. Qishda esa quyosh radiatsiyasi susayadi va kirib kelgan har bir havo massasi, haroratni va umuman ob-havoni tez o`zgartira oladi.Qish oylarida ob-havo o`zgarishing boshqa sabablari ham bor. Noyabr oyining o`rtalaridan to mart oyigacha, yerning nur sochish yo`li bilan yo`qotadigan issiqligi unga quyoshdan keladigan issiqlikdan oshib ketadi. Bu ham qish oylarinig bir muncha sovuq bo`lishiga ma`lum darajada sabab bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |