Semestr
|
Yuklama
|
Auditoriya mashg‘ulotlari
|
Mustaqil
ta’lim
|
Jami
|
Ma’ruza
|
Amaliy
|
Laboratoriya
|
7- semestr
|
92
|
56
|
28
|
28
|
|
36
|
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
№
|
Mustaqil ish mavzusi
|
Ajratil-gan soat
|
Adabiyotlar
|
1
|
Korxonalar, аksiyadorlik jamiyatlari va ularning tashkiliy-huquqiy asoslari.
|
2
|
[1,5,6]
|
2
|
Kichik biznes va xususiy korxonalarni tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari va. biznesni tashkil qilishning asosiy bosqichlari.
|
2
|
[1,2,5,6]
| 3 |
Kichik biznes va xususiy korxonalarni tashkil etishda tadbirkorlik g‘oyasini amalga oshirish imkoniyatlari tahlili.
|
2
|
[1,5,6]
| 4 |
Korxonaning ishlab chiqarish strukturasi samaradorligini oshirish yo‘llari
|
2
|
[1,5,6,7]
| 5 |
Asosiy ishlab chiqarishni takomillashtirishning ahamiyati.
|
2
|
[1,5,6,7]
| 6 |
Ishlab chiqarish turlari va ularning texnik-iqtisodiy tasnifi
|
4
|
[1,5, 6,7,10]
| 7 |
Asosiy va yordamchi ishlab chiqarishni tashkil qilish.
|
4
|
[1,5, 6,7,10]
|
8
|
Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashni tashkil qilish.
|
4
|
[1,4, 6,7]
|
9
|
Mehnatni ilmiy tashkil etishning mazmuni va asosiy yo‘nalishlari.
|
4
|
[1,2, 6,7]
|
10
|
Korxonalarda ish haqi va ishlovchilar mehnatini rag‘batlantirishni tashkil qilish.
|
4
|
[1,4, 6,7]
|
11
|
Ish haqining tarif sistemasi.
|
2
|
[1,4, 6,7]
|
12
|
Biznеs-rеjani tayyorlash va undan fоydalanish.
|
4
|
[1,5,6,7]
|
|
Jami
| 36 |
|
Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fan (kurs)ning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
-ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
- berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;
- seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;
- laboratoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rish;
- hisob-grafik ishlarini bajarish;
- kurs ishi loyihasini bajarish;
- malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash;
- nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;
- amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish;
- ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash;
- berilgan mavzu bo‘yicha elektron variantlarni tayyorlash;
- uy vazifalarini bajarish va boshqalar.
O‘qitilayotgan fanning xususiyatidan kelib chikib, talaba mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanish mumkin. Ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshiriladi.
Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko‘rsatish lozim. Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv adabiyotlaridan, ilmiy adabiyotlardan va internet ma’lumotlaridan foydalanib ushbu mavzuga tayorlanib keladilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda o‘qituvchidan maslahat oladilar. Talabalarning tayyorlab kelgan mavzulari bo‘yicha fan o‘qituvchisi savol-javob tarzida og‘zaki, yozma va boshqa usullardan foydalangan holda talabalarning bilimini baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |