Qiyshiq prokatlash
yo`li bilan, asosan, choksiz quvurlar olinadi.
Qiyshiq prokatlashda bochkasimon jo`valar bir-biriga nisbatan malum burchak
ostida joylashib, har ikkalasi ham bir tomonga aylanadi. Natijada tanavorga bir
vaqtning o`zida ham aylanma, ham qaytma harakat beriladi. Prokat buyumlar, asosan,
turli tuzilishidagi prokatlash shiyponlarida ishlab chiqariladi.
Ba‘zan turli listlardan oz miqdordagi yirik buyumlar tayyorlashda murakkab
shtamplar ishlatish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas, shuning uchun
bunday hollarda shtamplashning oddiy usullaridan, masalan, rezina yordamida
shtamplashdan foydalaniladi. Bunda matritsa yoki puanson o`rnida rezina yostiq
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |