Urganch davlat universiteti X. R. Matyoqubov, J. K. Tojiyev texnologiya va dizayn



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/136
Sana11.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#352246
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   136
Bog'liq
texnologiya va dizayn amaliy mashgulotlar uslubiy qollanma

2.  Portlatib  shtamplash. 
Bunday  shtamplashda  suyuqlik  yoki  gaz  bosimidan 
foydalaniladi, tanavor shu bosim ostida matritsa shaklini oladi.  
3.  Elektr  gidravlik  shtamplash. 
Bunday  shtamplash  portlatib  shtamplashga 
o`xshash  bo`lib,  zarb  to`lqini  suyuqlikda  hosil  qilingan  elektr  razryadi  bilan  yuzaga 
keltiriladi.  
4. Sovuqlayin shtamplash. 
Ko`plab ishlab chiqarish sharoitida po`latdan, rangli 
metallar  va  ulaming  qotishmalaridan  turli  metal  detallar  ishlab  chiqarishda  shu 
usuldan foydalaniladi.  
Shtamplashda  hosil  qilinadigan  buyumlar  (detallar)  xalq  xo`jaligining  turli 
sohalarida  juda  keng  ishlatiladi.  Hajmiy  shtamplashning  mohiyati  shundan  iboratki, 
tanavordan ma‘lum shaklli buyum (pokovka) hosil qilish uchun metall asbobning shu 
buyum shakliga mos bo`shlig`iga suyuq metall bosim ostida to`ldiriladi. Shtamplash 
uchun  ishlatiladigan  asosiy  asbob  shtamp  plitalari  hisoblanib,  ikki  (ostki  va  ustki) 
palladan iborat. Shtamplar ochiq va yopiq bo`lishi mumkin.  
Shtamplar  maxsus  polatlardan  tayyorlanadi  va  bir  ariqcha  (paz)  li  yoki  ko`p 
ariqchali (ko`p pazli) shaklda boiadi. Biror shakldagi buyum (detal) tayyorlash uchun 
suyuq  metall  quyilib  shtampdagi  bo`shliq  (ariqcha)  lar  toldiriladi  va  tegishli  shakl 
hosil qilinadi.  
Shtamplash ham konstruksion materiallarni bosim bilan ishlash usullaridan biri 
bolib, hosil qilinadigan buyumning shakli, asosan, shtamplash orqali hosil qilinadi.  
Bu  juda  tejamli  usul.  Materiallarni  shtamplashda  bug`-havo  bolg`alari,  taxtali 
friksion  bolg`alar,  krivoshipli  qizdirish  shtamplari  (KQSh),  gorizontal  bolg`alash 
mashinalari (GBM), friksion presslar va boshqa tuzilishidagi mashinalar ishlatiladi.  
Friksion bolg`alar tushuvchi qismining ogirligi 0,5-2 t gacha bo`ladi.  
GBM  bilan  mayda  pokovkalar,  masalan,  bolt,  gayka,  shayba,  shpilka, 
parchinmix va shu kabilar olinadi.  
Qizdirib  hajmiy  shtamplash,  asosan,  sanoatda  ko`plab  yoki  yirik  turkumlab 
yuqori aniqlikdagi har xil shaklli va olchamli buyumlar olish uchun qo`llaniladi.  
Bunday  shtamplash  texnologiyasi  quyidagi  operatsiyalardan  iborat:  metallarni 
kesib  tanavor  hosil  qilish,  tanavorni  qizdirish,  shtamplab  termik  ishlash,  pokovkani 


- 102 - 
 
kerakli  rangga  bo`yash.  Bu  usul  bilan  qiyin  deformatsiyalanadigan  qotishmalarga 
ham ishlov berish mumkin.  
Qizdirib shtamplashda shtamplanadigan material miqdorini to`g`ri aniqlay bilish 
katta  ahamiyatga  ega,  chunki  material  miqdori  keragidan  kam  bo`lsa,  shtamp 
bo`shlig`i  tolmay  qolib,  buyum  kemtik  (nuqsonli)  bolib  chiqadi,  material  miqdori 
keragidan  ortiq  bolganda  esa  ortiqcha  metalldan  kattagina  pitr  hosil  boladi  yoki 
pokovkaning shakli buziladi.  
Sovuqlayin  hajmiy  shtamplash  usulidan  uncha  katta  bo`lmagan  o`lchamdagi 
pokovkalarni  tayyorlashda  foydalaniladi.  Bunda  ish  unumi  kamaymagani  holda 
shtamplashda  turli  metall  chiqindilari  kamayadi,  sirt  (yuza)  lar  sifati  yaxshilanadi, 
buyumning yuqori aniqlikda chiqishi ta‘minlanadi.  

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish