- 82 -
Shtabellarning ostdan shamollab turishi shtabellar orasida havoning tez
harakatlanishiga yordam beradi.
Shtabeldagi yog`och-taxtalarning eng pastki qatoridan 1 m va 2 m balandlikda,
gorizontal oraliqlar qoldiriladi. Shtabel ichida shamol o`ynab, taxtalar bir tekisda
qurimog`i uchun shtabelning o`rtasida uning pastidan tepasigacha o`tib turadigan
vertikal oraliq – kanal (truba)
hosil qilinadi, kanalning kengligi 40 – 60 sm bo`ladi
Shtabelga taxlanadigan yog`och-taxtalar o`lchamiga va sifatiga qarab uch
gruppaga ajratiladi:
150 mm dan kengroq sara nav, 1, 2 va 3 – nav yog`och-taxtalar 1 – gruppaga
kiritiladi;
yuqori navdan to 4 – navgacha bo`lgan bruslar, eni 150 mm dan oshmaydigan,
yuqori navdan to 3 – navgacha bo`lgan taxtalar, 4-navga kiradigan 150 mm
dan enli taxtalar 2-gruppaga kiritiladi;
sifati 4-navdan past bo`lgan barcha yog`och-taxtalar 3-gruppaga kiritiladi.
Har gruppani taxlash tartibi har xil 1-gruppa yog`och-taxtalar ko`ndalang kesimi
25X40 mm bo`lgan quruq reykalar ustiga taxlanadi. Eng chetki reykalar taxtalar uchi
bilan bab-baravar turishi lozim. 2-gruppa yog`och-taxtalarning shtabellarida
qistirmalarga, yaxlit qatorlardagi singari, shu gaxga va brusoklar ishlatiladi, bunda
yaxlit qatordagi taxta va brusoklarning uchlari ikkinchi qistirma bilan bab-baravar
(ichga yashiringan) bo`lishi kerak. 3-gruppa yog`och-taxtalar taxta qistirmalar ustiga
taxlanadi, eng chetki qistirmalar yaxlit qatordagi taxtalarning uchi bilan bab-baravar
bo`lishi lozim.
Shtabeldagi taxta va brusok qatorlari shartli ravishda yaxlit qatorlar deb ataladi,
haqiqatda esa ular orasi ham sal ochiq bo`ladi.
Bayon qilingan tuzilishdagi shtabellar qatorli shtabellar deyiladi, chunki bularda
yog`och-taxtalar qator-qator qilib, qo`lda taxlanadi. Shtabelning juda baland
qatorlariga yog`och-taxtalar shtabelyor yoki kranlar yordamida chiqariladi.
Kranlardan foydalanishda yog`och taxtalar to`da to`da qilib bog`lanadi. Shtabel
tepasiga chiqarilgach, to`dalar tarqatilib, taxta-yog`ochlar qatorlarga qo`lda taxlanadi.
Yog`och-taxtalar shtabellarda paketlar holida ham quritiladi. Quritishning bu
usulida yog`och-taxtalar dastlab oralariga qistirma qo`yib va oraliqlar (shpatsiyalar)
qoldirib, quritish-tashish paketlari holida taxlanadi. Qistirmalar soni va ularning
joylanishi poydevordagi bruslar soniga hamda ular orasidagi masofaga mos bo`lishi
lozim. Qarag`ay va kedr yog`och-taxtalari orasida kamida 50 mm, boshqa ninabargli
yog`och-taxtalarda kamida 35 mm oraliq (shpatsiya) qoldiriladi. Paketlarning
uzunlngi yog`och-taxtaning bo`yiga bog`liq, eni va balandligi esa ko`taruvchi va
tashuvchi mexanizmlarning o`lchamiga hamda yuk ko`tara olish quvvatiga qarab
belgilanadi. Paketli shtabel poydevorga yarus (qavat)lar holida taxlangan paketlardan