25-rasm. Yog`ochning yillik qavatlarida naylarning joylanish:
a-halqa nayli yog`och; b-tarqoq nayli yog`och (ko`ndalang qirqilgan
yuzadagi ko`rinishi)
Yaproqli daraxtlarning yogochligida o`zak nurlari turlicha rivojlangan bo`ladi,
ular eman, qoraqayin, zarang, chinor daraxtlarida yog`ochlikning istalgan
yo`nalishdagi kesimida yaqqol ko`rinib turadi va ninabargli daraxtlardagi singari
mayda bo`ladi.
Ko`karib turgan daraxtning turini uning po`stlog`i, barglari yoki ninalariga
qarab, uzoqdagi daraxtning turini esa shox shabbalari shakliga qarab osongina bilib
bo`ladi. Ancha narida yotgan yog`ochning turini aniqlashda uning shakliga,
yog`ochligi va po`stlog`ining rangiga e‘tibor berilsa, yaqin joyda yotgan yog`ochning
turini aniqlashda rangi va shaklidan tashqari, shox, butoqlarining joylanishiga,
yadrosining bor-yo`qligiga ham e‘tibor beriladi.
1
Skipidar-(xushbo`y o`simlik boshog`i), igna bargli daraxtlarning smolasini suv bug`i ishtirokida haydash shuningdek,
yog`ochni quruq haydash yo`li bilan olinadigan o`tkir hidli rangsiz, tiniq, uchuvchan suyuqlik (lok bo`yoq ishlab
chiqarishda, tibbiyotda va boshqa sohalarda ishlatiladi)
- 73 -
Daxtalarga tilingan va to`sinlarga qirqilgan yog`ochning turini bilishda ularning
rangi, yaltiroqligi, hidi, teksturasi(tabiiy naqshi), mikrostrukturasining xossalari katta
ahamiyatga ega.
Mazkur yog`och-taxta namunasining qanday daraxtlarga mansubligini bilish
uchun, dastlab, uning yillik qavatlariga e‘tibor berish kerak. Yillik qavatlarning
yaqqol ko`rinib turishi yog`och – taxtaning ninabargli daraxtlarga yoki yaproqli
daraxtlarning halqasimon nayli turiga mansub ekanligini bildiradi. Ninabargli
daraxtning yog`ochini rangiga, yillik qavatlarining tuzilishiga, ko`pincha ko`rinib
turadigan o`zak nurlariga qarab halqasimon nayli yaproqli daraxtlar yog`ochidan farq
qilish qiyin emas.
Tarqoq nayli daraxtlarning yog`ochligida yillik qavatlar, odatda, yaxshi
ko`rinmaydi.
Daraxtlarning belgilangan gruppaga taalluqli har bir turini uning o`zigagina xos
bo`lgan belgilariga qarab biladilar. Yog`och qayishqoqligi tufayli, qoqilgan mixlarni,
yog`och qoziq» burama mix va hokazolarai ushlab tura oladi. Qoqilgan mix yog`och
tolalarini keradi, tolalar esa mixni qisadi, shunday qilib, uning sug`urilib chiqishiga
qarshilik ko`rsatadi.
Burama mixlarni sug`urish uchun ko`p kuch sarflash kerak, chunki bunda
tolalarning mixni qisish kuchinignia emas, balki burama mix rezbalarini o`rab turgan
tolalarning yemirilishga ko`rsatadigan qarshiligini ham yengishga to`g`ri keladi.
Yog`ochning mix va shu kabilarni ushlab turish xususiyati bu buyumlarni
sug`urish uchun zarur kuch bilan (kilogrammlar hisobida) ifodalanadi.
Mixlarning yog`ochda ushlanib turish kuchi yog`ochning ularga tegib turish
maydoniga bog`liq. Ko`ndalang kesimi kvadrat yoki ko`p qirrali shakldagi
mixlarning yuzasi dumaloq kesimli mixlarnikidan kattaroqdir, shu sababli, ular
dumaloq mixlarga qaraganda mahkamroq ushlanib turadi.
Har qanday shakldagi mixni faqat bo`sh yog`ochga qoqsa bo`ladi. Qattiq
yogochni, dastlab, parmalab teshib, mix shu teshikka qoqiladi (teshikning diametri
mixning 0. 7 – 0,8 yo`gonligiga, chuqurligi esa mixning kamida yarim uzunligiga
teng bo`lishi kerak). Shunday qilinmasa, mix yog`ochni yorib yuborishi mumkin.
Bundan tashqari, mix, ko`pincha, qattiq yog`ochga kirmay egiladi.
Yog`ochning mixni qoqish va sug`urishga qarshilik ko`rsatishi uning zichligiga
(hajmiy og`nrligiga), namlik darajasiga, qoqiladigan mixning tuzilishiga va yog`och
tolalariga nisbatan qanday yo`nalishda kirishiga bog`liqdir.
Qattiq yog`och mixni bo`sh yog`ochga qaraganda mahkamroq ushlab turadi.
Quruq yog`ochga qaraganda ho`l yog`ochga mix qoqish osonroq, chunki ho`l
yog`ochning qayishqoqligi kam. Ho`l yog`ochga mix qoqqanda yog`och tolalari
egiladi, yog`och qurigandan keyin ham tolalar shu holicha qoladi, shu sababli, tolalar
mixni qattiq qisib turmaganligidan mix oson sug`urilib chiqaveradi.
- 74 -
Tolalari to`g`ri yotgan yog`och qayishqoqroq bo`ladi. Bunday yog`och mixni
yaxshi ushlab turadi, lekin tolalari to`g`ri yotgan yog`och oson yoriladi.
Yog`ochning qirqilgan uchiga (toresiga) qoqilgan mixning ushlanib turish kuchi
yog`ochning yon tomoniga qoqilgan mixning ushlanib turish kuchidan 25 – 30 foiz
kamroq bo`ladi. Bunga sabab, yog`ochning qirqilgan uchida tolalar kamroq
qayishqoq bo`lishidir. Yog`ochning yon tomoniga radial va tangensial yo`nalishda
qoqilgan mixlar deyarli bir xilda mahkam ushlanib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |