Soyaga chidamli daraxtlar
(archa, oq qarag`ay) ning ko`karib turgan shoxlari
juda pastda (tananing deyarli asosida) bo`ladi, qurigan shoxlar uzoq vaqtgacha
tushmay turadi; shu bilan birga, shoxlar ning quriganlari ham, ko`karib turganlar va
jarohatlanganlari ham juda ingichka bo`ladi. Archa va oq qarag`ay tanasining pastki
yo`g`on qismida po`stloq tagida ko`milib qolgan xamda chirigan butoqlar xam juda
kam uchraydi. Bunday butoqlar juda qattiq bo`lganligidan materialni ishlashni
qiyinlashtiradi. Ninabargli daraxt butoqlarida smola ko`p bo`lganligidan bu xil
yog`ochdan yasalgan buyumlarning yelimlangan qismlari yaxshi ushlamaydi va
buyumning tashqi pardozi tuzuk chiqmaydi, chunki issiqda ulardan smola ajralib
chiqib, buyumning bo`yalgan va loklangan yuzini buzadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |