Urganch davlat universiteti



Download 38,43 Kb.
bet7/7
Sana02.01.2022
Hajmi38,43 Kb.
#87106
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ta'lim

9. G‘.G‘ulom – qissanavis.

O‘zbekiston xalq shoiri, akademik G‘afur G‘ulom 1903 yilning 10 may kuni Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida tug‘ilgan. Shoirning otasi G‘ulom Mirzo Orif o‘g‘li o‘z davrining savodxon kishilaridan biri bo‘lgan, fors-tojik tillarini yaxshi bilgan va ancha-muncha ruscha so‘zlasha olgan. Toshkentdagi dumaxonaning mahalliy bo‘limida mirzalik qilgan. Shaharda kishilarga arizalar, turli ma’lumotnomalar yozib berib yurganligi sababli uning ismiga “Mirzo” laqabi qo‘shib aytilgan. Xonadoniga mashhur shoir va xattotlar kelib turgan. Muqimiy, Furqat, Xislat, Toshxo‘ja Asiriy kabi shoirlar ularning uyiga tez-tez tashrif buyurishgan. G‘afur G‘ulomning otasi, “G‘ulom” va “Mirzo” taxalluslari bilan talay she’rlar yozgan.

Muzeydagi “G‘afur G‘ulom ijodining ilk davri” deb nomlangan bo‘limda shoirning yozuvchilar uyushmasi a’zolari bilan tushgan suratlari, ilk marotaba nashr etilgan kitoblari o‘rin olgan. 1923 yilda G‘afur G‘ulom o‘zining birinchi “Feleks bolalari” deb nomlangan she’rini yozadi. Bu she’r o‘sha davrdagi yetim bolalarga bag‘ishlangan edi.

Muzeyda G‘afur G‘ulomning jurnalistik faoliyatiga bag‘ishlangan bo‘lim ham bor. Shoir o‘z tarjimai holida: “1928 yil 15 sentyabrdan boshlab, «Kambag‘al dehqon” gazetasida sekretar bo‘lib xizmatga kirdim… Biror kun yo‘q ediki, “Qizil O‘zbekiston”da, “Kambag‘al dehqon”da, “Mushtum”da yo boshqa jurnal, gazetada biror maqola, felyetonim, ocherkim yo she’rim bosilmasa… Ijodim yana-yana yangi ilhom bilan avj olib borar edi», deb bitadi. Bu yillarda G‘afur G‘ulom ko‘plab ocherklar va maqolalar yozadi.

U shoir, nosir, publitsist sifatida mashhur bo‘lib qolmasdan, balki yetuk adabiyotshunos olim sifatida ham tanilgan. Uning Navoiy, Jomiy, Atoiy, Mashrab, Nodira, Muqimiy, Furqatning hayoti va ijodi haqidagi maqolalari o‘zbek mumtoz adabiyotini o‘rganishga bag‘ishlangan nodir namunalardir. Ayniqsa, Alisher Navoiyga bo‘lgan hurmati o‘zgacha bo‘lgan. Unga atab “Sharq nazmi osmonining ikki porloq quyoshi”, “Navoiy va zamonamiz”, “Xoki Musallo”, “Taxti safar”, “Buyuk ustoz” kabi ilmiy maqolalarni, “Farhod va Shirin” dostonining nasriy bayonini va “Alisher Navoiy qabri ustida”, “Tun bilan tong”, “Alisher” nomli she’rlarini yozadi.

1943 yilda G‘afur G‘ulom O‘zbekiston FA tashkil etilganda birinchilardan bo‘lib, akademik etib saylangan.

“Xalq otlandi”, “Sen yetim emassan”, “Kuzatish”, “Sog‘inish”, “Qish”, “Xotin”, “Bizning ko‘chada ham bayram bo‘lajak”, “G‘oliblar”, “Vaqt” kabi she’rlarida shoir vatanparvarlik, mehnatsevarlik va g‘alabaga ishonch kabi g‘oyalarni ilgari suradi. G‘afur G‘ulom she’riyatining eng gultoji hisoblangan, insonparvarlik g‘oyalari tarannum etilgan “Sen yetim emassan” she’rini o‘qiganda yoki tinglaganda qalblar larzaga kelmasligi, ko‘zga yosh inmasligi mumkin emas.

Jahon xalqlarining adabiy xazinasidan o‘rin olgan “Shum bola” qissasi G‘afur G‘ulom ijodida alohida o‘rin tutadi. Ijodkor ushbu qissani XX asrning 30-yillarida, asosan arab imlosida yoza boshlagan. Asar dastlab “Dovdirash” nomi bilan 1936 yilda nashr etilgan. Keyinchalik yozuvchi uni “Shum bola” deb atagan. G‘afur G‘ulom bu qissani 60-yillargacha qayta ishlagan va asar hozirgi biz o‘qiydigan holga keltirilgan. Qissa rus, tojik, qozoq, arab, urdu, latish, venger, rumin, grek va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilingan.

“Shum bola” qissasidagi sarguzasht syujet turi va kompozitsiya folklorga borib tutashadi. Yozuvchi «Uch yolg’ondan qirq yolg’on» ertagiga o‘xshagan g’oyat jozibali yolg’on to‘qib, juda qiziq kulgili vaziyat-holat yaratgan. G’.G’ulomning “Shum bola” qissasida rivoyaning personaj tilidan hikoya qilish usulini qo‘llashi o‘ziga xos badiiy samara berdi. Bordiyu, qissada rivoya yozuvchi tilidan olib borilganida, undagi ayrim epizodlar o‘quvchida shubha uyg’otishi, ishonchsizlik qo‘zg’ashi mumkin edi. Pesonaj – shum bola tilidan olib borilganida esa, biroz orttirilgandek ko‘ringan o‘rinlar hikoyachining fe’liga yo‘yiladi. Uning xarakter xususiyatlarini yorqinroq ko‘rsatishga xizmat qiladi.

«Yodgor» qissasidagi kompozitsion qoliplash usuli ham folklordan oziqlanadi. Adib qissada latifa, dostonchilik, qiziqchilikka xos xususiyatlar, shuningdek, satira va yumordan ham ijodiy o‘rgangan. Muhimi, xalq, ijodi G’afur G’ulom nasrida beg’araz hazil-mutoyiba va qahramonlik, hayotbaxshlik, donishmandlik ruhini yanada kuchaytirgan. Adib hatto o‘nlab felьetonlarini Nasriddin Afandi latifalari syujeti, shakli asosiga ko‘rgan va shu yo‘l bilan ularni hatto satirik hikoya darajasiga ko‘tarib yuborgan.



«Xotinga olib berilmagan kavsh», «Oyoq olishiga qaraydi», «Shudgorda quyruq... singari asarlar fikrimizni dalillaydi. Shuning uchun G’afur G’ulomning kuldirib yig’latadigan va yig’latib kuldiradigan hajviy hikoya va qissalari el orasida shuhrat topdi. U o‘zbek realistik hikoyachiligi hamda qissachiligiga beqiyos hissa qo‘shgan adiblardan biri bo‘ldi va umrining oxirigacha bu sohada muvaffaqiyatli qalam tebratdi.

G‘afur G‘ulom 1966 yil 10 iyul kuni vafot etadi. Bu nafaqat xalqimizning, balki jahon adabiy jamoatchiligi uchun ham katta yo‘qotish bo‘ldi.
Download 38,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish