Urganch davlat universiteti


Normurod Norqobilovning qissalari tahlili



Download 38,43 Kb.
bet4/7
Sana02.01.2022
Hajmi38,43 Kb.
#87106
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ta'lim

4.Normurod Norqobilovning qissalari tahlili.

Davrimizning isteʼdodli adiblaridan biri Normurod Norqobilov ijodida tabiatga bo’lgan munosabat ajralib turadi. U adabiyotimizda yurtimizning sirli-sehrli tabiati manzaralarini shoirona tarzda soʻz orqali ifodalab bera oladigan mahoratli yozuvchi, nabotot va hayvonot olamini mehr bilan baland pardalarda kuylay oladigan hofiz, quyuq ranglarda chizib beruvchi rassom qiyofasida namoyon boʻlmoqda. Yozuvchining barcha asarlari bunga guvohlik bera oladi.

Yozuvchining asarlarini mutolaa qilish jarayonida oʻquvchi dashtu dalalar, togʻu toshlarning jozibali sehrini his qiladi; oʻt-oʻlanlarning hidini sezadi; turli jonivorlar bilan suhbatlashadi. Normurod Norqobilov tabiatni ilmiy tomondan ham yaxshi oʻzlashtirgan. U oʻz asarlaridagi daraxtlar, qirlar, adirlar, hayvonlar obrazini mehr bilan tasvirlaydi, har birining zoologik, biologik, fiziologik, geografik xususiyatlarini yaxshi oʻrganganligini isbotlay oladi. Hatto it, boʻri kabi jonivorlarning psixologik holatlarini ham chuqur tahlil qiladi. Bu obrazlar adibning deyarli barcha asarlarida uchraydi, biroq bir-biriga oʻxshamaydi.

Shunisi xarakterliki, Normurod Norqobilov asarlaridagi it va boʻrilar jahon adabiyotida yaratilgan qarindoshlaridan tamomila farq qiladi. Ularga milliy boʻyoq va ruh singdirilgan. Bu jihatdan Choʻngkalla, Oqyol, Uzuntumshuq (“Ovul oralagan boʻri”), Boʻzboʻri, Qoramanglay (“Dashtu dalalarda”) kabi jondorlar, Boʻynoq (“Togʻ odami”), Yovqur (“Ajal chorlagan kun”), Oqquyruq (“Adadsiz azob”) singari it obrazlari xarakterlidir. Ular yaxshi odamlar bilan til topisha oladilar va bir-birini tushunadilar hamda himoya qiladilar. Masalan, “Dashtu dalalarda” romanining yetakchi qahramonlaridan biri Boʻzboʻri (binobarin, uning asarda tutgan oʻrni, gʻoyaviy-badiiy vazifasi asosiy qahramonlar Eshqul polvon va Toʻlanboylar zimmasidagi yukdan kam emas!)ni Eshqul polvon “tugʻishgan inim” deb biladi. Boʻzboʻri ham oʻzining geografik hududiga joylashgan “tutingan akasi”ning podasini boshqa hudud boʻrilaridan himoya qiladi, oʻzi esa unga mutlaqo zarar yetkazmaydi. Shuningdek, yomon odamlardan qochib “jondorlarni qavm tutgan” Jondosh (“Togʻ odami” qissasining qahramoni)ni togʻu toshlar orasida boʻrilar xavfdan asraydilar, uning antiqa qoʻrasiga xuruj qilmaydilar.

Aksincha, oʻzlariga yomonlikni ravo koʻradigan kimsalarni boʻrilar ayab oʻtirmaydi. Hayvonot olamining bunday oʻziga xos psixofiziologik holatini adib “Ovul oralagan boʻri” qissasidagi Choʻngkalla, “Ajal chorlagan kun” qissasidagi Yovqur, “Adadsiz azob”dagi Oqquyruq kabi jonivorlar timsoli orqali ishonarli ocha olgan. Qishloqning maqtanchoq ovchisi Salom mergan tasodifan qopqonga ilinib qolgan urgʻochi boʻri Oqyolni uyiga olib kelib tulumlab qoʻyadi. Juftini yoʻqotgan Choʻngkalla bir necha kun Salom merganning uyiga kelib (bu yerda adib boʻrining hid bilish qobiliyatiga urgʻu beradi) Oqyolni qidiradi. Merganni chavaqlab, jufti-halolini qutqarish niyatida uchinchi marta kelgan Choʻngkalla Oqyolning oyoqlari ostida yotgan Salom merganni koʻrib, uni jufti tomonidan “mahv etilgan deb bildi”. Shuning uchun bemalol borib Oqyolni hidladi, biroq undan achchiq somon hidi anqidi. Keyin “Erkalanib tumshugʻi bilan yengil bir turtdi. Oqyol bir qop somonday agʻdarilib tushdi”. U jonsiz tanaga aylangandi. Juftining oʻlimidan tamomila gangib qolgan Choʻngkalla merganning uygʻonib ketganini va qoʻrquv ostida oʻq otganini sezmay qoldi. Arang qochib qutilgan Choʻngkalla ayriliqqa chidolmay, qirning baland tepaligida Salom merganning uyiga tikilganicha jon berdi.

Normurod Norqobilovning “Ajal chorlagan kun” qissasi Yovqur ismli itning tarixiga bagʻishlangan. Qissa Yovqurning soʻnggi kunida koʻrgan-kechirganlari, xotirasida uygʻongan oʻtmishi haqidagi voqealardan iborat. It oʻzining qisqa umrida har xil odamlarni koʻrdi, turli voqealarni boshidan kechirdi. Bayon uning oʻylari va nuqtai-nazari asosiga qurilgan. Bu itni oʻquvchiga yanada yaqinlashtiradi. Yovqur xuddi inson singari fikrlaydi, odamlarga baho beradi. U dunyoga kelib toʻrt xil odamga xizmat qildi va ularning tabiatidagi yaxshi-yomon xususiyatlarni, kimligi hamda qandayligini oʻziga nisbatan qilgan muomalasidan ajratib oldi. Garchi jonivor sifatida qafasda yashashga koʻnikkan, davralarda itlar bilan urishishga majbur boʻlgan boʻlsa-da, har doim oʻzi tugʻilib oʻsgan keng dala dashtni, erkinlikni qoʻmsaydi. Xoʻjayinlari orasida birgina choʻpon Suvonqulni oʻziga yaqin oladi va har doim unga tomon intiladi.

Yozuvchi itlar va boʻrilar munosabati orqali odamlarni saralaydi, ayrim masalalarda insoniyatni ulardan oʻrnak olishga undaydi. “Dashtu dalalarda” romanining qahramoni Eshqul polvon ehtimol, “yashashni, temtinishni odamlardan emas,jonivorlardan oʻrganish kerak deganda, mana shu holatlarni koʻzda tutgandir”. Shu jihatdan Nodir cholning vafodor iti Oqquyruq obrazi ibratlidir. Bir xum tilla xazinaga ega boʻlsa-da, uni na oʻziga, na bolalariga ravo koʻrmay yer ostiga koʻmib qoʻygan Nodir chol mehr-oqibatni oʻgʻil-qizlaridan, yor-doʻstlaridan, qarindosh-urugʻidan emas, aynan ana shu koʻrimsizgina iti til-zabonsiz Oqquyruqdan koʻrdi. Chol qoʻy galasini haydab qirga otlanar ekan, Oqquyruq ularning yoʻlini toʻsib, “ochiq eshikdan tashqariga intilayotgan suruvning harakatiga oshkora monelik” qiladi. U xoʻjayinining oʻlimini oldindan sezgandi. Shuning uchun kun boʻyi “Oqquyruq mung va xavotir toʻla nigohini undan uzmay, tevaragida aylanadi”, dumini bezovta likillatib, cholning koʻzlariga jonsarak tikiladi. Yurak xuruji tufayli jon bergan Nodir cholning tepasida uch kun poylab, uvillaganicha odamlarni chaqiradi. Itning ovozini boʻrilarning uvlashidan ajrata olgan Erali chavandozning taklifi bilan joʻrasining jasadi topiladi.

Uyiga olib kelib, dafn marosimiga tayyorgarlik koʻrilayotgan paytda “Gʻam va ochlikdan tamomila sillasi qurigan Oqquyruq tevarakdagilarga bir muddat javdirab qarab turdi-da, soʻng oʻrtaga yotqizib qoʻyilgan cholning boshi tomon yurdi. Tumshugʻini egasining gardaniga qoʻyib, choʻzilib yotib oldi. Uning koʻzlari toʻla yosh edi. Azaning uchinchi kuni it ham oʻldi”. Ha, Erali chavandoz aytganidek, “biz bandalar shu itchalik boʻlolmaymiz”. Bu Normurod Norqobilov asarlaridan sizib chiqadigan asosiy gʻoya boʻlib, oʻquvchini hushyorlikka chorlaydi.




Download 38,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish