I bob. Turizm industriyasida ovqatlantirish xizmati
Turizmda ovqatlantirish xizmatining tutgan o‘rni.
O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish, turistlarga xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytirish va ular uchun barcha sharoitlarni yaratish maqsadida yangi turistik majmualar, mehmonxonalar, kempinglar, restoranlar, barlar, transport sohalari, qurilish uchun katta mablag‘lar ajratilmoqda. Bunday sur‘atda turizmni rivojlantirish albatta umumiy ovqatlanishni ham rivojlantirishini taqoza etadi, chunki barcha turistlar goh ichki turist bo‘lsin, goh tashqaridan kelsin, ulardan qat‘iy nazar restoran xo‘jaligiga yoki ovqatlanish tarmog‘idan foydalanishga majbur. Aks holda insonlar ovqatlanish uchun barcha mahsulotlarni o‘zlari bilan olib yurishi kerak yoki uy sharoitlarida tayyorlab, iste‘mol qilishi kerak bo‘ladi. Ammo turistlarda bunday imkoniyatlar yo‘q, shuning uchun ham ular ovqatlanish xizmatidan foydalanishga majburdir va mana shu holatlarning mavjud bo‗lishi turizm umumiy ovqatlanishni uyg‗un holda rivojlantirishi uchun imkon beradi. Shuning uchun ham turizmda asosiy xizmat turlaridan birini ovqatlantirish xizmati tashkil etadi. Dunyo bo‗yicha ovqatlanish korxonalarining yagona tasniflari mavjud emas. Lekin, shunga qaramasdan ko‗p mamlakatlarda ommaviy tarqalgan ma‘lum bir ko‗rinishdagi (tipdagi) ovqatlanish korxonalari ajratilib ko‗rsatiladi. Milliy oshxonaga ega bo‗lgan restoranlar ham mavjud bo‗lib, ular italyancha, xitoycha, grekcha, turkcha, inglizcha, amerikacha, hindcha, fransuzcha, nemischa kabi restoranlar bilan mashhur. Ularning ayrimlari narxlarining juda arzonligi bilan ajralib tursa, ayrimlari esa qimmatliligi bilan ajralib turadi. Odatda turistlar, qaysi mamlakatda bo‗lsalar, o‗sha mamlakatning oshxonasi bilan tanishishga qiziqadilar. Ko‘p hollarda mezbon shaharning qiziqarli milliy hamda arzon restoranlari haqida ma‘lumot berib o‘tadi, milliy restoranlar bilan
tanishtirish nuqtai nazarda ham sayohatlar tashkil etiladi. Masalan, Bavariyada turistlarni Bavariya (Germaniya) oshxonasi bilan, ya‘ni mashhur oq sosiskalar hamda bavarcha pivo bilan mehmon qilishadi. Myunxenda esa turistni albatta «Xofbrayxaus»ga, ya‘ni eng katta pivo zaliga olib borishadi. Avstriyada dunyoda eng mashhur bo‗lgan vencha shnitsellarni (katlet turi) tamaddi qilishga olib borishadi va albatta Italiyada esa tushlik ovqatlanish pastasiz (makaronli taom) o‗tmaydi. AQSH da va barcha ko‗pgina mamlakatlarda afg‗oncha, kolumbcha, hindcha, chexcha kabi restoranlar ishlab kelmoqda. So‘nggi paytlarda vegeterianlarga xos oshxonalar ham paydo bo‗la boshladi, yoki yahudiylar uchun maxsus tayyorlanadigan taomlar restoranlari ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Ovqatlanishning turlari bu ertalabki nonushta, yarim pansion, to‘liq pansion doimo turistik xizmatlar ko‘rsatish tarkibida belgilangan bo‘ladi. Yarim pansionda (ikki marta ovqatlanish) ertalabki nonushta va tushlik yoki kechki ovqat nazarda tutilgan bo‘ladi. Pansion – bu uch martalik ovqatlanishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |