Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Download 1,96 Mb.
bet75/176
Sana31.12.2021
Hajmi1,96 Mb.
#264862
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   176
Bog'liq
Mehmonxona xo'jaligida xizmatlar sifatini boshqarish

Xotirjamlik va sabr-toqatlilik bilan suhbatdoshni «engish». Agar suhbatdoshingiz siz bilan suhbatda asabiylashayotgan va qo‘pollik qilayotgan bo‘lsa, uning «qizg‘in» hujumlariga xotirjamlik va eng muhimi – xushmuomalalik (ba’zan – yengil kinoya) bilan javob qaytaring. Arzimagan narsalarni deb ichki muvozanatni yo‘qotmang.

Xodimlardan biriga alohida e’tiborni qaratish. Qo‘l ostingizdagi xodimlardan biriga, eng ma’quli – past lavozimlardan birini egallab turgan xodimga e’tiborni qaratishga o‘zingizni majburlang. Uni kuzating, u nimalar haqida o‘ylashini, uning qiziqishlari, xohish-istaklarini tasavvur qiling, uning taqdiri bilan qiziqing – shunda sizda birdan ana shu kishiga nisbatan jonli qiziqish paydo bo‘ladi. U bilan norasmiy vaziyatda muloqot qilishingiz osonlashadi, tez orada unda o‘zingizga nisbatan ishonch paydo bo‘lganini his qilasiz. Ammo, eng muhimi – o‘zingizdan ma’naviy qoniqish hissini tuyasiz.

O‘z fikriga «zo‘rlik» qilish. Nima uchundir jiningiz suymagan yoki hatto ochiq-oydin yoqtirmaydigan xodimingizda ijobiy fazilatlarni topishga harakat qiling. U haqda shu paytgacha yanglish fikrlaganingizga o‘zingizni ishontirishga urining. Agar shunga erisha olsangiz, mazkur xodim bilan til topishgan bo‘lasiz.

Kutilmagan qaror qabul qilish. Xodim rahbardan odatda nima kutadi? Uning o‘zini jazolashini. Insofsiz, intizomsiz yoki qoloq xodimga rahbar qanday munosabatda bo‘ladi? Tabiiyki, uni yoqtirmaydi va unga ishonmaydi. Bu javoblar isbot talab qilmaydi. Shunga qaramay, ulardan voz keching, ayniqsa, xodimingiz o‘zining «omadsizligi»ga tan bergan va sizdan o‘ziga nisbatan ishonch u yoqda tursin, yaxshi so‘z ham kutmayotgan bo‘lsa. Uni vaqtincha boshqalardan ustun qo‘ying. Unga mas’ul topshiriq bering. Buni barchaning ko‘z o‘ngida qiling va u mazkur topshiriqni bajarishiga ishonch bildiring.

Xodimga qanot baxsh etadigan bunday qarorlar juda kuchli tarbiyaviy ta’sirga ega. Mashhur pedagog Makarenko shunday usullardan foydalangan: u ishonish mumkin bo‘lmagan odamga – sobiq o‘g‘riga moddiy boyliklarni ishonib topshirgan. Ammo bunday tavakkalli qarorni faqat topshiriq berayotgan xodimingiz sizning ishonchingizni yuksak baholashiga ishonchingiz komil bo‘lgan taqdirda qabul qilish mumkin.

Oldindan maqtash. Xodimga topshiriq berar ekansiz, uning bajarilishiga to‘liq ishonchingiz komil bo‘lmasa, uni maqtashingiz, bunday mas’uliyatli topshiriqni undan boshqa hech kimga ishona olmasligingizni aytishingiz mumkin. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, bu maqtovingiz nishonga urganiga ishonch hosil qilasiz: xodim tirishqoqlik bilan topshiriqni bajaradi.

«O‘zingizni mening o‘rnimga qo‘yib ko‘ring». Bundan soddaroq usul bo‘lmasa kerak. O‘z haqligingizni isbotlashning eng oson usuli – biror masalada fikringizga qo‘shilmagan xodimga o‘zini sizning o‘rningizga qo‘yib ko‘rishini taklif qilish. Shunda bahslashayotgan odam yo masalani uning foydasiga hal qilish mumkin emasligini (rahbarning huquqiy vakolatlari cheklanganligi tufayli), yo bu qonunga yoki axloqqa xid ekanligini tushunib yetadi.

Ayrim menejerlar boshqaruv faoliyatida xodimlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishning har xil usullarini juda oson va bajonidil qo‘llaydi, ayrimlar bunga ancha qiynaladi, yana bir toifa menejerlar esa bunga umuman erisha olmaydi.
Firmaning ish rejasi tuzilganidan keyin (mehnat resurslari rejasi uning tarkibiy qismi hisoblanadi) menejerning eng muhim ishini bajarish – xodimlarni fursati keladi. Mazkur jarayonning mohiyati shundan iboratki, mavjud bo‘sh o‘ringa nomzodga qo‘yilgan talablarni hisobga olgan holda, baho berish va ishga qabul qilish uchun mos keladigan malakali xodimlarni jalb qilish.

Menejerning mazkur funksiyasi juda muhim ahamiyatga ega. Shunga qaramay, aksariyat hollarda xodim intuitiv tarzda, tanish-bilishlarning tavsiyasi yoki maslahati, ish bilan ta’minlash xizmatining yo‘llanmasi, tashqi belgilarga ko‘ra tanlab olinadi. Kadrlar tanlashning sinovdan o‘tgan usullari yo‘qligi shunga olib keladiki, menejer o‘rin bo‘sh turganidan ko‘ra, mos kelmaydigan xodim uni band etgani ma’qul, deb hisoblaydi. Shu ma’noda xodimning o‘zi egallagan lavozimga muvofiqligini aniqlash, ya’ni u bajaradigan ishlarni, uning funksiyalarini aniq qayd etish va shu ishlarga funksional majburiyatlarni sifatli bajarish uchun zarur malakaga ega kishilarni tanlab olish lozim. Kadrlarni tanlash ishi nomzodlarda muayyan faoliyat turini bajarish uchun zarur barcha fazilatlar mavjudligini to‘g‘ri baholashga asoslangan taqdirdagina samarali bo‘lishi mumkin.

Xodimlarni tanlash uchun butun javobgarlik xodimlar bilan ishlash bo‘yicha menejerning zimmasiga tushadi. Kadrlarni tanlash jarayoni boshqaruv ishining boshqa jabhalari singari juda murakkabdir. Birinchi bosqichda nomzodga bo‘lg‘usi ish mohiyatini to‘g‘ri va aniq tushuntirish ayniqsa muhim, aks holda zarur malakaga ega bo‘lmagan kishilarni qabul qilish va ular bilan suhbatlashishga ko‘p vaqt sarflash mumkin.

Xodimlarni tanlash sohasidagi kadrlar siyosati ishga qabul qilish prinsiplarini, tegishli funksiyalarni sifatli bajarish uchun zarur xodimlar miqdorini, xodimlarning ko‘nikmalarini mustahkamlash va ularni kasbiy jihatdan o‘stirish metodologiyasini belgilashdan iborat. Kadrlarni tanlashga boshqaruvning shaxsga nisbatan amalga oshiriladigan kichik funksiyasi deb qaraladi. Xodimlarni tanlash jarayoni nomzodlar shaxsi va ishiga baho berish mezonlarini tanlashdan boshlanadi. Mezonlar xulq-atvor qoidalarini va kasbiy ko‘nimalarning tafsilotlarini o‘z ichiga oladi. Xodimlarni tanlashning navbatdagi bosqichi – nomzodni ekspert baholash. Ushbu bosqich test o‘tkazish, masalalar yechish va mashqlarni bajarishga asoslanadi. Test o‘tkazilganidan keyin kuzatish bosqichi keladi: nomzod suhbatga chaqiriladi. Yuqorida zikr etilgan bosqichlardan o‘tilganidan so‘ng olingan natijalar tavsiflanadi va ular nomzodlarni baholash mezonlariga solishtirib ko‘riladi. Nomzodlarni tanlash jarayoni qaror qabul qilish bilan yakunlanadi; agar uzil-kesil qaror qabul qilishda ma’lum qiyinchiliklar tug‘ilgan bo‘lsa, qo‘shimcha test o‘tkazilishi mumkin.

Kadrlar tanlash muammosini to‘g‘ri hal qilishning ahamiyati ishchi kuchining ancha qimmatligi bilan bog‘liq. Shu sababli birinchi navbatda mazkur nomzod firmaga kerak yo kerak emasligini aniqlash lozim. Xato (masalan, uch oydan keyin u ishdan bo‘shash haqida ariza bersa) ancha qimmatga tushishi mumkin. Kadrlar tanlashda xatoga yo‘l qo‘ymaslikda har xil axborot manbalari muayyan yordam beradi (1-jadval).

1-jadval

Xodimlarni tanlashda axborot manbalari



Manba

Axborot mazmuni va uning ahamiyati

Ishga olish to‘g‘risida ariza

Nomzod haqidagi dastlabki umumiy taassurot haqida ma’lumot beradi

Fotosurat

Nomzodning tashqi ko‘rinishi haqida ma’lumot beradi

Tarjimai hol

Nozmodning shakllanish jarayoni, hayotining tafsilotlari haqida ma’lumot beradi

Shaxsiy so‘rovnoma

Nomzod haqidagi eng muhim ma’lumotlarni jamlaydi va tizimga soladi

Yetuklik attestati

Nomzodning maktabdagi davomati haqida ma’lumot beradi, uning kasbiy malakasi haqida esa nisbiy ma’lumot beradi

Mehnat daftarchasi

Oldingi ish joylarini tasdiqlaydi, mehnat faoliyatini yoritadi

Tavsiyalar

Kasbiy layoqatining barcha jihatlarini yoritadi; qoida tariqasida, faqat qo‘shimcha ko‘chirmalar olinadi

Nomzod bilan suhbat

Boshqa manbalar yordamida yetishmayotgan axborot o‘rnini to‘ldirish, nomzod haqida shaxsan tasavvur hosil qilish imkonini beradi

Sinov

Nomzod muayyan ishni bajarish qobiliyati (masalan, ma’lum ko‘nikmalarga egaligi) tekshirib ko‘riladi

Tibbiy ko‘rik (kasbga loyiqlikka); psixologik testlar

Qisman nomzodning kasbiy layoqatini (intellekti, eruditsiyasi, kasbiy fazilatlari, fe’l-atvorining o‘ziga xos xususiyatlarini) tavsiflaydi

Grafologik xulosa

Kasbga loyiqlikning umumiy va xususiy jihatlari haqida ma’lumot beradi; informativlik jihati bahsli; faqat nomzod roziligi bilan mumkin




Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish