Tovar assortimenti — vazifasi, narxlar ko‘lami yoki boshqa xususiyatlari o‘xshashligi bo‘yicha bir-birlari bilan uzviy bog‘langan tovarlar guruxi.
Tovar belgisi — huquqiy himoya bilan ta’minlangan marka yoki uning qismi.
Tovar birjalari — vazifasi, sifati bir jinsli standart sifat ko‘rsatkichlari (namunalar) bo‘yicha partiyalar bilan sotiladigan ommaviy tovarlarning doim faoliyat ko‘rsatadigan bozorlari.
Tovar bozori — ishlab chiqarish yoki iste’mol xususiyatlari o‘xshash (poyabzal bozori, avtomobil bozori, xom ashyo bozori) aniq tovarlar bozori.
Tovar harakati — ishlab chiqaruvchining omboridan xaridorga mahsulot to‘siqsiz yetib borishini ta’minlash. Tovarni oldinga surish yoki sotishni rag‘batlantirish — tovar ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetib borishiga ko‘maklashuvchi faoliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |