Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Rossiya bozorlarida sotilayotganqalbakilashtirilgan mahsulotlarning hajmi



Download 1,96 Mb.
bet106/176
Sana31.12.2021
Hajmi1,96 Mb.
#264862
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   176
Bog'liq
Mehmonxona xo'jaligida xizmatlar sifatini boshqarish

Rossiya bozorlarida sotilayotganqalbakilashtirilgan mahsulotlarning hajmi

Mahsulot turi

Qalbakilashtirilgan mahsulotlar hajmi, %

Audiokasseta va kompakt-disklar

DVD va videokassetalar

Dori-dormonlar

Alkogolli ichimliklar

Oziq-ovqat tovarlari


80

70

50-60



20

30-50


Eng ko‘p darajada kriminallashgan qalbaki tovarlar oboroti mamlakatning eng ko‘p aholisi yashaydigan katta sanoat shaharlarida, xalqaro va regional transport uzellarida kuzatiladi. Ekspertlarning bahosiga ko‘ra har yili Rossiya qalbakilashtirilgan tovarlarni sotishdan 3 mlrd dollar zarar ko‘radi.

Bugungi kunda eng dolzarb muommolardan biri inson organizmi uchun zararli bo‘lgan, qalbakilashtirilgan spirtli ichimliklarning tarqalishi hisoblanadi. Rossiya federatsiyasi Davlat statistika qo‘mitasining bergan ma’lumotiga ko‘ra qalbakilashtirilgan alkogolli ichimliklarni ichish tufayli har yili 37 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumadi. Kontrafakt mahsulotlarning asosiy manbai janubiy – sharqiy Osiyo, Bolgariya, Ukraina, Yevropa mamlaktlaridan esa Polsha hisoblanadi. Bunday kontrafakt mahsu-lotlarini ishlab chiqarishdan O‘zbekiston Respublikasi ham xoli emas.

Bugunki kunda kontrafakt mahsulotlar muammosi xalqaro xarakterga ega ekanligi hech kimga sir emas. Umumjahon bojxona qo‘mitasining ma’lumotlariga qaraganda kontrafakt mahsulotlar jahon tovar bozori umumiy hajmining 5 – 7 foizini tashkil etadi. Natijada korporatsiyalarga keltirilayotgan zararlar hajmi 500 mlrd dollarni tashkil etmoqda.

Shuni alohida qayd etish lozimki, mamlakatimizda ham sifat ta’minotining qonuniy – huquqiy asoslari yaratilgan, desak xato qilmagan bo‘lamiz. Bunday qonuniy – huquqiy hujjatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi;

2. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonun;

3. “Texnik boshqaruv to‘g‘risida” gi Qonun.

4. “O‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash to‘g‘risida” gi Qonun;

5. “Oziq – ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida” gi Qonun va boshqa qonunlarni keltirish mumkin.

“Oziq – ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonunda keltirilgandek, oziq – ovqat mahsulotlarining sifati deganda oziq – ovqat mahsulotlarning iste’mol xossalarini belgilab beradigan va uning odamlar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizligi ta’minlaydigan mezonlar majmui tushuniladi. Oziq – ovqat mahsulotlarining xavfsizligi deganda esa, oziq – ovqat mahsulotlarining sanitariya, vetirinariya, fitosanitariya normalari va qoidalariga mosligi tushuniladi.

Mazkur Qonunga binoan oziq – ovqat mahsulotlarining sifati va xavsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

a) davlat tomonidan normalash;

b) oziq – ovqat mahsulotini hamda uni tayyorlashga mo‘ljallangan va foydalanganda oziq – ovqatga tegib turadigan uskunalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

v) oziq – ovqat mahsulotlarini sertifikatlash;

g) davlat nazorati va tekshiruvi;

d) oziq – ovqat mahsulotining sifatini va xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini rejalashtirish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat qonuniy – huquqiy bazani yaratish orqali iste’molchilarning xuquqlarini himoya qilishga katta e’tibor beradi.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tgan mamlakatlarda qonunchilikning rivojlanishi 1960 – 1980 yillarga to‘g‘ri keladi. Chunki aynan shu yillarda sifatsiz tovarlarni chiqarish moddiy zarar keltirish bilan bir qatorda insonlarning kasallanishi, hatto o‘lishi ko‘payib ketgan edi. 1985 yilda BMT ning Bosh Assambleyasi “Iste’molchilar huquqini himoya qilishning rahbarlik tamoyillari rezolyusiyasi” ni qabul qildi. Ana shu rezolyusiyada insonlarning sog‘ligini va xavfsizligini ta’minlash asosida vujudga kelayotgan zarardan himoya qilish kerakligi va iste’molchilarning iqtisodiy manfatlarini himoya qilish tamoyillari yoritilgan.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning qonunchiligida iste’molchilar huquqini himoya qilish borasida ikki tur qonuniy – huquqiy hujjatlarni ko‘rish mumkin:

1. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni tartibga soluvchi fuqaro-lik va savdo kodekslari (masalan, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Shvesiya, Yaponiyaning fuqarolik kodekslari, AQShning yagona savdo kodeksi).

2. Iste’molchilarning sog‘ligi, hayotiga va atrof-muhitni himoya qilishga qaratilgan maxsus qonuniy hujjatlar (masalan, AQShning iste’mol tovarlari xavfsizligi to‘g‘risidagi qonuni, Yaponiyaning iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonuni, Germaniyaning jihozlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi qonuni va boshqalar. Bundan tashqari, tarmoqlarda ishlab chiqarilyotgan mahsulotlar xavfsizligi bo‘yicha ham qonunosti hujjatlari majud).

Shu qonunlarga mos ravishda milliy davlat organlari majburiy standartlarni tasdiqlaydilar. Bu standartlarda esa iste’mol tovarlarining sifati va xavfsizligiga tegishli talablar o‘rnatilgan bo‘ladi.

Yevropa Ittifoqi (YeS) mamlakatlarida kontrafakt tovarlar ishlab chiqarganligi uchun katta jarima solishdan tashqari jinoyat javobgarlikka tortish masalalari ham ko‘rib chiqilmoqda. Bizning mamlakatimizda xam aholining sog‘ligini saqlashga, ularni qalbaki mahsulotlardan himoya qilishga katta etibor berilmoqda.

Mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish quyidagi qonunlar, qonuniy – huquqiy va me’yoriy hujjatlarga asoslanadi:



  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi;

  • O‘zbekiston Respublikasining “Iste’mol tovarlari xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonuni

  • O‘zbekiston Respublikasining “Oziq – ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonuni;

  • O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida” gi qonuni;

  • O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi qonuni;

  • Me’yoriy boshqa hujjatlar (masalan, oziq – ovqat tovarlarini va nooziq – ovqat tovarlarini sotish qoidalari, qimmatbaho metallardan qilingan buyumlarni sotish qoidalari va boshqalar).

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (40, 41, 43 – 44 moddalar) har kim malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish huquqiga egaligi, har bir shaxs o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy hatti – harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi birligi ko‘rsatib qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1861 moddasi “Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish” deb yuritiladi. Mazkur qonunning ana shu moddasiga binoan etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorida yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bunday harakatlar takroriy sodir etilganda esa bundan ham og‘irroq jazolar qo‘llaniladi. Xuddi shuningdek, Qonunning 1862 – moddasi “Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish” deb ataladi. Bu modda bo‘yicha chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda xalq iste’mol tovarlari sifati va xavfsizligini ta’minlashning qonuniy - huquqiy asoslari to‘liq yaratilgan deb ayta olamiz.

O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonuni 1996 yil 26 apreldan boshlab harakatga kiritilgan. Bu Qonun iste’molchi sotuvchilar (xizmat ko‘rsatuvchilar) orasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Shu qonunga binoan iste’molchi deganda foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi yoki xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro, ya’ni jismoniy shaxs tushuniladi.

Tovarlarni oldi-sotdi jarayonida (ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatish) iste’molchi sotuvchi (bajaruvchi, ishlab chiqaruvchi) bilan huquqiy munosabat-larga kirishadi. Sotuvchi iste’molchiga tovar sotganligini tasdiqlovchi chek yoki boshqa hujjat beradi.

Qonunda iste’molchining sifati bo‘yicha tegishli talablarga javob beradigan tovar sotib olishga huquqi mavjudligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shuningdek, Qonunning 12-moddasida iste’molchining tovar (ish, xizmat) xavfsiz bo‘lishiga talab qo‘yish huquqi keltirilgan. Bu moddaga binoan iste’molchi sotib olgan tovar (ish, xizmat) sanitariya – gigiena, shu jumladan radiologiya, epidemiyaga qarshi talablarga va amaldagi boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etgan holda ishlab chiqarilgan yoki bajarilgan bo‘lishiga va uning hayoti, sog‘ligi, atrof – muhit uchun xavfsiz bo‘lishiga, shuningdek uning mol – mulkiga zarar yetmasligiga kafolat berilishini talab qilish huquqiga ega.

Iste’molchilarning hayoti, sog‘ligi, mol – mulki hamda atrof – muhit uchun xavf tug‘diruvchi tovar ishlab chiqarganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq:


  • ishlab chiqaruvchi (ijrochi);

  • normativ hujjatlarni tasdiqlagan organ;

  • muvofiqlik sertifikati bergan organ;

  • sog‘liqni saqlash, tabiatni muhofaza qilish, veterinariya xizmati organlari yoki xavfli tovar (ish, xizmat) ni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilishga ruxsat bergan boshqa organlar javobgar bo‘ladi.

Shuningdek, Qonun iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) lar to‘g‘risida ma’lumot olish huquqini ham mustahkamlaydi.

Tovar (ish, xizmat) lar haqidagi ma’lumotda quyidagilar qo‘rsatilish shart:



  • tovar (ish, xizmat) majburiy talablariga muvofiq kelishi shart bo‘lgan normativ hujjatning nomi;

  • tovar (ish, xizmat) ning asosiy iste’mol xususiyatlari, shu jumladan o‘ziga xos xususiyatlari ro‘yxati;

  • bahosi va sotib olish shartlari;

  • ayrim turdagi tovarlarning sotib olingan sanasi;

  • ishlab chiqaruvchi (ijrochi) ning kafillik majburiyatlari;

  • tovardan samarali va xavfsiz foydalanish shartlari;

  • tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin iste’molchi nima ishlar qilishi zarurligi, shuningdek bunday ishlarni bajarmaslik natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) ning nomi va mulkchilik shakli, ro‘yxatga olish va litsenziya guvohnomasining nomeri;

  • tovarlarni saqlash, xavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda qoidalari va boshqalar.

Qonunda iste’molchining tegishli sifat darajasiga ega bo‘lgan tovar sotib olish huquqi ham mustahkamlangan. Nuqsonli tovar sotilganda quyidagi huquqlarga egadir:

a) tovarlarni aynan shunday markali maqbul sifatli tovarga almashtirib olish;

b) tovarni boshqa markali shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishlicha qayta hisob – kitob qilish;

v) tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki iste’molchining nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarni qoplashni talab qilish;

g) xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;

d) shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilish huquqi va boshqalar.

Iste’molchi bu talablarni faqat kafolat muddati davomidagina qo‘yishi mumkinligi qonunda qo‘rsatib qo‘yilgan.

Qonunda yuqoridagi talablarning qondirilishi bo‘yicha vaqtlar belgilangan (8-jadval).




Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish