Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari
Bozor sharoitida xaridorni xukmi ahamiyatlidir. Ya’ni xaridor o’ziga nima kerak ekanligini o’zi belgilaydi, tovar uni qoniqtiradimi, yo’qmi? Lekin shu bilan birga xaridor bozorining uzoq yoki yaqinligi, unga etib borishi uchun transport vositalarining quylayligi, bozordagi mahsulotlarning sifati va bahosining qoniqarli bo’lishi bilan qiziqadi. Bu masalaning bir tomonidir. Masalaning ikkinchi tomonida esa mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatuvchi sohalarning o’ziga xos talab va taklif xususiyatlari yotadi. Bu xoll tabiiyki, iste’molchilar bilan ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchilar o’rtasida keskin ziddiyatlarni kelitrib chiqaradi. Shunday sharoitda bozor infratuzilmasi yuzaga keladigan barcha ziddiyatlarni xal qilish, ya’ni ham iste’molchilarning talablarini qondirish, ham ishlab chiqarish va savdo uchun qulay sharoit yaratib berishdan iborat bo’ladi.
Xo’sh shunday ekan, bozor infratuzilmasi nima?
Infratuzilma deganda, bozorning qulay faoliyat ko’rsatishi uchun xizmat ko’rsatadigan muhit tshuniladi. I.A.Кarimov «Bozor munosabatlarini shakllantirishni tegishli muhitsiz – tovar, pul bozorlarida va mehnat resurslari bozorida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida o’zaro aloqani ta’minlash kerak bo’lgan bozor infrastrukturasisiz tasavvur etib bo’lmaydi» degan edilar (6. 260-261 betlar).
Infratuzilma shartli ravishda quyidagi unsurlardan tashkil topadi: - tadbirkorlikni tayyorlash va o’qitish tizimi; xususiy biznesni ro’yxatga oluvchi bo’limlar; moliya-kredit tizimi; kommersiya bank tizimi va sug’urta kompaniyalari, reklama va ommaviy axborot vositalari, kommunikasiya vositalari; soliq va bojxona tizimi; konsalting xizmatlari (iqtisodiy va xuquqiy masalalar yuzasidan maslahat beruvchi malakali mutaxassislar xizmati, auditor kompaniyalari xizmatlari va boshqalardan tashkil topadi); ulgurji – vositachilar tuzilmalari; birja bozorlari; agroxizmat bozori; transport ta’minoti; xizmat bozori; tashqi iqtisodiy aloqalar ta’minoti.
Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik topishga, ish kuchini yollashga ko’maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasida aloqalar o’rnatishga yordam beradi. Ularning ba’zilari davlat tizimidagi korxona va tashkilotlar bo’lsa qolganlari mustaqil muassasa yoki uyushmalardan iborat bo’lib, ko’rsatilgan xizmati uchun haq oladi.
Bozor infratuzilmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Sanoat mahsulotlari bo’yicha: qabul qilish, o’rnatish, joylash, saqlash, talabga muofiq iste’mol uchun etkazib berish;
2. Qishloq xo’jalik mahsulotlari bo’yicha: qabul qilish, yuvish, quritish, sortlarga ajratish, joylash, o’rnatish, konteynerlarga solish, saqlash, jamlash, kerak bo’lganda sovutish va iste’mol uchun bir maromda etkazib berish;
3. Hamma turdagi mahsulot uchun: yirik iste’molchilarga etkazib berish uchun tovarlarni to’plash yoki aksincha, mayda iste’molchilarga talabga muofiq etkazib berish uchun yirik partiyadagi tovarlarni komplektini maydalashtirish;
4. Tadbirkorlik faoliyatini kreditlash;
5. Tadbirkorlik tavakkalligini sug’urtalash;
6. Tovar topishni ta’minlash;
7. Tadbirkorlarni ro’yxatdan o’tkazish;
8. Bitishuvlarni ro’yxatdan o’tkazish;
9. Bozor ishtirokchilarini manfaatlarini xuquqiy ximoya qilish;
10. Bozor ishtirokchilariga konsalting, injiniring, auditor, loyixa-smeta xizmatini ko’rsatish.
Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning unsurlari barcha bozor turlarini faoliyat ko’rsatishi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |