1.3 Talab va uning o'zgarishini belgilovchi omillar
Erkin bozor ulgurji narxlari ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar orasida teng huquqli asosda kelishilgan holda belgilanadi va tegishli hujjat (preyskurant)larda qayd etiladi. Kelishuv shartnomasi har ikki tomon rahbarlari imzosi bilan tasdiqlanadi va korxona muhri bilan muhrlab qo’yiladi.
Yuqorida belgilangan mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasini ishlab chiqishga asos bo’lib xizmat qiladi.
Erkin bozor chakana bahosi iqtisodiy mazmuni jihatidan erkin bozor ulgurji baholaridan savdo ta’minot ustamasi ortiqligi bilan farq qiladi.
Bundan tashqari ushbu baholar yordamida aholi keng iste’mol tovarlarini savdo shahobchalari, tayyorlov – ta’minot firmalaridan sotib oladi.
Savdo ta’minot ustamasi miqdori Tovar guruhlari, joylanish o’rni va boshqa belgilariga qarab tabaqalashgan bo’lishi mumkin. Bozozr iqtisodiyoti sharoitida savdo ta’minot tashkilotlari ustamasining eng yuqori va quyi chegaralari davlat tomonidan belgilab qo’yiladi xolos. Haqiqiy miqdori savdo shohobchalari xarajati, normal foydasi va tovarlarga bozordagi talab va taklif doirasidan kelib chiqib belgilanadi:
qurilish – montaj ishlari baholari. Qurib bitkazilgan obyektlar buyurtmachilarga topshirish jarayonida hisob – kitoblar smeta, preyskurant va kelishilgan narxlardan foydalanadi.
davlat xarid narxlari, kelishilgan narx va hisob narxlari yordamida qishloq xo’jaligi korxonalari yetishtirgan mahsulotlarini davlatga va boshqa turdagi iste’molchilarga realizatsiya qiladi.
tariflar – tashqi qiyofasi bo’lmagan xizmatlarga belgilanib u transportda, kommunal xizmatda va maishiy xizmatda keng foydalaniladi.
xalqaro savdoda (tashqi iqtisodiy faoliyatda) jahon va xalqaro baholardan foydalaniladi.
Tadbirkorlikning barcha tashkiliy – huquqiy shakllari orasida narxning turli ko’rinishlaridan foydalaniladigan bo’lsa-da, ular bir – birlari bilan uzviy bog’liqdir.
Sababi:
ularning barchasi shakllanishida asosiy iqtisodiy qonunlar harakatiga tayanadilar;
tarmoq va sohalarni rivojlantirish rejalari topshiriqlarini bir – biriga bog’liqligi.
Shunday ekan, ayrim tarmoqlarda baho o’zgarishi boshqa tarmoqlardagi narx va tariflarni qayta ko’rib chiqilishini talab etadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida oldingi rejali boshqaruv davri singari ayrim mahsulotlarning bahosini qiymatdan past belgilash, ayrim mahsulotlar bahosini qiymatdan yuqori belgilash holatlari iloji boricha qisqartirilgan. Ma’lum bir ishlab chiqaruvchilar xarajatlari boshqa ishlab chiqaruvchilar daromadlari hisobiga to’planishi butunlay tugatilgan. Bu yerda xo’jalik hisobi, o’z – o’zidan moliyalashtirish tamoyillari yetakchi o’rinni egallaydi.
Aholiga keng iste'mol tovarlarini sotishda erkin bozor chakana baholariga asoslaniladi. Ushbu baho yordamida aholi o'ziga kerakli tovarni chakana savdo shahobchalari orqali sotib oladilar. Erkin bozor chakana baholari iqtisodiy mazmuniga ko'ra erkin bozor ulgurji bahosi ulgurji ta'minot va savdo ustamasidan iborat. (2 – sxema)
Tannarx
|
Foyda
|
Qo'shilgan qiymat solig'i
|
Ulgurji ta'minot
ustamasi
|
Savdo ustamasi
|
Ta'minot
sarflari
|
Foyda
|
Muomala
xarajatlari
|
Foyda
|
(67 so'm)
Korxona ulgurji bahosi
|
|
|
Erkin bozor ulgurji bahosi
(94 so'm)
|
Erkin bozor chakana bahosi (100 so'm)
|
2 – sxema. Erkin bozor chakana baholari tuzilishi.
Erkin bozor chakana baho (narx)lari sotuvchi bilan xaridor orasida teng huquqli asosda kelishilgan holda belgilanadi.
Erkin bozor chakana baholarining bir ko'rinishi dehqon bozori baholari hisoblanadi, u talab va taklif ta'siri ostida shakllanadi. Erkin bozor chakana baholari erkin bozor ulgurji baholari asosida shakllansa – da, talab va taklifni balansliligi hamda boshqa ijtimoiy – iqtisodiy funksiyalarni ko'proq bajaradi.
Bahoning tuzilishi bu narxning umumiy darajasida uning ayrim elementlari ulushiga aytiladi. Yuqoridagi rasmda tannarx bahoning 55 foizini, foyda esa 12 foizini tashkil etadi.
Erkin bozor chakana baholarining to'g'ri shakllanishi va pasayishi aholi turmush farovonligi ortishini bosh omili hisoblanadi. Shuning uchun ham jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida baho (narx) davlat iqtisodiy siyosatining asosiy obyektlaridan biri bo'lib kelgan. Bozor iqtisodiyoti keng taraqqiy etib borishi bilan davlatning baho siyosatiga aralashuvi nisbatan chegaralansa-da, ma'lum bir doirada saqlanib qoladi.
Savdo ustamasi erkin bozor chakana baholarining tarkibiy qismi hisoblanib, mazmuni va mohiyatiga ko'ra savdo tashkilotlari xarajatlarini qoplash va ularni zaruriy foyda bilan ta'minlashdan iborat.
Amaliyotda savdo ustamasi ayrim tovarlar va tovar guruhlari bo'yicha tabaqalashadi. Bundan tashqari savdo shahobchalarini joylashuviga qarab ham savdo ustamasi tabaqalanishi mumkin. Masalan shahar, qishloq, tog'li, cho'l zonalari va hakazo. Ayrim turdagi oziq – ovqat mahsulotlariga savdo tizimi va tarmoq faoliyatiga qarab qo'shimcha tabaqalashuv ham mavjud (ishchi ta'minoti, davlat ta'minoti, harbiy savdo, xo'jalik hisobidagi korxona va hokazo).
O'z davrida bir tovar guruhida bir necha savdo ustamasi miqdori belgilangan. Savdo ustamasini tabaqalashtirishdan maqsad, barcha tovarlarning sotish muomila xarajatlari miqdorining bir xil emasligi. Masalan, tuz savdosida muomala xarajatlari 70 foizga yaqinni tashkil etsa, spirtli ichimliklarda 3 – 5 foizni tashkil etadi. Bu yerda muomala xarajatlari miqdori bilan savdo ustamasi miqdori orasida bog'liqlik mavjud.
Savdo ustamalarini hududlar bo'yicha tabaqalashuvi barcha savdo shahobchalarini normal samaradorlikka erishishni ta'minlash va xo'jalik hisobini mustahkamlashdan iborat. Xo'jalik hisobi bozor iqtisodiyoti sharoitida ham xo'jalik yuritishning eng muhum prinsiplaridan biri bo'lib qoladi.
Narx chegirmalari — sotuvchi tomonidan xaridorga foydadan beriladigan imtiyozdir. Uni ko'proq savdo korxonasi oldi. Savdo korxonasi tovarlarni iste'molchilariga yetkazib berishdek vazifani bajaradi va o'z ulishini yaratilgan qiymatning bir qismini narx chegirmalari nisbati sifatida oladi.
Narx chegirmalari iqtisodiy mazmuniga ko'ra qo'shimcha mahsulotning savdo tashkilotiga tegadigan va pul shakldagi qismi, lekin uning hammasi emas, balki bir qismi savdo foydasiga aylanadi. Qolgan qismi savdo tashkilotining muomala xarajatlarini qoplashga ketadi.
Narx chegirmalari savdo tashkilotining tovarlarni xarid etish va sotish narxi orasidagi farqqa teng bo'ladi. Bunday chegirmalar raqobatga qo'l keladigan iqtisodiy vosita ham hisoblanadi. Sotuvchilar xaridorlarni o'ziga jalb etish, ko'proq mol sotish va ko'proq foyda ko'rish uchun ataylab narx chegirmalarini bermaydi. Narx chegirmalari bozori sust tovarlarda nisbatan ko'proq foydalaniladi, xaridor uchun kurash vositasi hisoblanadi. Bahoga qo'shimcha
berish – tovar ishlab chiqaruvchilarni rag'batlantirish uchun oldindan kelishilgan narxga qo'shimcha kiritib, imtiyoz berishdir.
Bunday imtiyoz iste'molchi (xaridor) narxining tarkibiy qismi bo'lib, odatda uni sotuvchi oladi. Bahoga qo'shimcha berish raqobat sharoitida sotuvchini xaridor tomoniga og'dirish vositasi bo'lib, xaridorning tovar ishlatishdan oladigan foydasidan beradigan imtiyozidir. Bunday qo'shimchalar sotuvchi bilan xaridor orasida muntazam mijozlik aloqasini o'rnatishda keng qo'llaniladi.
Sobiq Ittifoq davrida narxga qo'shimchalar berish tartibi markazlashgan tartibda davlat tomonidan amalga oshirilgan, chunki narx belgilash davlat monopoliyasi hisoblangan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxga qo'shimcha berish mahsulotlarni xarid qilayotgan va xizmatlardan foydalanadigan mijozlar (korxona, tashkilot, muassasa) vazifasiga aylanadi.
Narxga qo'shimcha berish narx chegirmasi bilan birgalikda olib boriladi.
Ularning qay birni qo'llash bozor konyunkturasiga bog'liq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |