Aholining strukturasi – O‘zbekiston ko‘p millatli respublika. Bu yerda yuzdan ortiq millat va elat vakillari yashaydi. Aholining asosiy qismi o‘zbeklardan iborat bo‘lib, ularning salmog‘i mo‘ttasil ortib bormoqda. Yevropalik aholining salmog‘i kamaymoqda, buning sababi tub aholi bilan yevropalik aholining tug‘ilish darajasidagi katta tafovo‘tdir. Respublika aholisining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi istiqbolda ham ko‘tiladi.
Hozirda turizm rivojlanishining kelajagini aholi strukturasining o‘zgarishi belgilaydi. Shu tufayli O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga barcha asoslar mavjudligi ko‘rinib turibdi.
Axolining tug‘ilish koeffitsiyenti pastligi va o‘lim koeffitsiyentining yukoriligi, mamlakat aholisi kam sayohat qiladi degan xulosaga olib kelmaydi, lekin bu aholi strukturasiga tegishli o‘zgartirish kiritadi, buni turizm rivojlanishida hisobga olish kerak.
Yosh. Aholi strukturasida yoshining o‘zgarishi baribir biznesning barcha sohalariga ta’sir kiladi. Turizm rivojlanishini bashorat qilishda, mamlakat axolisining yosh buyicha tarkibini o‘rganish va turizm bozoriga ta’sirini aniqlash muhim ahamiyat kasb tadi.
Milliy turizm mahsulotiga bo‘lgan taklif va unga ta’sir qiluvchi omillar
G‘arb kuzatuvchilari turizm bozoriga ta’sir qiluvchi quyidagi yosh buyicha segmentlarni ajratadilar.
Bolalar. Bolalar tug‘ilishining ortishi turizm uchun uncha yaxshi emas. Sababi yosh bolalari va chaqaloqlari bor oilalar sayohatdan ko‘ra uyda o‘tirishni afzal ko‘radilar. Bundan tashkari bunday oilalarda sayohat uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan daromadning bir kismi yosh bolalar va chaqalokqlarga ishlatiladi. Ammo yosh bolalarning o‘sish tendensiyasi turizmning kelajakdagi rivojlanishi uchun yaxshi omil hisoblanadi. Sababi bu yosh bolalar turistik xizmatlarning salohiyatli iste’molchilari hisoblanadilar.
O‘smirlar bozorning asosiy segmentini tashkil etadilar. Sababi ular o‘zlarining individual harid qobiliyatiga ega. Qayerda dam olish kerakligiga oila a’zolariga o‘zlarining ta’sirini o‘tkazadilar.Ular mustaqil turistlar hamdir. Sayohat qilishiga shaxsiy transport vositalarining borligi asosiy omil hisoblanadi.
Axolining harid kobiliyatiga 35 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lganlar asosiy ta’sir ko‘rsatadilar. Bu segmentning hayot tarzi butun mamlakat xayot tarzi bo‘la boshlaydi, bu hoh sayohat bo‘lsin, yoki dam olish maskanlari bo‘lsin. Aynan bu guruxdagi aholi samolyotlardagi sayohatlarga va kurortlarda dam olishga ishqiboz. Bu guruhdagi kishilarning ehtiyojlarini qondirish, turizm biznesining kelajakdagi rivojlanishiga ta’sir kiluvchi asosiy omildir.
45 yoshdan 54yoshgacha bo‘lganlar. O‘zlarining yashash joylaridan o‘zokrokda, kurortlarda dam olishga, samolyotlarda sayohat qilishga molikdir. Bu guruh asosini ijtimoiy faol kishilar tashkil kiladi. Bu yoshdagigilar barcha qo‘layliklar bo‘lishini va ekskursiya dasturlariga o‘zlarining kasbiga bog‘liq ob’ektlar bilan tanishishni kiritilishini hohlaydilar.
Daromad. Aholining harid kobiliyati turizm rivojlanishining asosiy omilidir. Daromadlarning o‘sishi bilan turizmga sarf-harajatlar ham oshadi.U yoki bu oilaning daromadi qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik tursayohatga imkoniyat yuqori bo‘ladi. Mablag‘i yetarli odamlar daromadlarining bir qismini aynan shu turizmga sarflashni ma’qul ko‘radilar. Vaqt tejash vositasi sifatida ularni ko‘prok avia transportlar orqali o‘chishlar jalb qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |