Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti mehmonxona xo


Nomerni joylashishga tayyorlash jarayoni



Download 32,77 Kb.
bet3/3
Sana28.06.2022
Hajmi32,77 Kb.
#711804
1   2   3
Bog'liq
КАЛАНДАРОВ ХАМЗА

3.Nomerni joylashishga tayyorlash jarayoni.

Nomerni joylashish uchun tayyorlash departament va har xil boʼlimlar xizmatini toʼgʼri tashkil etishni talab qiluvchi masʼuliyatli bosqichdir. Mehmonlarni aniq va oʼz vaqtida joylashtirish va xizmat koʼrsatish uchun xodimlarning professional tayyorgarligi va malakasi yuqori darajada boʼlishi kerak.


Mehmonlarni kutib olish va joylashtirish texnologiyasi quyidagi tadbirlarni koʼzda tutadi:
1. Kutib olish (qabul qilish) xizmatida barcha kategoriyadagi nomerlar fondi ahvoli, mehmonlarning pasport maʼlumoti, buxgalteriya maʼlumotlari (mehmon bilan hisob- kitob) haqida maʼlumotlar bazasi joylashgan kompьyuterning mavjudligi. Navbatchi administrator kompьyuterda maʼlumotlarni kiritadi.
2. Har bir qavatda toʼldiriladigan axborot qogʼozlarining (informatsionnыy list-shaxmatka) mavjudligi. Ushbu hujjat qavat boʼyicha navbatchi tomonidan rasmiylashtiriladi. Shaxmatkaga qavatda joylashganlar haqida barcha axborotlar koʼrsatiladi( umumiy band xonalar soni, har bir xonada yashovchilar soni, kelish va ketish vaqti, bron qilingan nomerlar soni).
3. Mehmonxonada nomer fondi va umumiy foydalanish inshootlarini tozalash tadbirlarini oʼtkazish. Katta xona bekasi nomerni joylashishga tayyorlash, mehmonlarning qavatda joylashishi va gornichniy tomonidan bajarilgan tozalash ishlari sifatini nazorat qiladi.
4. Mehmonxonaning injener-texnik xizmatiga kelib tushgan taʼmirlash va nosozliklarni bartaraf etish arizalarini rasmiylashtirish.
5. Maʼlum bir tozalash ishlarini olib borish (tubdan, mehmon ketganidan keyin, bron qilingan nomerni).
Har xil tozalash ishlarini bajarish texnologiyasi.
Tozalash ishlarini bajarishda xizmat koʼrsatuvchi xodimlar mehmonxona inshootlarini sanitariya talablariga mos ravishda tozalashlari shart.
Har kunlik joriy tozalashni bajarish ketma-ketligi.
Tozalayotganda eng avvalo nomerni havosini almashtish lozim. Uch xonali nomer quyidagi ketma-ketlikda tozalanadi - avval yotoqxona, keyin mehmonxona, kabinet, yoʼlak va sanuzel. Ikki xonalida - avval yotoqxona, keyin mehmonxona va sanuzel.
Bir xonali nomerda tozalashni ovqatlanish stolidan boshlash kerak.Stolda ovqat qolgan boʼlsa, uni muzlatgichga joylashtirish yoki ustini salfetka bilan yopish zarur. Аgar ovqat nomerga restorandan keltirilgan boʼlsa, idishlar ofitsiantga qaytariladi. Mehmonxonaga tegishli boʼlsa, yuvib, artib, shkafga joylashtiriladi. Koʼpgina mexmonxonalar stoli yuzasi plastik bilan qoplangan. Uni avval nam keyin quruq latta bilan artish kerak. Skatert yozilgan boʼlsa, qoqib yana solinadi, zarur boʼlsa almashtiriladi. Soʼngra gornichniy yotoqxonada krovatni yigʼishtirishga tushadi.
Yigʼishtirishning har xil “rituallari” mavjud. Lekin quyidagi ketma-ketlikda bajarish maqsadga muvofuqdir: yostiq, ustki koʼrpa (odeyalo) va choyshab (prostinya) olinib, stulga qoʼyiladi. Perinka shamollatiladi. Zarur boʼlsa, choyshab almashtiriladi. Prostinya uchlari krovat ichki tomoniga shunday qatlanadiki, pastki koʼrpa (matras) koʼrinmasin. Keyin ustki koʼrpa choyshabga solinib ikki tomoni shunday qatlanadiki, choyshabning oʼrta ochiq joyi krovatning markaziy qismiga joylashsin. Soʼngra yostiqlar yaxshilab “uriladi”. Koʼpgina mehmonxonalarda xona bekasilari krovat ustiga pakrivalani shunday solishadiki, krovat yonlarida oʼtkir burchak hosil boʼladi.
Mehmonxona administratori nomerlarda qanaqa choyshab ishlatilayotganini doimo kuzatib borishi shart (eski, yirtiq, dogʼi bor joyshablar ishlatilishi mumkin emas).
Choyshablar yaxshilab yuvilib, kraxmallanib, dazmollangan boʼlishi zarur. Nuqsonlar aniqlanganda choyshab almashtirilib, choyshabxonaga (belevoy) topshiriladi, lekin kir choyshab bilan birgalikda qoʼyish mumkin emas. Аgar joyshab mehmon aybi bilan iflos qilingan boʼlsa, xona bekasi qavat boʼyicha navbatchi va qavat boʼyicha mudiriga xabar berishi shart. Ushbu nomerni tozalashni va joyshabni almashtirishni mehmon oldida, konflikt holatni aniqlab, oʼtkazish zarur. Joyshab taʼmir-talab boʼlsa, uni joyshabxona ishchilari taʼmirlashlari, buzilgan joyshablarni roʼyxatdan chiqarishlari kerak. Joyshabni almashtirish xona bekasi va katta xona bekasi tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun har bir qavatda qavatning umumiy joylar sonidan 20% joyshab zaxirasi boʼlishi tavsiya etiladi. Shu tartibga rioya qilinsa xona bekasi istalgan paytda joyshabni almashtirishi mumkin. Аlmashtirilidagan joyshabni alohida shkafda saqlash zarur. Mablagʼlarni tejash maqsadida joyshablarni belgilangan muddatlan oldin almashtirmaslik kerak. Lekin ushbu muddatni uzaytirmaslik ham muhim, bu xizmat darajasini pasaytiradi.
Yana bir muhim qoida, joyshab almashtirishni mehmon oldida bajarmaslik, mehmonga tozalanmagan nomerga narsalarni qoʼyishga ruxsat bermaslik kerak.
Mehmonxona joyshablarini yuvish mehmonxonaning oʼzida yoki shahardagi kir yuvish joylarida amalga oshiriladi. Joyshabxona xodimlari qavatdagi hodimlardan ishlatilgan joyshabni qabul qilib tozasini beradilar. Qavatdan kelgan joyshablar maxsus qoplarda, nomlanib joylashtiriladi va yuvishga nakladnoy asosida yuboriladi. Yuvilgandan soʼng joyshablar koʼrib chiqiladi. Аgar kir yuvish joyi (prachechnaya) aybi bilan qilingan nuqson topilsa, norozilik xati (isk) beriladi. Boshqa paytlarda nuqsonli joyshab komissiya tomonidan koʼrib chiqilib, foydalanish mumkinmi yoʼqmi hal etiladi.
Joyshablarga eʼtiborli boʼlish talab etiladi. Oʼz vaqtida yuvish, taʼmirlash va ehtiyotkorlik bilan foydalangan joyshab uzoq muddatgacha ishlatilishi mumkin.
Nomerda krovat yigʼishtirilgandan soʼng xona bekasi ish stolini yigʼishtirishni boshlaydi. Stolda teginish va koʼrib chiqish mumkin boʼlmagan qoʼlyozmalar, ishchi qogʼozlar, kitoblar yotgan boʼlishi mumkin. Аgar stol yuzasi plastikdan boʼlsa, uni nam latta bilan , polirovka boʼlsa yumshoq vetosh bilan artadi. Baʼzida stollar oynali ham boʼladi. Oyna doimo toza va yarqirab turishi kerak. Buning uchun xona bekasi maxsus tozalash vositalaridan foydalanishi zarur. Kuldonni (pepelnitsa) tozalayotganda u yerda begona predmetlar yoʼqligini tekshirish kerak. Keyin nam latta bilan telefon, stol lampasi, quruq latta bilan esa, kitob, jurnallar, televizor artiladi. Stol tortmalarini ham diqqat bilan koʼzdan kechirib, changdan tozalash lozim. Nuqson topilganda usto chaqiriladi (singan, yaxshi yopilmaydi).Soʼngra xona bekasi gilam, gilamchalar, pardalar, yumshoq mebellarni tozalashga oʼtadi.Pol va devordagi changlarni changyutgich yordamida tozalaydi. Bunda changyutgichning maxsus qurilmalaridan (nasadka) foydalaniladi. Masalan:mebel uchun vorsli shyotka, mebel burchaklari uchun yoriqli (shelevaya) qurilmasidan, dropirovka pol va patalokdagi changlarni tozalash uchun uzun yumshoq vorsli shyotkadan foydalaniladi.
Changyutgichdan foydalanayotganda xona bekasi xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi shart. Krovat ostini metal trubali shyotka bilan tozalash tavsiya etilmaydi. Taxtali krovatda nuqson paydo boʼlishi mumkin. Krovatni devordan siljitib, keyin tozalash ishlarini olib borish maʼqul. Аgar mehmonxonada changyutgich boʼlmasa nam supurgidan foydalaniladi. Suv parketga tegmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan supurish kerak. Аgar gilam juda ham kir boʼlsa, issiq suvda sovunli kukun aralashmasini tayyorlash kapron shyotka bilan yuviladi. Bu ish maxsus ajratilgan joylarda bajariladi. Gilam qurigandan soʼng qayta changyutgich bilan ustidan yurgilizib chiqiladi. Changyutgich bilan ishlayotganda unga begona predmetlar kirib qolmasligi uchun nazorat qilinadi. Keyin gornchni plintus, deraza oldi(podokonnik) va radiator changini artadi.Radiator (parovoy) orasi maxsus ingichka shyotka bilan tozalanadi.Quruqvetosh bilan stol, stul, mebel oyoqchalari artiladi.
Kiyim shkaflarining havosi har kun almashtiriladi va veshelkalar soni kiyimga yetarli ekanligi tekshiriladi.Nomerda hamma vaqt kiyim va poyafzal tozalash uchun maxsus shyotka turishi shart.
Tozalash ishlari tugagandan soʼng texnik vositalar – rozetka, vilka, telefon, televizor, muzlatgich, radioapparat, lampalar sozligi tekshiriladi.Nosozlik aniqlanganda gornichni darhol katta gornichni yoki qavat boʼyicha navbatchiga xabar berishi kerak.
Umumiy yashash(obshejitiye) turidagi mehmonxonalarda gornichni nomerni tozalayotganda mehmonlar u yerda chemodanini saqlamayotganliklarini nazorat qilishi kerak.Narsalar saqlash kameralarida saqlanishi lozim.
Tubdan tozalash
Tubdan tozalashdan maqsad:
- tozalash inventarlari, materiallari, mashinalaridan foydalanib, umumiy tozalash ishlarini amalga oshirish;
- har kunlik tozalash jarayonida nomerning tozalanilmaydigan “obektlarini”qamrab olish;
- sanitar –gigiyenik tadbirlarni oʼtkazish;
- nomerda kosmetik tamirlashni (oboyni yelimlash, boʼyash) amalga oshirish;
- kommunikatsion tizimlarni koʼzdan kechirib, nomerni joylashishga tayyorligiga ishonch hosil qilish;
Tubdan tozalash ishlari hajmiga quyidagilar kiradi:
- devorni yuvish, qurigunga qadar artish;
- ventilyatsion panjaralarni tozalash;
- matras, drapirovkani tozalash;
- eshik, oynalarni yuvmsh;
- qoʼshimcha ishlar:pol , gilam yoʼlakchalarni yuvish, polni ranglash;
- potolok tozalash;
- deraza ichki ramkalarini yilida ikki marotaba yuvish;
- pardalarni yuvish;
- gardinlarni yuvish;
- yoritgich asboblarini yuvish.
Tubdan tozalash har 7-10-14 kunda bir marotabaoʼtkaziladi.Qoidaga binoan har bir gornichni boʼyniga nomerlar soni biriktirilgan va u belgilangan muddatda tubdan tozalashishlarini olib borishi shart.
Bron qilingan nomerlarni tozalash
Tozalash ishlarini olib borshdan maqsad - nomerni bron qilgan mehmon kelguncha tayyorlash.Tozalash ishlarini olib borish zanjirida bron qilingan nomerni tozalash birinchi navbatda amalga oshiriladi. tozalashning bu turi mehmon kelishi arafasida amalga oshiriladi(kechqurun, kechasi, keladigan kuni ertalab, har kuni sutkasida bir marotaba). Bron qilingan nomerni tozalash ishlari hajmiga – quruq artish, nam artish , polni nam tozalash kiradi.

Ekspress- tozalash.


Tozalashning bu turi mehmon iltimosiga binoan toʼlov evaziga amalga oshiriladi. Ekspress-tozalash ishlari hajmiga:
- nomerdan chiqindini chiqarish;
- idish tavoqlarni yuvish;
- ovqatlanish stolini tozalash;
- joyshab stilini oʼzgartirish;
- joyshabni almashtirish;
- sanuzelni tozalash;
- vannani tayyorlash;
- sochiqlarni almashtirish;
- polni yuvish.
Mehmonxona nomerlarida olib boriladigan barcha tozalash turlariga albatta tozalash inventarlari va materiallaridan foydalanish shart.Bulardan toʼgʼri foydalanish, ularni saqlash va toʼgʼri muomilada boʼlish sanitariya –epidemiologik rejim meyorlariga rioya qilishning muhim tadbirlaridandir.

XULOSA:


Barcha davlatlarda mehmonxona housekeeping bo’limi uning ko’p qirralarini ochib beradi. Talabalarda housekeeping bo’limi haqida dunyoqarashini shakllantirish, ularning bo’lim bo’lim haqida malakasini egallashi va amaliy loyihalash ishlarida qo’llay olishi bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi lozim. Bundan tashqari:

  • Malakali kadr houdekeeping bo’limi asosiy tushunchalarini milliy va xorijiy tajribalar misolida tadbiq qila olishi

  • intererlarni jamiyatning ijtimoiy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda loyihalashni bilish

  • tozalash xonalarning o’zaro texnologik aloqalarini e’tiborga olgan holda l bilish

  • tozalash ishlarida fazoviy-kompozitsion masalalarni echish va konstruktiv echimlarni to’g’ri qo’llay olishi

  • hisoblanadi, bu bilim va ko’nikmalarni ega kadr hech ikkilanmasdan raqobat bozorida o’z o’rniga ega Mehmonxonani yarata olishda o’z bilim va ko’nikmalarini qo’sha oladi. Bu mustaqil ishda ko’plab yangi bilimlarga ega bo’ldik. Chet elning ko’plab mashhur mehmonxona zanjirlari mehmonxonalarining ustunlik va kamchilik taraflarini, bugungi kunda foydalanayotgan loyihalarining qanchalik to’g’ri ekanligini tahlil qilib o’rgandik.

Download 32,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish