Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti mehmonxona xo


Nomerda tozalash ishlarini tashkil etish tartibi



Download 32,77 Kb.
bet2/3
Sana28.06.2022
Hajmi32,77 Kb.
#711804
1   2   3
Bog'liq
КАЛАНДАРОВ ХАМЗА

2.Nomerda tozalash ishlarini tashkil etish tartibi.
Mehmonxona – bu uzluksiz xizmat koʼrsatuvchi tashkilot boʼlganligi sababli unga yuqori darajali sanitariya-gigienik talablar qoʼyilgan.
Mehmonxona qaysi kategoriyaga tegishli boʼlishidan qatʼiy nazar hamma vaqt toza saqlanishi (unga tegishli hudud ham) zarur. Bu mehmonona xodimlaridan territoriyani, nomerlarni, maʼmuriy-xoʼjalik inshootlarini toza tutishida har kunlik katta tozalik ishlarini olib borishni talab etadi. Shuning uchun mehmonxona xoʼjaligida tozalikni taʼminlash maqsadida tozalik va obodonlashtirish ishlarini qanday tashkil etish, oʼtkazish kerakligini bilish muhimdir.
Barcha sanitariya - epidemiologiya meʼyorlariga rioya qilgan holda yuqori darajali tez tozalash amalga oshirish uchun mehmonxonada:
- yuqori malakali professional tayyorgarlikka ega xodimlar;
- zamonaviy tozalash materiallari va inventarlar;
- zamonaviy tozalash mashina va mexanizmlariga ega boʼlishi kerak.
Tozalash ishlarini olib borish jarayonida vaqtni toʼgʼri taqsimlash juda muhimdir. Bu erda tez va xizmat koʼrsatuvchi xodimlar tomonidan koʼp kuch sarflanib bajarilishi shart. Tozalash ishlarini olib borish jarayonida bir nechta muhim printsiplar mavjud:
- qavat xodimi mehmonning “koʼziga kamroq koʼrinishi”;
- tozalash invertarlari va asboblari umumiy foydalanish joylarida qoldirilmasligi;
- tozalash ishlari vaqtida farroshlar, xona bekasilari shaxsiy ishlariga chalgʼimasliklari kerak.
Ushbu printsiplarni bajarilishi mazkur mehmonxonada madaniyat darajasini belgilovchi mezondir.
Tozalash ishlarini quyidagi kategoriyalarini ajratish mumkin:
- mehmonxonaga tegishli hududni tozalash;
- markaziy kirish joyi va vestibyulni tozalash;
- umumiy foydalanish joylarini tozalash (zina, koridor, xoll, maʼmuriy va qoʼshimcha inshootlar);
- nomer fondini tozalash (xona va sanuzel).
Barcha tozalash ishlarini nomer fondiga xizmat koʼrsatish boʼlimi ishchilari amalga oshiradi. Har xil kategoriya ishchilarini bir-biri bilan almashtirish zarur boʼlganda, rahbar buyrugʼi asosida amalga oshirish mumkin. Nomer fondiga xizmat koʼrsatish boʼlimining direktor oʼrinbosari mehmonxonadagi xizmat koʼrsatuvchi xodimlar ishini tashkillashtirishtiradi.
Tozalash ishlarining olib borish uchun quyidagi xodimlar kategoriyasi mavjud:
- xona bekasi - nomerlarni yigʼishtirib, tozalaydi;
- farroshlar - koridor, xoll, zina, vestibyulni tozalaydi;
- ishlab chiqarish boʼlimi, ustaxona va texnik xizmatlar inshootlarini tozalovchi farroshlar.
Mehmonxonada olib boriladigan barcha tozalash ishlari turi va mazmuniga qarab farqlash mumkin:
- ichki inshootlar va umumiy foydalanish joylarini tozalash;
- umumiy sanuzellarni tozalash;
- nomerlarni tozalash.
Nomerlarni (joylashish xonalari) tozalashning quyidagi koʼrinishlari mavjud:
- mehmon ketganidan keyin tozalash;
- har kunlik joriy tozalash;
- umumiy(tubdan) tozalash;
- bron qilingan nomerni tozalash;
- ekspress- tozalash;
Tozalash ishlarini toʼgʼri tashkillashtirish, xonani va undagi predmetlarni maksimal tozalash uchun minimum kuch va vaqt sarflashga erishish maqsadida quyidagi ketma-ketlikni bajarish zarur:
Koʼp xonali nomerni tozalashdagi ketma-ketlik:
- yotoqxona;
- mehmonxona;
- oshxona;
- kabinet;
- yoʼlak (prixojka);
- sanuzel.
Аmalga oshiriladigan tozalash ishlari turlarining ketma-ketligi:
- bron qilingan nomerlar;
- har kunlik joriy tozalash ;
- mehmon ketganidan keyin tozalash;
- ekspress- tozalash.
Tozalash ishlarini olib borish jarayonida xonadagi biror bir predmetni eʼtiborsiz qoldirmaslik maqsadida soat millariga qarab yoki soat millariga qarshi tozalashni olib borish qilish tavsiya etiladi.


Download 32,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish