Kiyim funksiyasi
Funksiya (lotinchadan – faoliyat, vazifa) vazifani, faoli yat doirasini anglatadi. Zamonaviy kiyimning asosiy funksiyalari quyidagilar:
Utilitar – o‘z ichiga amaliy, himoya, ergonomik, gigiyenik funksiyalarni oladi.
Ijtimoiy – o‘z ichiga regional, kasbiy, marosimiy, erotik, ramziy, belgi funksiyalarini oladi.
Estetik – o‘z ichiga badiiy-timsoliy va sof estetik funksiyalarni oladi.
Kiyim tasnifi
Zamonaviy kiyim juda xilma-xil. Uning tasnifi jins, yosh belgisi, inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanishi (maqsadiy vazifasi), mavsumiy va gazlama turiga qarab amalga oshiriladi.
Jins, yosh belgisiga ko‘ra kattalar uchun (erkaklar va ayollar) va bolalar uchun (o‘g‘illar va qizlar) kiyimiga bo‘linadi.
Inson turli faoliyat sohalarida foydalanishiga ko‘ra kiyim maishiy, kundalik, uy, tantana, sport, ishlab chiqarish, forma kiyimlariga bo‘linadi. Maishiy kiyim o‘z ichiga turli maishiy va ijtimoiy sharoitlarda kiyiladigan kiyimlarni oladi. Bu ish va turli mashg‘ulotlar uchun kostumlar, madaniy va tomosha joylariga bo rish uchun tantanali kostumlar, dam olish va uyda ishlash uchun kostumlardir.
Kundalik kiyimda insonga ishga tayyorgarlik xarakterini beruv chi ishbilarmonlik kostumi tipi o‘z o‘rnini egallagan.
Uy kiyimi uyda dam olish, turli mashg‘ulotlar va ishlarni bajarish uchun qulay bo‘lib, o‘z egasining individualligini erkin namoyon bo‘lishiga imkon beradi.
Aniq yechimlar turli-tumanligi bilan tantanalar uchun kiyim farqlanadi.
Sport kiyimiga kasbiy va qiziquvchanlar sporti uchun ki yim kiradi.
Kasbiy sport kiyimi aniq sport turining talablarini maksimal qondirish utilitar bo‘libgina qolmay, ushbu sport turi uchun xa rakterli harakatlar bajarilishini osonlashtirishi kerak. Qizi quvchanlar sporti uchun kiyim utilitar funksiya bilan bir qatorda ma’lum darajada estetik funksiyalarni ham bajaradi.
Ishlab chiqarish kiyimi ishlab chiqarish turlari bo‘yicha bo‘linadi va ba’zi hollarda maxsus himoya kiyimi (metallurgiya, kimyo va boshqa korxonalarda) kabi, boshqa hollarda esa belgili kiyim kabi (yo‘l ishchilari uchun to‘q sariq rangdagi jaketlar) hal etiladi.
Formali kiyim harbiy xizmatchilar, maxsus idora xizmatchilari, o‘quvchilar, sport jamiyatlari va jamoat tashkilotlari a’zolari uchun mo‘ljallangan. Harbiy xizmatchilar uchun kiyim qo‘shin turlari bo‘yicha bo‘linadi, farqlar eng avvalo kiyim rangida va farq lash belgilarida namoyon bo‘ladi.
Maxsus idora xizmatchilari uchun kiyim shakl xarakteri bo‘yicha harbiy xizmatchilar kiyimiga yaqin. Unda ham farqlar rang va farqlash belgilari bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu fuqaro aviatsiyasi, axborot yo‘llari, savdo floti vazirliklari xizmatchilari va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari kiyimidir.
Sport jamiyatlari a’zolari forma kiyimi va uning asosiy shakllari rangli yechim va belgi-elementlari bilan xarakterlanadi. Turli yil fasllarida turli kiyim qo‘llanadi. Mavsumlar bo‘yicha kiyimlar qishki, yozgi, bahorgi, kuzgi va nomavsumiyga bo‘linadi.
Kiyim vazifasi va mavsumga ko‘ra turli gazlamalardan tayyorlanadi. Shunga ko‘ra jun, ipak, ip-gazlama, zig‘ir tolali, sun’iy, sintetik, aralash tolali gazlamalardan tayyorlangan kiyimlarga farq lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |