1.34-rasm. Tekislikda to‘ldirilgan oraliq illuziyasi.
Predmet shakli, jumladan kostum shakli ham, uning geometrik silueti bo‘yicha yoki uning tushunarli sodda geometrik ele menti bilan ajratiluvchi silueti bo‘yicha qabul qilinishini olim lar isbotlashgan. Ko‘z fazoda ko‘rinmas yoki real nuqtalarni, geo metrik konfiguratsiya «tuzilishi»ni birlashtiradi. Kostum ning istalgan murakkab silueti geometrik shakllar yig‘indisi sifati da ko‘rsatilishi mumkin bo‘lib, ular soni tabiatda juda chegaralangan: bu to‘g‘ri burchaklar, trapetsiyalar, ovallar, uchburchaklar qo‘shilishi. Shu tufayli kostum assotsiatsiya bo‘yicha o‘tkir dinamik, tinch, quvnoq va shodon qabul qilinadi. To‘g‘ri burchaklar asosida tuzilgan kostumlar ancha statik ko‘rinadi, o‘tkir burchakli, tomonlari noteng uchburchaklar asosida tuzilgan siluetlar esa o‘tkir va bayramona ko‘rinadi. Bu shakllarni qismga ajratish xa rakteri va tonal nisbatlar katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |