Urganch davlat universiteti «texnologik jarayonlarni loyihalash» fanidan


Kiyim modelini yaratishda illuziyaning o‘rni. Ko‘rish illuziyasi qonunlari



Download 8,23 Mb.
bet23/32
Sana19.09.2021
Hajmi8,23 Mb.
#179076
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
Bog'liq
Rajabov Rajabboy kurs ishi

1.10. Kiyim modelini yaratishda illuziyaning o‘rni. Ko‘rish illuziyasi qonunlari


Kostum individual tashqi ko‘rinish va o‘zini tutish odati bilan uyg‘un holda aniq kishi figurasidagina qabul etiladi. Biroq kishi figurasi kiyilishi istaladigan kostum shakli modali kiyimga doim ham mos kelmaydi. Shuning uchun kostumda istalgan shakl larni qayd etish, istalmaganlarini esa yashirish kerak. Masalan, kichik ko‘kraklarni kengaytirilgan yenglar, hajmli lif, past koketkalar, katta yoqalar, bantlar yashiradi, oriq baland figura kostumiga qo‘shimcha ko‘ndalang qismga ajratishlar va yo‘llar kiritiladi, kalta oyoqlar esa ko‘ylak uzunligi, bel baland chizig‘i, baland poshnalar va hokazo bilan yashiriladi.

Figuraning jiddiyroq kamchiliklarini tuzatishda ko‘rinuvchi illuziyalar, ya’ni optik aldovdan foydalanish lozim. Bu illuziyalarni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak, chunki ular kostumda istalmagan holatlarni chaqirishi mumkin.

Ko‘rish illuziyasi deganda ushbu predmetni boshqa qabul qilish turlari u haqida bilimlarimiz umumiy yig‘indisi bilan to‘g‘ri kelmaydigan bevosita ko‘rish taassurotini tushunish kerak.

Illuziyani rassomlar rassomchilikda keng qo‘llashadi. Masalan, Mikelanjelo Vatikandagi muqaddas yozuvlar sahnasini tasvirlashda figuralarni pastdan qaraganlarga ular haqiqiyroq bo‘lib ko‘rinishi uchun qasddan deformatsiyalagan. Figuralar deforma tsiyasidan rassomlar El Greko, A. Modilan, Pikasso rasmlar mazmunini ko‘proq ifodaliligiga erishish uchun keng foydalanishgan.

Shunday qilib, qator hollarda optiqcha buzib ko‘rsatishlar este tik qabul qilishga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Biroq optiq buzib ko‘rsatish lar o‘zicha estetikani namoyon etmaydi, balki estetik ele mentlar ta’sirini kuchaytirish asbobidir, chunki ular yordamchi rol o‘ynaydi.

Illuziyalar hammaga ham bir xil ta’sir ko‘rsatmaydi, kimgadir ular kuchli ta’sir etadi, boshqalarga bo‘sh ta’sir etadi. Illuziyalar turli sabablar bilan shartlanishi mumkin. Illuziyalarning uch turi mavjud:

— yorug‘lik nurlarini aks etilishi yoki sinishi natijasida paydo bo‘luvchi, predmet yo‘nalishi o‘zgarishini ko‘radigan fizikaviy illuziya (choyli stakan ichida qoshiqcha);

— ko‘zimiz tuzilishiga bog‘liq bo‘lgan fiziologik (ko‘rish maydoni turli joylari uchun ko‘zning turli ta’sirchanligi);

— psixologik, ularga butun figura ma’nosini, qabul qilish, oldingi tajriba ta’siriga e’tiborni qaratilishi kiradi.

Kostumga illuziyalarning ikkinchi va uchinchi turlari taalluqli bo‘lib, ular rang, chiziqlar yo‘nalishi, burchaklar, o‘lchamlar, shakllar, yuzalar, masofalarni aniqlash va hokazo bilan bog‘liq.

Ayniqsa, illuziyalar rang qo‘shilishini qabul qilishda kuchliroq namoyon bo‘ladi.

Yuza turli qiyaligi rang qabul qilinishini susaytirishi yoki ku chay tirishi mumkin. Ichkariga botiq, egri yuzalar bu uchastkalarda rangni to‘play oladi va kuchaytiradi, bo‘rtiq shakllar alohida joylarda rangni susaytirishi mumkin. Bu uchastkalar yoritilishining ular ning yorug‘lik nurlari yo‘nalishiga nisbatan turli holati natijasi bilan bog‘liq. Shuning uchun bir rangning o‘zi mahsulotning turli joylarida turlicha ko‘rinadi va lokalligini aniqlash qiyin bo‘ladi.

Ko‘z predmet va yoritish manbasining joylashuviga qarab rangning nozik o‘zgarishlarini ilg‘ay oladi. U gazlama turlarini ularning yorug‘likni aks ettirish yoki yutish xususiyatiga ko‘ra farq lay oladi; baxmal, tukli gazlamalar rangi tiniq yoki yaltiroq yuzali gazlamalarda to‘yinganroq ko‘rinadi. Rang illuziyasi namoyon bo‘lishining biri ikki kontrast ranglar (axromatik va xromatik) taqqoslanish chegarasida yuzaga keluvchi chekka kontrastdir. Rang shakl, predmet siluetidan ajralmasdir. Kostum shakli geometrik hajmlar qo‘shilishidan iborat bo‘lgani uchun optik illuziyalar alohida ahamiyat kasb etadi.

Ikki turli kvadrat – qora va oq – kattaligi turlicha ko‘rinadi (1.34-rasm, a). O‘sha kvadratlarning o‘zini vertikal va gorizontal chiziqlar bilan qismlarga ajratilsa, birinchi holda kvadrat cho‘zilganroq, ikkinchisida kengroq ko‘rinadi (1.34-rasm, b). Biroq bu illuziyalar namoyon bo‘lishi ma’lum chegaralariga ega. Masalan, o‘sha kvadratlarni kamroq oraliq qo‘yib chiziqlar bilan qismlarga ajratilsa, teskari illuziya paydo bo‘ladi (1.40-rasm, d). Xuddi shunday illuziyalarni biz kostumda ham kuzatamiz.





a b d


Download 8,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish