1.3-rasm. Inspiratsiya aniq manbasi asosida yangi model yaratish bo‘yicha ijodiy ish.
olishi mumkin: predmet yaxlit obrazida buning biron-bir xususiyatini qismga ajratib olish; ajratilgan xususiyatlarni birlashtirish; xususiyatlar yoki sifatlarni kuchaytirish yoki susaytirish, bu xususiyatlar yoki sifatlarni ijod obyektiga o‘tkazish.
Kostum yaratish san’atida badiiy obraz bu inson obrazi va kos tum xarakterining muayyan muhitda uyg‘un birligidir.
Kostumlarni modellashtirilishida obrazlar tizimini yaratish kiyim modellari to‘plamida ifodalanadi.
To‘plam o‘ylangan ssenariy bo‘yicha ishlab chiqilgan ansambllar seriyasidan iborat bo‘lib, unda har bir ansambl o‘z obrazli-ma’noli mazmunga ega bo‘ladi. Alohida mahsulotlarning obraz li yechimi uchun biron-bir narsa bilan assotsiatsiya, ansambl yechimida esa turli sohalardan assotsiatsiya zanjiri yetarli bo‘lsa, to‘plam obrazi kattaroq sig‘im bilan tavsiflanadi.
Insonga insonparvarlik munosabatini ta’kidlash, inson ehtiyojlarini ijodiy anglash va ularning yangi badiiy shakllarda ifodalanishi muammolar katta majmuini fikrlash bilan bog‘liq (ijtimoiypsixologik, etnik, jins yoshi, yangi shakl konstruktiv yechimi va texnologik ishlov berilishi muammolari, iqtisodiy muammolar). Bu borada modeler tomonidan bu muammolarni o‘tkazish mumkin bo‘lgan namuna-g‘oyalar tanlovi o‘tkaziladi, ya’ni rassommodeler tomonidan hal etiluvchi ijodiy vazifa tanlanadi. Bu o‘z g‘oyalari tizimini amalga oshirish uchun maksimal ifodali shaklni izlashdan iboratdir. Bunday har bir obraz-g‘oya asosida esa o‘zaro bog‘liq assotsiatsiyalarning murakkab zanjiri yotadi.
Rassomlar tafakkuri nafaqat fantaziyani uyg‘otuvchi motivlarni, balki mantiqiy masalalarni hal etishda doimiy mashqlarni ham talab etadi. Obyektni yoki hodisani birinchi his etishdan uning asosida badiiy-obrazli asarni yaratishgacha bo‘lgan yo‘l ulkan va murakkabdir. Umumiy ko‘rinishda ijodiy tafakkur tuzilishi 1.2-sxemada ko‘rsatilgan.
Obyektni emotsional his etish (shakl hosli bo‘lishini kuzatish va tahlil qilish) to‘planib ma’lum to‘plam hosil qiladi: vizual ma’lumot jihatidan (bu chizgilar bo‘lishi mumkin), hamda shakl hosil bo‘lishini tahlil qilish jihatidan (anatomik tuzilishni aniqlash, rang qo‘shilishlari maydonini o‘zlashtirish va hokazo). Bu material foydalanish aniq ijodiy ishda qo‘llash uchun tayyor maqsadga yo‘naltirilgan harakat mahsulidan iboratdir.
1.2-sxema. Ijodiy fikrlashning tarkibiy tuzilishi
Kerakli taassurotlarni tanlash va ongimiz orqali ularning o‘zlashtirilishida ayni paytda bevosita ishda keraksiz «ortiqcha» material ham o‘tib ketadi. Anglanmagan holda u ham to‘planadi va passiv qabul qilishning qo‘shimcha mahsulini hosil qiladi. Keyinchalik bu material xotiramizda yana paydo bo‘lishi va ijodiy masalani hal etishda juda foydali bo‘lishi mumkin. Bu hol in tuitsiya deb ataladi.
Maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar to‘plangan (ma’lumotlar banki) u yoki bu obyekt tasavvuri, obrazini xotiradan istalgan vaqtda chaqirish qayta tiklashga imkon beradi. Ma’lumotlar banki materiali obyektda ajratilgan yetakchi va ikkinchi darajali belgilari bo‘yicha ishlov beriladi. Ikkinchi darajalisi tushirilib qoldiriladi, umumlashtirish, tipizatsiya (eng xara kterli xususiyatlarni aniqlash) ro‘y beradi, modeler ijodida bu ish kostumning murakkab bo‘lmagan darajasida bajariladi. O‘rganilayotgan tip shakl hosil bo‘lishi tahlili ushbu obyekt haqida umumiy tushunchalar, uning rivojlanish mantig‘i hosil bo‘lishi darajasiga olib keladi.
Ijodiy izlanishdagi keyingi ish badiiy-obrazli murak kab kompozitsiyalar yaratish imkoniyatiga olib keladi (modellar ansambli yoki to‘plami). Aynan shu ijodiy cho‘qqida ilhom kelgani, hali talab etilmagan, ongimiz ostida yashovchi material intuitsiyasining ishga tushishini his etish – bu baxt.
Analitik izlanishning mantiqiy yakuni yangi badiiy obrazni ishlab chiqilishi va to‘plamda shakl hosil bo‘lishi, materiallarni va ijodiy ishlanmalarni amalga oshirish uchun jihozlarni tayyorlash masalalari bilan birgalikda tashkil etilishini nazariy asoslab berishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |