Shaklning uyg‘un yaxlitligi
Shaklning uyg‘un yaxlitligi rassomning shaklni tashkil etuvchi qismlar, elementlar, xususiyatlarning mos o‘lchamlarini izlash bo‘yicha ko‘p mehnati natijasidir. Ularni uyg‘unlashtirishda qonu niyatlar va turli vositalardan foydalanish boy bilimlar, shaklni his qila olish xususiyati va rassomning yuqori mahoratiga asoslanadi.
Kostum shaklining uyg‘un yaxlitligiga shakl tektonikligi asosini tashkil etuvchi barcha qismlari, elementlari, xususiyatlari o‘lchamlarining mosligi bilangina erishilmaydi: u ergonometrik omillar, ijtimoiy-psixologik omillar va funksional mo‘ljallanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Shakl bu talablarning hammasiga javob bersa, u ijtimoiy ahamiyatli bo‘ladi, go‘zallik sinonimiga aylanadi, muayyan vaqt davrini tavsiflaydi, amaliy faoliyatda esa uning qator variatsiyalarini yaratishda etalon, namunaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |