Mehmonxonalarda kadrlarni rejalashtirishga qo‘yiladigan talablar
Xodim bilan ishlashning tezkor rejasini ishlab chiqish uchun maxsus ishlab chiqilgan anketalar yordamida quyidagi axborotni to‘plash zarur:
- xodimning doimiy tarkibi to‘g’risidagi ma’lumotlar (ismi, otasining ismi, familiyasi, turar joyi, yoshi, ishga kirgan vaqti va x.k.).
- xodimning tuzilishi to‘g’risidagi ma’lumotlar (malakasi, jinsi, yoshi, millati; nogironlarning salmoi, ishchilar, xizmatchilar, malakali ishchilar va shu kabilarning salmoi);
- kadrlar qo‘nimsizligi;
- bekor turib qolishlar, kasallik natijasida vaqtning bekor sarf bo‘lishi;
- ish kunining davom etishi haqidagi ma’lumotlar (to‘liq yoki qisman band bo‘lganlar, bir smenada, bir necha smenada yoxud tungi smenada ishlovchilar; mehnat ta’tillarining qancha davom etishi;
- ishchi va xizmatchilarning ish haqi (uning tuzilishi, qo‘shimcha ish haqi, ustamalar, tarif bo‘yicha va tarifdan tashqari to‘lovlar);
- davlat va huquqiy mehmonxonalar tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy harakterdagi xizmatlar haqida ma’lumotlar (qonunlarga, tarif nomalariga muvofiq ixtiyoriy ravishda ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladigan xarajatlar).
Anketalarni shunday tuzish kerakki, toki ular ishlab chiqarish maqsadlari bilan bir qatorda kadrlarni rejalashtirishga ham xizmat qilsin. Xodim haqidagi ma’lumotlarni tartibga solish mumkin.
Xodim to‘g’risidagi axborot barcha tezkor ma’lumotlar, shuningdek kadrlarni rejalashtirish uchun ularga ishlov berish jarayonlari majmuidan iboratdir.
Xodim to‘g’risidagi axborot quyidagi talablarga javob berishi lozim:
oddiylik - buning ma’nosi shuki, axborot mazkur aniq holatda qancha xajmda ma’lumot zarur bo‘lsa, shuncha ma’lumotni o‘z ichiga olishi darkor;
ko‘rgazmalilik - ma’lumotlar shunday taqdim etilishi kerakki, bunda eng asosiy narsalarni tez aniqlash, ko‘p so‘zlilikka barham berilsin. Buning uchun jadvallar, grafiklar, rangli bezatilgan materialdan foydalanish zarur;
bir xillik - ma’lumotlar noaniq bo‘lmasligi, ularni talqin qilishda materialning semantik, sintaktik va mantiiy jihatdan bir xil bo‘lishini kuzatib borish zarur;
qiyosiylik - ma’lumotlar qiyoslab bo‘ladigan birliklarda keltirilishi va mehmonxona ichida ham, shuningdek uning tashqarisida ham qiyoslab bo‘ladigan obyektlarga taalluqli bo‘lishi kerak;
vorisiylik - vaqt jihatidan turli davrlarda beriladigan kadrlar haqidagi ma’lumotlar bitta hisoblab chiqish metodikasi va bir xil taqdim etish shakllariga ega bo‘lishi lozim;
dolzarblik - ma’lumotlar yangi bo‘lishi, tezkorlik bilan o‘z vaqtida taqdim etilishi, ya’ni kechiqmasligi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |